Dunay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dunay (yun. Istros — Istr; nem. Donau; vengercha Duna; bolgar va serbcha Dunav; chexcha Dunai; rumincha Dynarea) — Yevropadagi daryo, uz. jihatidan Volgadan keyin 2-oʻrinda. Uz. 2850 km, havzasining mayd. 817 ming km2. Boshlanish joyi quyilish joyidan 678 m baland. Shvarsvald togʻlarining (Germaniya) sharqiy yon bagʻridan boshlanib Qora dengizga katta delta hosil qilib quyiladi. Germaniya, Avstriya, Slovakiya, Vengriya, Xorvatiya, Serbiya, Bolgariya, Ruminiya, Ukraina hududlaridan oqib oʻtadi. D. oqish tavsifiga koʻra yuqori, oʻrta va quyi D.ga boʻlinadi. Yuqori D. (Vena sh.gacha) — togʻ daryosi, chuqur va tor vodiydan oqadi. Oʻzanining kengligi 350 m gacha. Oʻrta D. (Venadan Temir Darvoza tangisigacha) Oʻrta Dunay tekisligidan oqadi. Vodiysi keng (5—20 km). Togʻ va tepalarni kesib oʻtgan joylarda tangilar (Vengriya Darvozasi, Vishegrad yoʻlagi, Temir Darvoza va b.) hosil qilgan. Bu joylarda oʻzani 150 m gacha torayib, chuq. 20—70 m ga yetadi. D.ning Serbiya-Ruminiya chegarasi boʻylab oʻtgan Jerdap deb ataluvchi 120 km uzunlikdagi vodiysi juda tor (0,6—1,5 km). Daryoning serostona va tezokar joylaridagi oʻzani kemalar harakatini ancha qi-yinlashtiradi. Quyi D. (Temir Darvo-zadan quyilishigacha) Quyi Dunay tekisligidan oqadi. Vodiysining kengligi 7—20 km. Quyilish joyidan 80 km yuqorida deltasi (mayd. 3500 km2) boshlanadi. Delta qismida 3 ta asosiy tarmoqqa boʻlingan.

D.ning rejimi murakkab: bahorda toʻlib oqadi, yoz va kuzda toshib, qishda suvi kamayadi. Oʻrtacha suv sarfi yuqori oqimida 420 m3/sek, oʻrta oqimida 1900 m3/sek, quyilish joyida 6430 m3/sek. Bir yilda keltirgan suvining oʻrtacha hajmi 203 km3. D. Qora dengizga yiliga 120 mln. t. oqiziq va mineral moddalar keltiradi. Kish so-vuq kelganda 1,5 oygacha muzlaydi. D.ning 300 irmogʻi bor, shundan 34 tasida kema qatnaydi. Eng yirik irmoqlari: oʻngdan — Inn, Drava, Sava, Morava; chapdan — Morava, Tisa, Olt, Seret va Prut. D.ning iqtisodiy ahamiyati katta. Daryodan transport qatnovi, gidroenergiya olish, sugʻorish, shahar va sanoat markazlarini suv bilan taʼminlashda foydalaniladi, baliq ovlanadi. 2 ta yirik GES (Ruminiya va Serbiya chegarasida), GESlar kaskadi (Avstriya va Germaniyada) bor. Deltasida qamishzor koʻp. Regensburg sh.dan (Germaniya) boshlab D.da yil davomida kema qatnaydi. Dare boʻyida 100 dan ortik. port, shahar va pristan joylashgan. Eng yiriklari: Regensburg , Vena, Bratislava, Budapesht, Belgrad, Ruse, Galats, Izmail va b.

D. — xalqaro daryo. Dunayda kema katnash rejimi haqidagi 1948 y.da qabul qilingan konvensiyaga koʻra kemalar daryoda erkin suzish xuquqiga ega; Dunayboʻyi davlatlaridan boshqa davlatlarning harbiy kemalari qatnashi man etilgan; konvensiyaning bajarilishini nazorat qiluvchi Dunay komissiyasi (barcha Dunayboʻyi davlatlari aʼzo) tuzilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil