Georgiy Brim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Georgiy Robertovich Brim (1935.18.9, Turkmanistonning Kerki shahri— 1999.8.3, Germaniya, Landsxut shahri) — teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1977). Toshkentsanʼat institutini tugatgan (1967). Shu intda oʻqituvchi (1967—89), kafedra mudiri (1989—98). Ayni vaqtda Hamza teatrida rassom (1967—68), bosh rassom (196886); 198798-yillarda Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrida bosh rassom. B. ijodi oʻziga xos uslubi, asar mazmuni va gʻoyasini ochishga xizmat qiladigan sahna bezaklari, libos eskizlari yaratishi bilan diqqatga sazovor. Hamzaning "Boy ila xizmatchi" asari asosida yaratilgan spektakllarni badiiy bezagan (Ashxobod, 1966; Toshkentdagi Hamza teatri, 1969; Qoʻqon teatri, 1974; Bolgariya Xalq Respublikasi, 1974). Hamza ("Shoh Edip", 1971; "Kelinlar qoʻzgʻoloni", 1976; "Qaroqchilar", 1978; "Ibn Sino", 1980; "Zebunniso", 1984 va boshqalar), Navoiy ("Boʻron", 1980; "Maysaraning ishi", 1988 operalari) va A. Hidoyatov nomidagi ("Maysaraning ishi", 1988; "Paranji sirlari", 1989; "Qora kamar", 1989 va boshqalar) teatrlar spektakllarining tasviriy obrazini yaratdi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureata (1989).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil