Abdulhamid II

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulhamid II
عبد الحميد ثانی, Abd ül-Hamîd-i sânî
Abdulhamid II

Tavalludi

22.09.1842
Istanbul, Usmonli imperiyasi
Vafoti 10.02.1918
Imzo Abdul Hameed II Sign.svg

Abdulhamid II (1842.21.9-1918. 10. 2) — Turkiya sultoni (1876-1909). U 1876-yil dekabrda „Yangi Usmonlilar“ jamiyati bilan bogʻliq liberal guruhlar rahbari Midhat posho boshchiligida oʻtkazilgan saroy toʻntarishi natijasida taxtga chiqdi. Yangi konstitutsiya qabul qilindi. Turk sultonlari ichida qattiqqoʻlligi bilan nom chiqargan. Abdulhamid II ichki va tashqi siyosatda ham salbiy yoʻl tutdi. U doimo Gʻarb davlatlariga yon bosdi. Buning natijasida mamlakat yarim mustamlakaga aylanib qoldi. 1903-yilda Germaniya mashhur Bagʻdod temir yoʻlini qurish huquqini oldi. Yosh turklar deb atalmish guruh 1909-yil Abdulhamid II ga qarshi bosh koʻtarib, uni taxtdan tushirdilar. Abdulhamid II mahbuslikda vafot etdi[1].


Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

Osmanli-nisani.svgBu maqola Usmoniylar imperiyasi haqidagi chala maqoladir ushbu maqolani to'ldiring.

Prince du Sang.png Bu maqola Monarxiya va sulolalar haqidagi maqoladi iltimos maqolani to'ldiring.