Adirna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Edirnedan yoʻnaltirildi)
Adirna

turkcha: Edirne
Skyline of Adirna
41°40′22.94″N 26°34′25.00″E / 41.6730389°N 26.5736111°E / 41.6730389; 26.5736111 G OKoordinatalari: 41°40′22.94″N 26°34′25.00″E / 41.6730389°N 26.5736111°E / 41.6730389; 26.5736111 G O
Mamlakat Turkiya
Adirna xaritada
Adirna
Adirna

Adirna (usmonli turkcha: اَدِرنه; turkcha: Edirne) — Turkiyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Adirna elining maʼmuriy markazi. Aholisi 119,3 ming kishi (2000). Transport yoʻllari chorrahasi, Qishloq xoʻjaligi rayonining (gʻalla va boshqalar) savdo markazi. Oziq-ovqat, ip gazlama sanoati korxonalari mavjud. Shaharga, taxminlarga koʻra, frakiylar tomonidan Odris nomi bilan asos solingan. Miloddan avvalgi 4-asrdan 2-asr oʻrtalarigacha qadimiy Makedoniya mustamlakasi. Oʻsha vaqtdan Rim bosib olgan. Milodiy 125 yilda Rim imperatori Adrian tomonidan qayta qurilib, uning sharafiga Adrianopol deb nomlangan. 4-asr oxiri — 14-asr oʻrtalarigacha Vizantiya tarkibida boʻlgan. 14-asrning 60-yillarida Usmonli turk saltanati qoʻl ostiga oʻtgan. 1453-yilgacha Usmonli turk saltanati poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklardan 15—17-asrlarga oid masjidlar sakdangan.