Dunganlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dunganlar
Dungan-Girls.JPG
Umumiy aholi soni

10,000,000

Katta aholiga ega mintaqalar
 Xitoy 9,839,837 [1]
 Qirg`iziston 58409 [1]
 Qozog`iston 51577 [2]
 Rossiya 1651 [3]
Tillar
Dungan tili
Rus tili
Dinlar
Islom

Dunganlar (oʻzlarini laoxueyxuey yoki chjunyuanjin deb ataydilar) — Markaziy Osiyoda yashaydigan xalq. Umumiy soni 70 ming kishi atrofida (1990-y.

lar oʻrtalari). Qozogʻiston, Qirgʻiziston, qisman Oʻzbekistonda yashaydi. Dungan tilida gaplashadi. D. Xitoydagi xuey xalqi bilan etnogenetik jihatdan birdir. D. rus grafikasiga asoslangan oʻz yozuviga ega. Islomning sunna va shia mazhablariga eʼtiqod qilishadi. D. ajdodlarining kelib chiqishi fanda hali uzil-kesil hal qilingan emas. Baʼzi olimlar D. arablar bilan aralashgan xitoylar, baʼzilar esa Xitoyga kelib oʻrnashib qolgan fors, turk qabilalari deb hisoblaydi. "Dungan" nomi Sinszyan viloyatida 18-a.da paydo boʻlib, Xitoyning ichki viloyatlaridan koʻchib kelib, oʻtroklashib qolgan harbiy xizmatchilar, savdogarlar, xunarmandlar va b.ni ifodalagan (baʼzan "Dungan"ning etimologiyasini tun gan — hammasi Gan-sudan" yoki dvun yanjin — "Xitoyda yashovchilar" deb talqin etadilar). Xitoyning Gansu, Shensi, Lanjou va b. viloyatlarida yashaganlar. 1861—78 y.larda Xitoyning shim.-gʻarbida Sin sulolasi zulmiga qarshi dehqonlar qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi. Qoʻzgʻolonda D. va b. xalqlarning kambagʻal tabaqasi asosiy kuch edi (q. Taypin qoʻzgʻoloni). Qoʻzgʻolon yengildi, natijada 1877—78, 1881—84 y.larda D. toʻda-toʻda boʻlib Qozogʻiston va Qirgʻiziston yerlariga qochib oʻta boshladi va shu yerlarda oʻrnashib qoldi. 20-a. boshlarida D. xalq boʻlib shakllandi, tili, madaniyati, adabiyoti va oʻz matbuotiga ega boʻldi. D. asosan, deqqonchilik (bugʻdoy, sholi, joʻxori, qand lavlagi, tamaki va b.), bogʻdorchilik, hunarmandchilik bilan shugʻullanadi.[2]

Dunganlar, Tungonlar — Qirg'izistonda, Janubiy Qozog'iston viloyatida va Rossiyada yashashadi. Dungan va rus tillarida gapiradi. Ular — Markaziy Osiyo millatlari boʻlib, migratsiyalik koʻchish va savdo aloqalari bilan Xitoy yerida asta sekin shakllandi. Islom dinidagi millat vakillari. Dunganlar millat boʻlib, shakllanib, rivojlanishida, Xitoy tilini oʻz tilining yaqini deb tanladi. Dunganlar — Xitoy oz millatlari ichida xalq soni koʻp millatdir. 2000-yilgi sanoq natijasida, Xitoyda 9 million 816 ming 805 dunganlar bor ekan. Umumiy xalq soni tarafidan Xitoyda, Juan, Manjur va Uygʻur millatlaridan keyin 4-oʻrinda.

Manbalar[tahrir]

  1. CIA factbook 2009 - Kyrgyzstan
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil