Jalolobod (viloyat)
|
|
|||||
| Maʻmuriy markazi | Jalolobod | ||||
| Maydoni | 33 700 km² | ||||
| Aholisi - Barchasi |
1 036 700 (2011) |
||||
| Davlat tili | Qirgʻiz tili, Rus tili | ||||
| Gubernator | Azizbek Tursunbayev | ||||
| ISO 3166-2 | KG-J | ||||
| Soat mintaqai | UTC +6 | ||||
| Avtomobil kodi | D | ||||
Jalolobod viloyati - Qirgʻiziston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Mamlakatning jan. qismida joylashgan. 1930 y. 21 noyab.da tashkil etilgan (1958—89 y.larda Oʻsh viloyati tarkibida, 1990 y.dan alohida viloyat). Shim. va shim.-gʻarbdan Qirgʻizistonning Talas va Chu; sharq va shim.-sharqdan Norin, jan.-sharqdan Oʻsh viloyatlari, jan va jan.-gʻarbdan OʻzR b-n chegaradosh. Mayd. 33,7 ming km2. J. v. tarkibida 8 tuman, 5 shahar va 8 shaharcha bor. Maʼmuriy markazi — Jalolobod sh. Aholisi 880,8 ming kishi (respublika aholisining 19%); shundan 668,5 mingi qishloq aholisi (77,2%). Aholi zichligi respublika oʻrtacha koʻrsatkichidan bir qadar yuqori boʻlib, 1 km2 ga 26 kishi toʻgʻri keladi (2000).
Viloyatning katta qismini Tyanshan togʻlarining jan.-gʻarbiy tarmoqlari egallagan. Shim.-gʻarbida Piskom, Sandalash, Chatqol tizmalari; shim.da Talas Olatovi, Susamirtov, Moʻldatov va b.; janubida keng togʻlararo tektonik botiqlar — Ketmontepa, Toʻgʻuztoro vodiysi joylashgan. Norin daryosidan gʻarbda — Otoynak tizmasi, sharqda Boboshota (bal. 4490 m gacha, viloyatning eng baland joyi), jan.-sharqda Olatov etaklarida.
Fargʻona tizmasi, jan.-gʻarbda bir muncha tekis va kambar togʻ oldi tekisliklari bor. Dare vodiylaridagi tekisliklarda Jalolobod, Qoraungur, Nanay sh.lari joylashgan. Foydali qazilmalardan tosh-koʻmir, oltingugurt, neft, gaz, tosh tuzi va b. uchraydi.
Iklimi kontinental, iliq va quruq iqlim. Oʻrtacha t-ra yanv.da —2°, iyulda 25—28°. Eng koʻp yogʻin Fargʻona tizmasining jan.-gʻarbiy yon bagʻirlariga tushadi. Quyi qismlarida 400—500 mm, 2500 m balandlikda — 1000 mm va undan koʻp; viloyatning oʻrta qismlarida 300—350 mm gacha yogʻadi. Eng yirik daryosi — Norin. Unga chapdan Qorasuv, oʻngdan Torkent, Uzunahmat, Qorasuv daryolari quyiladi. Sharqida Sirdaryo havzasiga mansub Qoradaryo (Koʻgart, Tentaksoy, Moylisuv irmoqlari b-n) oqadi. Daryolari gidroenergiya zaxirasiga boy (Norin daryosiga GES kaskadi qurilgan). Sugʻorishda keng foydalaniladi. Yirik koʻllari: Sarichelak, Koʻkola, Oykoʻl, Kutmankoʻl, Qorasuv va b.; ular asosan muzlikning erishi, togʻ qulashi natijasida va tektonik yoʻl b-n hosil boʻlgan koʻllar. Togʻlarda 1200 m gacha sur tuprokli quruq dasht va efemerli chala choʻl landshafti; 1200 m dan 2000 m gacha boʻlgan togʻ yon bagʻirlari kashtan tuprogʻli togʻ dashtlaridan iborat. Chatqol, Fargʻona tizmalari yon bagʻirlari 1200—1300 m gacha balandlikda yongʻoqzor, mevazor oʻrmonlar va oʻsimlik turlariga boy togʻ dashtlari; 2000—3000 m da aralash va igna bargli oʻrmonlar, balandroq joylari subalp va alp oʻtloqlari, eng baland joylari qoyali choʻqqilar, qor va muzliklardan iborat. Hayvonot dunyosi turli tuman: togʻlarda togʻ echkilari, bugʻu, qobon, oq tirnoqli ayiq, qor qoploni, turli-tuman qush va sudraluvchilar uchraydi.
Xoʻjaligi. Mavjud sanoat korxonalari 1990-y.lardagi iqtisodiy islohotlar natijasida xususiy i. ch. va xizmat koʻrsatish korxonalariga, q. x.da jamoa xoʻjaliklari dehqon, fermer, shuningdek, xususiy dehqon xoʻjaliklariga aylantirildi. Sanoatining asosiy tarmoqlari: elektr energetika (sanoat i. ch.ning 63,4%), rangli metallurgiya (10%), oziq-ovqat (5,2%) sanoati. Yoqilgʻi, rangli metallurgiya sa-^ noati rivojlangan. Asosiy i. ch. mahsulotlari: elektr energiyasi (1999 y.da 11905,7 mln. kVt/soat), neft (76,9 ming t), elektr lampalari (156,7 mln. dona) va yarim oʻtkazuvchi materiallardan iborat. Jalolobod, Toshkoʻmirda 1996 y. neftni qayta ishlash z-dlari ishga tushirildi. Qurilish materiallari, kiyim-kechak, un, goʻsht, sut, ichimliklar, sabzavot konservalari, tamaki, poyabzal, mebel ishlab chiqariladi.
Umumiy yer mayd. 1922,1 ming ga, shundan q. x.ga yarokli yerlar 154,2 ming ga boʻlib, mevali daraxtzor, pichanzor va yaylovdan iborat (2000). Boshoqli donli ekinlar, don uchun makkajoʻxori, paxta (23271 ga), poliz ekinlari, kartoshka (4874 ga), moyli ekinlar (21708 ga), tamaki (4002 ga) ekiladi. 1999 y.ga kelib k-z va s-zlar oʻrnida yangi xoʻjaliklar (xususiy xoʻjalik, fermer xoʻjaligi, dehqon xoʻjaligi, q. x. kooperativlari, jamoa xoʻjaligi, aksiyadorlik jamiyatlari) tashkil topdi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy va echki, yilqi, parranda boqiladi.
Bishkek—Oʻsh avtomobil yoʻli, Qorasuv — Jalolobod — Koʻkyongʻoq va Namangan — Uchqoʻrgʻon — Toshkoʻmir t. y. oʻtgan. Havo transporti Jalolobod — Bishkek, Jalolobod — Qorakoʻl, Jalolobod — Choʻlponota yoʻnalishlarida qatnaydi.
J. v.da 3 oliy oʻquv yurti (un-t, tijorat in-ti, Bishkek fizkultura in-ti fakulteti), 3 oʻrta maxsus (tibbiyot, madaniy maorif va q. x.) oʻquv muassasasi bor (2000). Teatr, filarmoniya, 117 madaniyat saroyi va klublari, 180 kutubxona mavjud (2000). Viloyatda 303 davolashprofilaktika muassasasi, kasalxonalar va b. (qishloq ambulatoriyalari, feldsher-akusherlik punktlari) bor. Ularda 1664 vrach, 7066 tibbiy xodim ishlaydi. Jalolobod sh. yaqinida mineral buloqlar asosida tashkil etilgan balneologik kurort joylashgan.[1]
Jalolobod viloyati(kirg. Жалалабат областы) Qirg’iziston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Mamlakatning janubiy qismida joylashgan. 1930 yilning 21 noyabrida tashkil etilgan (1958—89 yillarda O’sh viloyati tarkibida, 1990 yildan alohida viloyat). Shimoliy va shimoli - g’arbdan Qirg’izistonning Talas va Chuy sharq va shimoli-sharqdan Norin, janubi-sharqdan O’sh viloyatlari, janub va janubi-g’arbdan O’zbekiston bilan chegaradosh. Maydoni 33,7 ming km2.
Mundarija |
Tarihi [tahrir]
JALOLOBOD ZILZILASI 1959 yilning 28 mayda Farg’ona vodiysining sharqiy qismida Jalolobod shahri yonida sodir bo’lgan. Zilzila kuchi episentrda 7 ball, magnitudasi 5,3. Zilzila 18 km chuqurlikda joylashgan granit qatlamlar orasidagi yoriqlarning siljishi natijasida ro’y bergan. Zilzila oqibatida Jalolobod shahri va unga yaqin bo’lgan aholi yashaydigan yerlarda bir kancha imoratlar buzilgan. Zilzila kuchi O’zbekistonning Хonobod, Andijon, Uchqo’rg’on va Namangan shaharlarida 3—4 ball atrofida sezilgan.
Aholisi [tahrir]
Viloyat aholisi 1 036 700 nafar kishini ( Qirgʻiziston aholisining 20,0%ni ) tashkil qiladi. Uning 23,1%i (200,8 ming) nafari shaharlarda, qolgan 76,9%i (668,5 ming) nfari esa qishloqlarda istiqomat qilishadi. Aholining soni boʻyicha respublikada Oʻsh viloyatidan keyingi 2-chi oʻrinni egallaydi. Koʻp millatli viloyat hisoblanadi: asosan qirgʻizlar - (69,8%), bundan tashqari oʻzbeklar (24,4%), ruslar (2,1%), ukrainlar (0,3%), tojiklar (0,6%), tatarlar (0,8%), turklar (0,6%) va millatlar ham istiqomat qilishadilar. Aholi zichligi boshqa viloyatlarga qaraganda bir oz yuqoriroqda turadi: 1 km2 ga 26 kishiga toʻgʻri keladi.
