Trabzon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Trabzon, Trapezund — Turkiyaning shim.sharqiy qismidagi shahar. Qora dengiz boʻyidagi port. Trabzon elining maʼmuriy markazi. Aholisi 215 ming kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Oziq-ovqat, kemasozlik, qurilish materallari, tamaki sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilikda zigʻir va jundan turli buyumlar tayyorlanadi. Unt, aeroport mavjud.

T. mil. av. 8-a. oʻrtalarida barpo qilingan. Muhim port va savdo markazi boʻlgan. Mil. av. 2-a.da rimliklar bosib olgan. 1204—1461 y.larda Trapezund saltanatining poytaxti. 1461 y.dan turklar qoʻl ostiga oʻtgan. Meʼmoriy yodgorliklardan jome masjidlari, cherkovlar, qalʼa (13-a.) va b. saqlangan.