Koʻhna Urganch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahar
Koʻhna Urganch
Mamlakat Turkmaniston
Viloyat Dashoguz viloyati
Koordinatalari 42°19′0″N 59°9′27″E / 42.31667°N 59.15750°E / 42.31667; 59.15750Koordinatalari: 42°19′0″N 59°9′27″E / 42.31667°N 59.15750°E / 42.31667; 59.15750
Rasmiy tili Turkman tili
Aholisi 191 400 
Milliy tarkibi turkmanlar
Konfessiyaviy tarkibi musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Koʻhna Urganch (Turkmaniston)
Koʻhna Urganch

Koʻhna Urganch (turkm. Köneürgenç‎‎ — Koʻhna Urganch fors. کهنه‌ گرگانج  Kuhne Gurgānj, fors. کُهنه‌ اورگَنج Kuhne Urganj) Turkmanistonning Dashoguz viloyatidagi shahar. Aholisi 191 400 kishi.

Koʻhna Urganch - Turkmanistonning Toshhovoʻz viloyatidagi shahar (1986 y.dan). Koʻhna Urganch tumanining maʼmuriy markazi. Xoʻjayli t.y. stansiyasidan 35 km, Toshhovoʻz sh.dan 105 km shim.gʻarbda. Aholisi 31,4 ming kishi (2000). K.U.da paxta tozalash, sut, yogʻ-ekstraksiya z-dlari, Toshhovoʻz gilam f-kasining filiali, aloqa boʻlimi, savdo, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turibdi. 7 umumiy taʼlim maktablari, musiqa, bolalar sport maktabi, sogʻlomlashtirish majmuasi, kutubxona, madaniyat uyi, kasalxona, sil kasalliklari dispanseri mavjud.

K.U. 10— 14-a.larda Xorazm davlatining poytaxti boʻlib, Xorazm va Movarounnahrda eng katta shaharlardan biri edi. Asl nomi Gurganj, arab geograflari asarlarida Jurjoniya deb tilga olinadi. Mil. av. 1-a. Xitoy yilnomasida Yuye-Gan yoki Yuye-Szyan shaklida qayd qilingan. 10-a.ning2-yarmida markazi Gurganjda boʻlgan mustaqil amirlik vujudga kelib, u Kot sh.dagi xorazmshohlar bilan raqobat qila boshladi. 995 y.da Gurganj amiri Maʼmun ibn Muhammad Kotdagi xorazmshoxlar sulolasini tugatib, oʻzini Xorazmshoh deb eʼlon qildi (995—997). Oʻsha vaqtdan Gurganj Xorazm davlatining yagona poytaxti boʻlib qoldi va 11 — 12-a.larda bu yerda madaniyat va sanʼat ravnaq topdi. Oʻsha davrda shahar mustahkam qalʼa devorlari bilan oʻrab olindi. Baʼzi shahar darvozalarining nomlari tarixiy qoʻlyozma asarlarda koʻrsatib oʻtilgan, boʻlar: Xajjaj, Kobilon. 1221 y.da Chingizxon qoʻshinlari shaharni 6 oy qamal qilib ololmagach, Amudaryoni toʻsib turgan toʻgʻonni buzib, shaharni suvga bostirdi. Moʻgʻullar barcha hunarmandlarni ajratib olib Moʻgʻulistonga haydab olib ketdilar, qolgan aholini qirib tashladilar.

14-a.ning boshlarida Oltin Oʻrda taʼsirida boʻlgan shaharda binokorlik ishlari jonlandi. 1333 y.da Gurganjga kelgan mashhur arab sayyohi Ibn Battuta buning guvohi boʻlgan.

15—16-a.larda shaharning madaniy va iqtisodiy rivojlanishida bir oz turgʻunlik roʻy beradi. 1646 y.da Xiva xoni Abulgʻoziy Bahodirxon (1643—1664) hoz. Urganch sh.ga asos soldi. Shundan keyin qad. shaharning nomi Koʻhna Urganch boʻlib qoldi. Xiva xoni Muhammad Aminxon (1846-55) K. U.da boʻlib Xorazm poytaxtini oʻsha yerga koʻchirishga qaror qildi. Lekin, uning 1855 y.da Saraxsda turkmanlar bilan boʻlgan jangdagi fojiali oʻlimi bu ishga barham berdi.

G920-y.larda K.U. Turkmaniston tarkibiga kiritiddi. Shaharning qad. qismi 1985 y.da Davlag tarixiy-madaniy muzey-qoʻriqxonasi deb eʼlon qilindi. K.U.dagi bir necha meʼmoriy yodgorliklar YUNESKO tashkilotining roʻyxatiga olindi. Shaharda oʻlkashunoslik muzeyi faoliyat koʻrsatadi. Shaharning turistik infrastrukturasini vujudga keltirish, arxeologik qazishmalar, tarixiy yodgorliklarni konservatsiya qilish va taʼmirlash ishlarini faollashtirish maqsadida 1997 y.da Turkmaniston hukumati nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda "Koʻhna Urganchning madaniy sferasini rivojlantirish" loyihasini amalga oshirishga kirishdi.

K. U.da 12— 14-a.lar meʼmoriy yodgorliklaridan El Arslon, Takash, Toʻrabekxonim, Najmiddin Kubro maqbaralari, Qutlugʻ Temur (jome masjidi) minorasi hamda karvonsaroy qoldiqlari, 16-a. yodgorliklaridan Sulton Ali maqbarasi, 20-a. boshidagi yodgorliklaridan Toshmasjid madrasasi va b. saqlangan. K.U.ning eng qad. qismi hisoblangan Qirqmulla tepaligida 1989—92 y.larda olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida u mil. av. 5—4-a.larda vujudga kelganligi aniqlandi.

Tarixda K.U. (Gurganj) oʻsha yerda yashab, ijod etgan va faoliyat koʻrsatgan mashxur kishilar (Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Maʼmun akademiyasining buyuk olimlari Beruniy, Ibn Sino, Abu Saxl Masihiy, Abul Hayr Hammor va b.) bilan dunyoga tanilgan.[1]

Tarixi[tahrir]

Geografiyasi[tahrir]

Aholisi[tahrir]

Iqtisodiyoti[tahrir]

Taniqli shaxslari[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyot[tahrir]

  • Gulyamov Ya.G., Istoriya orosheniya Xorezma, 1957;
  • Tolstov S. P., Raboti Xorezmskoy ekspeditsii 1949—1953 gg . TXAEE, t.2 M., 1958;
  • Bartold V.V., Sochineniya,t. 3. M., 1965;
  • Buniyatov 3. M., Gosudarstvo Xorezmshaxov-anushteginidov, M., 1986;
  • Yusupov X., Tri fakta iz istorii Kyoneurgencha, Izvestiya AN Turkmenistana, Seriya gumanitarnix vauk №2, 1992;
  • Yusupov X., Serdse drevnego Xorezma, Ashxabad, 1993;
  • Nurjonov K., Koʻhna va Yangi Urganch, Urganch, 1993;
  • Xalimov N., Pamyatniki Urgencha, Ashxabad, 1991;
  • Mamedov M. A., Muradov R. G., Srednevekovie pismennie istochniki o Drevnem Urgenche, Ashxabad, 2000.