Millatlar tarkibi [tahrir]
| Aholi soni 1989-yil |
% | Aholi soni в 1999-yil |
% | Aholi soni 2009-yil |
% | |
|---|---|---|---|---|---|---|
| barchasi | 743 279 | 100,00 % | 869 259 | 100,00 % | 1 009 889 | 100,00 % |
| Qirgʻizlar | 452 868 | 60,93 % | 607 036 | 69,83 % | 725 321 | 71,82 % |
| Oʻzbeklar | 175 705 | 23,64 % | 212 030 | 24,39 % | 250 748 | 24,83 % |
| Ruslar | 54 024 | 7,27 % | 17 930 | 2,06 % | 9 120 | 0,90 % |
| Turklar | 4 413 | 0,59 % | 4 842 | 0,56 % | 5 842 | 0,58 % |
| Tojiklar | 4 525 | 0,61 % | 5 236 | 0,60 % | 5 642 | 0,56 % |
| Tatarlar | 15 936 | 2,14 % | 6 933 | 0,80 % | 3 694 | 0,37 % |
| Uygʻurlar | 3 360 | 0,45 % | 3 776 | 0,43 % | 3 271 | 0,32 % |
| Kurdlar | 8 173 | 1,10 % | 2 158 | 0,25 % | 1 902 | 0,19 % |
| Ozarbayjonlar | 586 | 0,08 % | 259 | 0,03 % | 996 | 0,10 % |
| Ukrainlar | 9 503 | 1,28 % | 2 463 | 0,28 % | 789 | 0,08 % |
| Qozoqlar | 1 564 | 0,21 % | 1 130 | 0,13 % | 692 | 0,07 % |
| Xemshillar | …[4] | … | 382 | 0,04 % | 352 | 0,03 % |
| Koreyslar | 672 | 0,09 % | 377 | 0,04 % | 237 | 0,02 % |
| Olmonlar | 4 425 | 0,60 % | 672 | 0,08 % | 210 | 0,02 % |
| Boshqirdlar | 1 055 | 0,14 % | 392 | 0,05 % | 164 | 0,02 % |
| Chechenlar | 255 | 0,03 % | 114 | 0,01 % | 89 | 0,01 % |
| Arablar | 65 | 0,01 % | 861 | 0,10 % | 75 | 0,01 % |
| Gurjlar | 200 | 0,03 % | 116 | 0,01 % | 51 | 0,01 % |
| Turkmanlar | 137 | 0,02 % | 33 | 0,00 % | 46 | 0,00 % |
| Forslar | 43 | 0,01 % | 58 | 0,01 % | 46 | 0,00 % |
| Beloruslar | 624 | 0,08 % | 115 | 0,01 % | 45 | 0,00 % |
| Bulgʻorlar | 126 | 0,02 % | 49 | 0,01 % | 44 | 0,00 % |
| Armanlar | 730 | 0,10 % | 109 | 0,01 % | 38 | 0,00 % |
| Dunganlar | 60 | 0,01 % | 24 | 0,00 % | 36 | 0,00 % |
| Qrim tatarlar | 2 261 | 0,30 % | 18 | 0,00 % | 31 | 0,00 % |
| boshqalar | 1 969 | 0,26 % | 2146 | 0,29 % | 408 | 0,05 % |
Jalolobod viloyatining hududiy bo’linishi [tahrir]
Jalolobod viloyati tarkibida 8 tuman, 5 shahar va 8 shaharcha bor.
Maъmuriy markazi — Jalolobod shahri:
Aхsi tumani (markazi — Kerben)
Ola-Buqa tumani (markazi — Ola-Buqa)
Bozor-Qo’rg’on tumani (markazi — Bozorqoʻrgʻon)
Novken tumani(markazi — Mossi)
Suzoq tumani (markazi— Suzoq)
To’g’uz-To’ra tumani (markazi — Qazarman)
To’qto’g’ul tumani (markazi — To’qto’g’ul)
Chotqol tumani (markazi — Qanish-Qiya qishlogʻi)
Aholi punktlari [tahrir]
Viloyatdagi asosiy aholi punktari:
Manbalar [tahrir]
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Перепись населения Киргизии 2009. Джалал-Абадская область
- ↑ Население Киргизии
- ↑ По переписи 1989 года хемшилы включались в состав армян
|
|
VikiOmborda Jalolobod (viloyat) haqida turkum mavjud. |
O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi – J harfi
Кыргыз Совет Энциклопедиясы