Usmonlilar imperiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Usmonli imperiyasidan yoʻnaltirildi)
Usmonli imperiyasi
Osmanlı İmparatorluğu
دولت عالیه عثمانیه
Девлет-и Алийе-и Османийе

Flag of None.svg
 
Vexilloid of the Roman Empire.svg
 
Supposed Flag of the House of Crnojevic.svg
1299 — 1922


Flag of Turkey.svg
 
Flag of Egypt (1882-1922).svg
 
Flag of Hejaz 1917.svg
 
Sa asir1.png
Ottoman flag.svg Osmanli armasi.svg
Usmonli imperiyasining bayrog'i Usmonli umperiyasining gerbi
OttomanEmpireIn1683.png
1683-yildagi Usmonli imperiyasi
Poytaxti Söğüt (12991329)
Bursa (13291365)
Edirne (13651453)
Konstantinopol (Istambul) (14531922)
Til(lar)i Usmonli turk
Arab
Fors
Dini Islom, (sunnat tarmog'ida)
Maydoni 7 607 380 km²
Aholisi 35 350 000
Boshqaruv shakli monarxiya
Sulola Usmonlilar
Sulton
 - 1281—1326 Usmon-I

Usmonli Imperiyasi (1299-yildan 1922-yilgacha). Shu davrda imperiya Turk imperiyasi yoki Turkiya deb atalgan. Koʻp millatli va koʻp dinli imperiya. Imperiya tarkibiga Janubi-sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaning koʻp qismi kirgan; gʻarbdagi Gibraltar boʻgʻozidan (1553-yili Gibraltarning narigi tarafidagi Morokkoning Atlantika qirgʻogʻigacha) sharqiy tomonidagi Kaspiy dengizi bilan Fors chig'anog'igacha, shimoldagi Avstriya va Slovakiyaning chegaralari bilan Ukraina chegarasidan janubdagi Sudan, Eritreya, Somali va Yamangacha hududlar kirgan. [1]

XVI — XVIII asrlarda [tahrir]

Usmonli imperiyasi, 1299-1683

Imperiyaning yuksalishi. XVI asr boshlarida butun imperiya viloyatga, viloyatlar esa sanjoq (tuman)larga boʻlingan edi. Viloyatlarni vali, sanjoqlarni esa sanjoqbey boshqarardi. Imperiyaning asosiy tayanchi uning qoʻshini edi. Qoʻshinni yer egalarining lashkarlari tashkil etardi. Sulton harbiy majburiyat evaziga yer-suv taqsimlab berardi. Harbiy majburiyat evaziga ajratilgan katta-katta yer egalari zoimlar va beylar, ulardan maydaroq yer egalari esa tumorilar va sipohiylar deb atalgan. Ularga harbiy harakat vaqtida sulton farmon bergan hamonoq, yerlarining katta-kichikligiga qarab belgilab qoʻyilgan miqdordagi qurolli dehqonlar bilan belgilangan joyga yetib kelish majburiyati yuklangan edi. Bundan tashqari, imperiyaning doimiy qoʻshini — yanicharlari, shuningdek, kuchli harbiy-dengiz floti ham boʻlgan. Bu omillar Usmonli turklar sultonlariga keng koʻlamda bosqinchilik urushlari olib borish imkonini bergan. Bunday urushlar natijasida Usmonli turklar davlatining ulkan imperiyaga aylanganligi Sizlarga VII sinf „Jahon tarixi“ darsligidan maʼlum. Imperiya XVI asrda ham bosqinchilik urushlarini davom ettirdi. Bu davrda Eron imperiyaning Osiyodagi eng yirik raqibiga aylangan edi. Sulton Salim I 1514-yilda Eron shohi Ismoil Safaviy qoʻshinini tor-mor etdi. Bu gʻalaba sultonga shohning ittifoqchisi Misr sultonligiga qarshi yurish boshlashga yoʻl ochdi. 1516-yilda yoʻl-yoʻlakay Suriya va Falastinni bosib oldi. 1517-yilda esa Misr poytaxti Qohira shahri egallandi. Imperiya nafaqat Osiyo va Yevropada, hatto Afrikada ham mustamlakalarga ega boʻldi. Imperiya hududining kengayishi yirik savdo yoʻllarining ham Turkiya qoʻliga oʻtishiga olib keldi. Bu omillar imperiya markaziy hokimiyatining hamda harbiy qudratining yanada kuchayishini taʼminladi. Oqibatda Turkiyaning xalqaro taʼsir-eʼtibori, Yevropa, Osiyo va Afrika mamlakatlari taqdiridagi oʻrni yanada ortdi.

Manbalar [tahrir]

  1. H. İnalcık: „The rise of the Ottoman Empire“ in P.M. Holt, A.K. S. Lambstone, and B. Lewis (eds), The Cambridge History of Islam, (Cambridge University). pages 295-200