Xotira va qadrlash maydoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xotira va qadrlash maydoniToshkent shahridagi meʼmoriy majmua. 1999-yilda Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov rahbarligida barpo etilgan. Mustaqillik maydonining shimolidagi xiyobonda, mangu alanga yodgorligi atrofida joylashgan boʻlib, maydon kengligini davom ettirib turadi. Maydonning toʻriga Motamsaro ona haykali oʻrnatilgan (haykaltarosh Ilhom Jabborov). Xiyobonning uzunligi 60 m, uning shimol va janub tomonida ayvonlar qad koʻtargan, ayvonlar tokchalariga oʻrnatilgan metall taxtalarga Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan oʻzbekistonlik barcha jangchilarning ismsharifi bitilgan. Ayvonlar milliy anʼanaviy meʼmorlik uslubida ustunli, vassa juftli qilib qurilgan. Majmuani bunyod etishda va oʻymakorlik bilan jozibador bezashda quyidagi ustalar: Abdugʻani Abdullayev (Qoʻqon), Hayitmat Bogʻbekov (Xorazm), Hasan Odilov, Sirojiddin Rahmatullayev (Toshkent), Nasrullo Sohibnazarov ([Samarqand), Y.Toʻlaganov (Andijon) shogirdlari bilan birgalikda qatnashgan (xuddi shunday meʼmoriy inshootlar respublika viloyatlarining markazlarida ham bunyod etilgan).

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]