Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Toshkent islom universitetidan yoʻnaltirildi)
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi (Toshkent Islom Universiteti negizida. 2018-yil 16-apreldan)
(UzXIA)
Xalqaro nomi International islamic academy of Uzbekistan
Shiori xalqaro darajadagi kadrlarni tayyorlashda asriy an'analar bilan zamonaviy bilimlarni uyg`unlashtirish
Asos solingan 2018
Oʻquv yurti turi Akademiya
Rektori Uyg‘un Gʻofurov[1]
Talabalari 1800
Manzili Abdulla Qodiriy koʻchasi 11, Toshkent shahri, Oʻzbekiston
Vebsayti www.iiau.uz
Map

Koordinatalari: 41°19′24.60000000001″N 69°15′28.799999999984″E / 41.3235000000000028°N 69.25799999999999557°E / 41.3235000000000028; 69.25799999999999557 G O

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi (avvalgi nomi Toshkent islom universiteti) — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi oliy taʼlim muassasasi[2][3].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

binosi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi „Diniy maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PF-5416sonli Farmoniga muvofiq, Toshkent islom universiteti va Oʻzbekiston islom akademiyasi negizida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi.

Akademiya fakultetlari va kafedralari:[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Islomshunoslik fakulteti
    • „Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA“ kafedrasi;
    • „Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy oʻrganish UNESCO“ kafedrasi;
    • „Islom sivilizatsiyasini oʻrganish ISESCO“ kafedrasi.
  • Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti:
    • „Arab tili va adabiyoti Al-Azhar“ kafedrasi;
    • „Oʻzbek tili va mumtoz sharq adabiyoti“ kafedrasi;
    • „Chet tillari“ kafedrasi;
    • „Din psixologiyasi va pedagogika“ kafedrasi.
  • Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti:
    • „Xalqaro munosabatlar“ kafedrasi;
    • „Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi“ kafedrasi;
    • „Ijtimoiy-gumanitar fanlar“ kafedrasi;
    • „Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari“ kafedrasi.

Taʼlim yoʻnalishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi
  • Tarix (Islom tarixi va manbashunosligi)
  • Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
  • Informatika va axborot texnologiyalari
  • Axborot xavfsizligini boshqarish
  • Dinshunoslik
  • Psixologiya (Din sotsiopsixologiyasi)
  • Filologiya va tillarni oʻqitish (sharq tillari boʻyicha)
  • Filologiya va tillarni oʻqitish (mumtoz tillar boʻyicha)
  • Xalqaro munosabatlar
  • Islomshunoslik
  • Islom iqtisodiyoti va moliyasi
  • Turizm (Ziyorat turizmi)
  • Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (musulmon mamlakatlari)
  • Dinshunoslik
  • Psixologiya (Din psixologiyasi)
  • Tarix (islom sivilizatsiyasi)
  • Qur’onshunoslik
  • Hadisshunoslik
  • Islom huquqi
  • Aqida, kalom ilmi va aqidaviy taʼlimotlar
  • Islom tarixi va manbashunosligi
  • Turizm (ziyorat turizmi tashkil etish va boshqarish)
  • Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar
  • Islom iqtisodiyoti va moliyasi
  • Mumtoz filologiya (faoliyat turlari)
  • Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik
  • Qiyosiy dinshunoslik
  • Ijtimoiy tizim va jarayonlarning axborot va psixologik xavfsizligi
  • Lingvistika (arab tili)[4]

