Darakchi — oʻzbek va rus tillarida chiqadigan haftalik axborot gazeta. Ilk soni 1999-yilmart oyida Samarqandda chop etilgan. Darakchi qisqa muddatda ommalashib, Oʻzbekistondagi eng koʻp nusxali gazetasiga aylandi. Unda yoshlar mavzusi, ularning dunyoqarashi, oʻy-fikrlarini, xalqaro miqyosdagi voqealarni, sport xabarlarini yoritishga katta oʻrin beriladi, jiddiy mavzudagi muammoli maqolalar ham keng yoritiladi. Gazeta tahririyatining xatlar, axborot va sport, tanlov boʻlimlari bor. Internet orqali jahon axborot tarmogʻiga ulangan. Adadi 200 mingdan ziyod (2002).