Rubidiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rubídiy / Rubidium (Rb)
Atom raqami 37
Koʻrinishi Yumshoq, oq-kumush rangli,
kimyoviy faol metall
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
85,4678 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi 248 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
402,8 (4,17) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Kr] 5s1
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 216 pm
Ion radiusi (+1e)147 pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
0,82
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi 1
Termodinamik xossalari
Zichlik 1,532 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 0,360 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 58,2 Vt/(m·K)
Erish harorati 312,2 K
Erish issiqligi 2,20 kJ/mol
Qaynash harorati 961 K
Qaynash issiqligi 75,8 kJ/mol
Molyar hajm 55,9 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi kubik markazlashgan
Panjara davri 5,590 Å
Panjara/atom nisbati n/a
Debye harorati n/a K
37
Rubidiy
Rb
85,4678
[Kr]5s1

Rubidiy [lot. rubidus — qizil, toʻq kizil (spektrning qizil qismi chiziklari boʻyicha kashf etilgan), lot. Rubidium], Rb — Mendeleyev davriy sistemasining 1 guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 37, atom massasi 85,4678. Tabiiy izotoplarining massa sonlari 85 (72, 15%) va 87 (27,85%). 10 dan ortiq sunʼiy radioaktiv izotoplari olingan.

Rubidiy Bunzen va Rubidiy Kirxgof 1861-yilda Germaniyadagi Dyurkgeym mineral suvini spektral analiz qilib, Rubidiyni kashf etganlar. Bunzen 1863-yilda metall Rubidiyni olishga muvaffaq boʻlgan. Rubidiy birikmalari tabiatda kaliy birikmalari bilan birga uchraydi, u Yer poʻstining massa jihatidan 3,110~2%ini tashkil qiladi. Rubidiy ning ion radiusi kaliy va seziyning ion radiuslariga yaqin boʻlganligi uchun bu element birikmalari oʻzaro izomorfdir.

Rubidiy suyultirilgan rubidiy xloridni elektroliz qilib olinadi. Rubidiy ishqoriy metallar jumlasiga kiradi. Rubidiy juda yumshoq, kumush rang — oq metall. Suyuqlanish temperaturasi 39,5°, qaynash temperaturasi 685°, zichligi 1,248 g/sm³. Rubidiy sanoatda karnallit va lepidolitdan ajratib olinadi. Kimyoviy jihatdan juda faol; suv va kislotalar bilan reaksiyaga kirishganida portlash yuz beradi. Birikmalarida +1 valentli. Kislorod bilan rubidiy peroksid Rb2O2 va rubidiy giperoksid RbO2 hosil qiladi. Rubidiyning gidroksidi RbOH kuchli ishkorlar jumlasiga kiradi. Rubidiy juda koʻp elementlar bilan bevosita birikadi. Rubidiy gidrid RbH beqaror birikma. Uning nitridi Rb3N bilvosita yoʻl bilan hosil qilinadi. Rubidiyning Rb2C2 tarkibli karbidi, Rb2S tarkibli sulfidi bor. Rubidiy baʼzi metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Kizdirilsa yoki yoritilsa, oʻzidan elektronlar chiqaradi. Metall holatdagi Rubidiy havosiz muhitda berk idishlarda saqlanadi. Qattiq holatdagi Rubidiy gidroksidga ozon taʼsir ettirilsa, juda kuchli oksidlovchi Rubidiy ozonid RbO3 hosil boʻladi. Rubidiy 300°da grafit bilan qizdirilganida RbCg va RbC]6 tarkibli Rubidiy grafitidlar kelib chiqadi.

Rubidiy, asosan, kunduzgi lampalar ishlab chiqarishda, vakuum texnikasida (gazyutgich) va boshqa soxalarda ishlatiladi, ionli raketalar uchun seziy kabi kelajagi porloq "yonilgʻi" hisoblanadi.[1]

Rubidiy - unsurlar davriy jadvalining 37 unsuri, metall.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil