Jalolobod
| Jalalabat oblasti | |
|---|---|
| Jalolobod viloyat | |
| Asos solingan san'asi: | 1930 yil 21 noyabr |
| Markazi: | Jalolobod shahri |
| Maydoni: | 33,7 ming km² |
| Aholisi: | 920,6 ming kishi |
| Aholi zichligi: | 28.6/km² |
| ISO 3166-2: |KG-J| | |
| Hudiy bo'linishi: | 5 shahar, 8 shaharcha, 58 ovul kengashi, 415 ovul |
| Gubernatori: | Bektur Asanov |
Jalolobod viloyati(kirg. Jalalabat oblasti) Qirgʻiziston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Mamlakatning janubiy qismida joylashgan. 1930 yilning 21 noyabrida tashkil etilgan (1958—89 yillarda O`sh viloyati tarkibida, 1990 yildan alohida viloyat). Shimoliy va shimoli — gʻarbdan Qirgʻizistonning Talas va Chuy sharq va shimoli-sharqdan Norin, janubi-sharqdan Oʻsh viloyatlari, janub va janubi-gʻarbdan O’zbekiston bilan chegaradosh. Maydoni 33,7 ming km2.
[tahrir] Jalolobod viloyatining hududiy boʻlinishi
Jalolobod viloyati tarkibida 8 tuman, 5 shahar va 8 shaharcha bor.
Maʼmuriy markazi — Jalolobod shahri:
Aхsi tumani (markazi — Karvon)
Ola-Buqa tumani (markazi — Ola-Buqa)
Bozor-Qo’rg’on tumani (markazi — Bozor-Qoʻrgʻon)
Suzoq tumani (markazi— Suzoq)
To’g’uz-To’ra tumani (markazi — Qazarman)
To’qto’g’ul tumani (markazi — Toʻqtoʻgʻul)
CHotqol tumani (markazi — Qanish Qiya)
[tahrir] Tarihi
JALOLOBOD ZILZILASI 1959 yilning 28 mayda Farg’ona vodiysining sharqiy qismida Jalolobod shahri yonida sodir boʻlgan. Zilzila kuchi episentrda 7 ball, magnitudasi 5,3. Zilzila 18 km chuqurlikda joylashgan granit qatlamlar orasidagi yoriqlarning siljishi natijasida roʻy bergan. Zilzila oqibatida Jalolobod shahri va unga yaqin boʻlgan aholi yashaydigan yerlarda bir kancha imoratlar buzilgan. Zilzila kuchi O’zbekistonning Хonobod, Andijon, Uchqo’rg’on va Namangan shaharlarida 3—4 ball atrofida sezilgan.
Adabiyotlar: