Vanadiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vanadiy(V)
Atom raqami 23
Koʻrinishi Kul rang, yaltiroq metall
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
50,9415 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi 134 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
650,1(6,74) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Ar] 3d3 4s2
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 122 pm
Ion radiusi (+5e)59 (+3e)74 pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
1,63
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi 5, 4, 3, 2, 0
Termodinamik xossalari
Zichlik 6,11 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 0,485 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 30,7 Vt/(m·K)
Erish harorati 2160 K
Erish issiqligi 17,5 kJ/mol
Qaynash harorati 3650 K
Qaynash issiqligi 460 kJ/mol
Molyar hajm 8,35 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi kubik markazlashgan
Panjara davri 3,020 Å
Panjara/atom nisbati n/a
Debye harorati 390,00 K
23
Vanadiy
V
50,9415
3d34s2

Vanadiy (Vanadium), V - Mendeleyev davriy sistemasining V guruh kimyoviy elementi; atom raqami 23, atom massasi 50,942; kulrang metall. Tabiiy Vanadiyning ikkita izotopi bor. Barqaror 31V (99,75%) va beqaror 5"V (0,25%). 50V ning yarim yemirilish davri 10 yil.

Vanadiyni 1801-yilda meksikalik mineralog Vanadiy Vanadiy Del-Rio qoʻngʻir qoʻrgʻoshin rudasida topgan. 1830-yilda shved kimyogari Vanadiy Vanadiy Sefstryom temir rudasida yangi element topib, uni skandinaviyalik goʻzallik xudosi Vaiadis nomi bilan atagan. Vanadiyning Yer poʻstidagi miqdori (ogʻirligi jihatdan 1,91O~2%, okean suvlarida 310-’%, oʻsimlik kullari tarkibida 6,1-10-3% boʻlib, anchagina tarqalgan, lekin asosan togʻ jinslari va minerallarda uchraydi. Vanadiy minerallaridan patronit, roskoelit, mottramit, karnotit, vanadinit va b.ning sanoat ahamiyati bor. Titanomagnetit va qoldiq (fosforli) temir hamda oksidlangan mis-qoʻrgʻoshin-rux rudalari Vanadiy manbai boʻlib xizmat qiladi.

Vanadiyning zichligi 6,11 g/sm3; suyuqlanish temperaturasi 1920", qaynash temperaturasi 3400". Odatdagi temperaturada havo, dengiz suvi va ishqor eritmalari taʼsiriga berilmaydi; korroziyaga chidamliligi jihatdan titan va poʻlatdan yuqori turadi. Vanadiy 2, 3, 4 va 5 valentli birikmalar beradi. Shunga binoan VO bilan V2O3 (asos xossasi bor), VO2 (amfoter) va V2O5 (kislotalik xossaga ega) kabi oksidlari bor. Kislota va suvga chidamli nitridi VN (suyuqlanish temperaturasi 2360°) va yuqori darajada qattiq karbidi VC (suyuqlanish temperaturasi 2800°) maʼlum.

Vanadiyning asosiy qismi (85%) qora metallurgiyada poʻlat, choʻyan va qotishmalarning mustahkamligini, issiqqa, yemirilishga va korroziyaga chidamliligini oshirish maqsadida ishlatiladi. Vanadiy qirqish ishlarida, asbobsozlik va konstruksion material sifatida ishlatiluvchi poʻlat tarkibiga ham kiradi. Galliy, kremniy va titan bilan hosil qilgan baʼzi qotishma hamda birikmalari oʻta oʻtkazuvchanlikka egaligi bilan diqqatga sazovor. Toza Vanadiydan atom energetikasida va elektron asboblar ishlab chiqarishda ham foydalaniladi. Vanadiy birikmalari kimyo sanoatida katalizatorlar sifatida, shuningdek qishloq xoʻjaligi, tibbiyot, toʻqimachilikda, lok-boʻyoq, rezina, sopol, shisha ishlab chiqarishda, foto va kino sanoatida ishlatiladi. Vanadiy birikmalari zaharli.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil