Nabijon Mingboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nabijon Mingboyev (1918.12.2 – Namangan – 1999.3.3) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, kichik serjant, 1943 yildan frontda. Leningrad fronti 21-armiyaning 381-oʻqchi diviziyasi 1261-oʻqchi polkining boʻlinma komandiri. 1944 yil 10 iyunda Vsevoloj rayonidagi Lembolovo qishlogʻi uchun boʻlgan jangda alohida jasorat koʻrsatgan. 1945 yil 24 martda Qahramon unvoni berilgan. Urushdan keyin Namanganda yashagan va turli xoʻjalik lavozimlarida ishlagan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil