Koʻkyongʻoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Koʻk-Yongʻoq

qirgʻizcha: Көк-Жаңгак
shahar
41°02′0″N 73°12′0″E / 41.03333°N 73.20000°E / 41.03333; 73.20000 G OKoordinatalari: 41°02′0″N 73°12′0″E / 41.03333°N 73.20000°E / 41.03333; 73.20000 G O
Mamlakat Qirgʻiziston
viloyat Jalolobod viloyati
Hukumat
Asos solingan 1910
Avvalgi nomlari Кок-Янгак
Qachondan beri shahar 1943
Maydon 1,213 km2 (468 mi²)
Markazi balandligi 1 200-1 450 m
Rasmiy til(lar)i qirgʻiz tili
Aholisi
 (2017)
10 500
Zichligi 11 400[1] kishi/km2
Milliy tarkib qirgʻizlar, oʻzbeklar va boshqalar
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +9963743
Koʻk-Yongʻoq xaritada
Koʻk-Yongʻoq
Koʻk-Yongʻoq

Koʻk-Yongʻoq (qirgʻizcha: Көк-Жаңгак) — Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod viloyatidagi shahar. Temir yoʻl stansiyasi. 1500 m balandlikda, Fargʻona tizmasining gʻarbiy etagidagi Surentepa togʻ yon bagʻrida, Qoʻrgʻontosh daryosi sohilida joylashgan. Jalolobod shahridan 28 km, Oʻsh shahridan 88 km uzoqlikda. Yanvarda oʻrtacha harorat —10°, iyulniki 20°. Yiliga 400 mm yogʻin yogʻadi. Aholisi 11 ming kishiga yaqin (2000). 1910 yшдda toshkoʻmir konining ishga tushirilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Toshkoʻmir qazib olinadi. Transport va iqtisodiy aloqalar avtomobil va temir yoʻl orqali amalga oshiriladi. Tikuvchilik fabrikasi, non zavodi, maishiy xizmat koʻrsatish kombinati, 5 umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar bilim yurti, 3 kutubxona, kasalxona, poliklinika bor.[2]

Aholisi (2017) — 11,4 ming kishi.[3]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻkyongʻoq shahri Koʻkart vodiysining gʻarbiy tomonida, Koʻkart daryosining chap irmogʻi Qoʻrgʻontosh daryosi boʻyida, Serun yaylovi yaqin dengiz sathidan 1200-1500 metr balandlikda joylashgan. 1931-yilda qurilgan Jalolobod – Bagʻish – Koʻkyongʻoq temir yoʻli bor. Jalolobod shahridan 30 kilometr shimoli-sharqda va tuman markazidan 36 kilometr uzoqlikda joylashgan maydoni 12,4 ming kvadrat kilometrni tashkil etadi. 1926-yilda oʻrganilib, 1952-yilda ochilgan Koʻkyongʻoq gips koni, shuningdek 1910-yildan beri qazib olinayotgan Koʻkyongʻoq koʻmir koni Oʻrta Osiyodagi eng yirik koʻmir konlaridan biridir[4].

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 2017-жылдагы Кыргыз Республикасынын облустарынын, райондорунун, шаарларынын, шаар тибиндеги кыштактарынын калкынын саны, Численность населения Кыргызской Республики на 1 января 2017 года
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. 2017-жылдагы Кыргыз Республикасынын облустарынын, райондорунун, шаарларынын, шаар тибиндеги кыштактарынын калкынын саны, Численность населения Кыргызской Республики на 1 января 2017 года
  4. „Koʻkyongʻoq geografiyasi“. 2022-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-noyabr.