Akademiyaning asosiy vazifalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mutaxassisliklari boʻyicha bakalavrlar va magistrlar, shuningdek, ushbu sohada tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni diniy (Qur’on ilmlari, hadisi sharif, islom huquqi, aqida, tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi, islom tarixi, manbashunosligi va falsafasi, dinshunoslik) va dunyoviy (xalqaro munosabatlar, xorijiy tillar, ziyorat turizmi hamda mumtoz sharq adabiyoti) taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tayyorlash; respublikadagi barcha islom taʼlim muassasalari faoliyatini oʻquv-meyoriy va oʻquv-uslubiy jihatdan taʼminlash hamda muvofiqlashtirish; islom dinining asl mohiyatini va insoniyatni ezgulikka eltuvchi din ekanligini ilmiy asoslangan holda teran oʻrganish hamda targʻib etish; — kadrlar tayyorlash jarayoniga yetuk mutaxassislar va oʻqituvchilarni jalb qilish orqali ilm-fan hamda taʼlimning oʻzaro integratsiyasini chuqurlashtirish; oʻqitishning zamonaviy uslub va metodlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini oʻquv jarayoniga keng joriy etish asosida taʼlim sifatini oshirish; ilmiy tadqiqotlar natijalari boʻyicha diniy-maʼrifiy, maʼnaviy-axloqiy yoʻnalishlardagi ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlash va nashr qilish, shuningdek, Internet tarmogʻida taʼlim resurslarini yaratish va muntazam yangilab borish; islom olamida yuzaga keladigan dolzarb masalalar, zamonaviy siyosiy jarayonlarga oid ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkazish; Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan va xorijiy oliy diniy taʼlim muassasalari hamda boshqa tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilish; malakali xorijiy mutaxassislarni taʼlim jarayoniga jalb qilish, shuningdek, Akademiya mutaxassislarini nufuzli xorijiy oliy diniy va ilmiy taʼlim muassasalariga malaka oshirish hamda tajriba orttirish uchun yuborish, talabalarning akademik almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

Akademiyaning tarkibiy qismlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar markazi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar markazi 2018-yilning 16-aprelida avvalgi Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi asosida tashkil etilgan. Markaz islom dini va madaniyati, milliy merosi, qadimiy anʼanalarini har tomonlama oʻrganish, ularga oid mavjud manbalarni ilmiy talablar asosida tadqiq va nashr qilish, zamonaviy diniy jarayonlarni ilmiy tahlil qilish va tegishli taklif-tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida tashkil etilgan. Bugungi kunda davlat va boshqa chet el tashkilotlari buyurtmalariga koʻra, fundamental va amaliy tadqiqot loyihasi doirasida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda

„Islom sivilizatsiyasini oʻrganish — ISESCO“ kafedrasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

ISESCO — (Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha islom tashkiloti) maxsus kafedrasi 2017-yilning 26-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan (2016-yilda Toshkent shahrida oʻtkazilgan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi) oʻz faoliyatini boshlagan. 2017-yilning 22-25-may kunlari Toshkent islom universiteti delegatsiyasi ISESCO Bosh qarorgohi Marokash poytaxti Rabot shahrida amaliy tashrif bilan boʻlib, universitet tarkibida „Islom sivilizatsiyasini oʻrganish ISESCO“ kafedrasini tashkil etish yuzasidan Anglashuv Memorandumini imzoladi. Kafedrani tashkil etishdan maqsad — musulmon dunyosidagi taʼlim, ilm-fan va madaniyat tarixi hamda ularning hozirgi holatini oʻrganish va ular haqida talabalarga chuqurlashtirilgan maxsus kurslarni oʻqitishdan iborat.

„Dinlar tarixini oʻrganish YUNESKO“ kafedrasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Dinlar tarixini oʻrganish YUNESKO“ kafedrasi 2000-yil 16-sentabrda tashkil etilgan. Kafedra aʼzolari tomonidan YUNESKO faoliyatida diniy bagʻrikenglik tamoyillari, „Globallashuv sharoitida diniy soha rivojlanishining oʻziga xos xususiyatlari va geosiyosiy ahamiyati, yoshlarda diniy bagʻrikenglik mada-niyatini yuksaltirishning yoʻllari va vositalari“, „Islomshunoslik muammolarini birlamchi manbalar va ajdodlar diniy-maʼrifiy merosini tizimli tahlil qilish asosida yosh avlodda sogʻlom eʼtiqodni shakllantirish“ kabi mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Manbalar xazinasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Manbalar xazinasi“ boʻlimi 1999-yilning 7-aprelidan faoliyat yurita boshlagan. Boʻlimning asosiy vazifasi ming yillar burun yashab oʻtgan ajdodlarimiz tomonidan yaratilib, Oʻzbekiston Respublikasida saqlanayotgan va chet ellardan olib kelingan ilmiy-maʼnaviy, diniy merosimizni saqlash hamda ularni kelgusi avlodlarga munosib tarzda qoldirish, shuningdek, ushbu meros ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishdan iboratdir. Boʻlimning qoʻlyozma va toshbosma kitoblardan iborat fondi asosan aholi qoʻlida saqlanayotgan mazkur kitoblarni sotib olish evaziga boyitiladi. Hozirgi kunda boʻlimda 500 nusxaga yaqin qoʻlyozma, 1500 nusxaga yaqin toshbosma, 10 000 nusxadan ortiq zamonaviy nashr kitoblari saqlanmoqda. Manbalar ichida Qur’on va hadis ilmlari, tasavvuf, mantiq, balogʻat ilmlari, shuningdek, tabiiy fanlarga oid matematika, astronomiya, geometriya va tibbiyot kabi ilm sohalariga taalluqli kitoblar mavhud.

Akademik litsey[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akademiyada 2000-yil akademik litsey tashkil etilgan. Akademik litseyda xorijiy filologiya (arab va ingliz tili), aniq fanlar (iqtisod va texnika) va ijtimoiygumanitar fanlar taʼlim yoʻnalishlari mavjud. 2017-2018 oʻquv yilida akademik litseyni 246 nafar oʻquvchi tamomlagan. 2022-yilda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyida jami 500 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda.

„ZIYO-ZUKKO taʼlim maskani“[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akademiyada 2016-yil „ZIYO-ZUKKO taʼlim maskani“ umumiy oʻrta taʼlim maktabi tashkil etilgan. Maktabda taʼlim oʻzbek va rus tillarida olib boriladi. Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari va fan oʻqituvchilarining barchasi oliy maʼlumotli, tajribali mutaxassislardir. Oʻquvchilar 1-sinfdan ingliz va rus, 2-sinfdan arab tili toʻgaraklariga jalb etiladi. Shu bilan birga, ularning maʼnan va jismonan sogʻlom boʻlishi, har tomonlama rivojlanishi uchun shaxmat, taekvondo, badiiy gimnastika kabi sport toʻgaraklari tashkil etilgan.

„Islom tafakkuri“ jurnali[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining nashri hisoblangan „Islom tafakkuri“ jurnali oʻzbek, ingliz, rus va arab tillarida nashr etiladi. Jurnal Akademiya faoliyatiga mos ravishda „Qur’onshunoslik“, „Lugʻatshunoslik“, „Mumtoz filologiya“, „Fiqh ilmi“, „Hadisshunoslik“ kabi turli ruknlar ostida professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar, mutaxassislarning ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalari, tadqiqotlar natijalari, qiziqarli maʼlumotlar va axborotlarni berib boradi.

„Ziyo“ media markazi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akademiya tarkibida „Ziyo“ media markazi boʻlib, uning jamoasi media sohasidagi yuqori malakali kadrlardan tashkil topgan. U oʻz oldiga diniymaʼrifiy, ijtimoiy, tarixiy, ilmiyommabop koʻrsatuvlarni tayyorlash va taqdim etishni maqsad qilgan. Markaz Oʻzbekistonda vijdon erkinligini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlarni va milliy qadriyatlarni oʻzida aks ettiruvchi, diniy-maʼrifiy, ilmiyommabop va ijtimoiy yoʻnalishlarda koʻrsatuv va filmlar tayyorlanib, teletomoshabinlar eʼtiboriga havola etilmoqda. „Ziyo“ media markazi koʻrsatuvlarini imom-xatiblar, professor-oʻqituvchilar bilan hamkorlikda tayyorlaydi. Qolaversa, koʻrsatuvlarning samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida markaz ijodkorlari viloyatlarga ijodiy safarlar uyushtirib turadilar.

Iqtidorli yoshlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi talabalari uchun taʼsis etilgan Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasining gʻoliblari yetishib chiqishdi. 2002-2018-yillar davomida Akademiya (Toshkent islom universiteti)ning 43 nafar talabasi Imom al-Buxoriy nomidagi, 1 nafar talabasi Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindorlari boʻlishdi. Akademiyaning jahon dinlarini qiyosiy oʻrganish YUNESKO kafedrasining katta oʻqituvchisi S.Saidjalolov 2015-yil „Yilning eng yaxshi maʼnaviyat targʻibotchisi“ koʻrik tanlovi Toshkent shahar bosqichi, 2016-yil Respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. 2018-yilda „Oʻzbekiston yoshlari buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi“ respublika ijodiy ishlar tanlovida „Dinshunoslik“ mutaxassisligi 2-bosqich magistranti B.Botirov mazkur musobaqaning Respublika bosqichida faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Xalqaro munosabatlar yoʻnalishi 1-bosqich talabasi Xudoyqulova Sabina 2018-yilda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan „Respublika yosh olimlarining innovatsion grant tanlovi“da 10 mln soʻmlik grant sohibiga aylandi. Talaba-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularning fan va ijodiy qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish yuzasidan ham tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan, Akademiyada mutaxassislik fanlari, chet tillari hamda sport turlari boʻyicha 42 ta toʻgaraklar tashkil etilgan boʻlib, ularda 400 ga yaqin talaba-yoshlarning doimiy ishtiroki taʼminlangan. Shu bilan birga, 2019-yildan Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti bilan hamkorlikda amaliy cholgʻuchilik (dutorchilik, rubobchilik) boʻyicha badiiy toʻgaraklar qayta tashkil etilib, talabalarning qiziqishlarini amalga oshirish ishlari olib borilmoqda.

Talabalar turar joyi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akademiya TTJsida istiqomat qiluvchi talabalarning vaqtlarini mazmunli tashkillashtirish, ularning madaniy xordiq chiqarishlarini taʼminlash yuzasidan 450 dan ortiq badiiy adabiyot, 800 dan ortiq darslik va oʻquv qoʻllanmalar, 30 dan ortiq vaqtli matbuot nashrlari bilan taʼminlangan Akademiya ARMining filiali hamda maʼnaviyat-maʼrifat xonalari tashkil etilgan boʻlib, u yerda talabalar fan va badiiy adabiyotlarni oʻqib, turli maʼnaviy musobaqalar, viloyatlarning urf-odat va anʼanalarini namoyish etuvchi „Viloyat haftaliklari“ oʻtkazishadi. Shu bilan birga, TTJga Respublikamizning taniqli olimlari sharqshunos olimlari (professor Ubaydulla Uvatov, professor Ahadjon Hasanov), dindorlar (Shayx Abdulaziz Mansur, Anvar qori Tursunov, Rahmatullo qori Sayfuddinov va boshq.), adabiyotshunoslar (Tohir Malik va boshqalar), shoirlar (Bobur Bobomurod, Iqbol Mirzo va boshq.), kino aktyorlari (Jumadulla Rametov, Dilnoza Kubayeva va boshqalar) bilan davra suhbatlari uyushtirilib boriladi. Shu bilan birga, Akademiya professor-oʻqituvchilarining TTJda navbatchiligi tashkil etilgan boʻlib, bu yerda istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar bilan ham muntazam ravishda suhbatlar uyushtirilgan boʻlib, ularda koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan ustozlar oʻzlarining hayot tajribalaridan kelib chiqqan holda tavsiyalar berib kelishmoqda.

Rektorlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]