Bursa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bursa, Brusa — Turkiyaning shim.gʻarbidagi shahar. Bursa elining maʼmuriy markazi. Aholisi 835 mingdan ziyod kishi (1990-y.lar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Muhim savdo-sanoat markazi. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, metallurgiya, sement, yogʻochsozlik sanoati rivojlangan. Ipakchilik, ip gazlama, tamaki, yogʻmoy, koʻn poyabzal, avtomobil korxonalari bor. B. mil. av. 2-a.dan maʼlum. 1326—65 y.larda Usmonli turklar saltanatining poytaxti boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan Ulugʻ jome (1396— 1400) masjidi, Murod II masjidi (1424—27), Yashil jome (1424) masjidi, shifoxona (1394) va b. saqlangan. Unt bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil