Uran (kimyoviy unsur)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Uran (unsur)dan yoʻnaltirildi)
92
Уран
U
238,0289
5f36d17s2
Uran rudalari

Uran (lotincha: Uranium) — kulrang tusli metall. Uning 3 ta allotropik modifikatsiyasi maʼlum: aU, (3U, yU. Uran (kimyoviy unsur)ning suyuqlanish temperaturasi 1132°, qaynash temperaturasi 3818°, zichligi 19,120 g/sm3. Uran (kimyoviy unsur) inert gazlardan tashqari deyarli hamma elementlar bilan reaksiyaga kirishadi, metallar bilan intermetall birikmalar hosil qiladi. Birikmalarida 2, 3, 4, 5, 6 valentli. Uran ning 6 va qisman 4 valentli birikmalari deyarli barkaror. Uran (kimyoviy unsur) havoda suyet oksidlanadi. 150°da oksidlanish jarayoni tezlashadi. Uran (1U)oksid UO2 asos, Uran (kimyoviy unsur) (U1)oksid UO, amfoter xossalarga ega. UO3 suvda eritilganda diuranat (H2U2O7) va uranat (H2UO4) kislotalar hosil boʻladi. UO3 ishqorlar bilan metall uranatlar hosil qiladi. Uran (kimyoviy unsur) ftor bilan odatdagi trada, boshqa galogenlar bilan esa faqat qizdirilganda birikadi. UO3 ning oʻzi uranil nitratni qizdirib, UO2 esa UO3 ni vodorod bilan qaytarib olinadi. UO2 ni metall holdagi Uran (kimyoviy unsur) bilan qizdirib, uran (P)oksid UO, UO2 ga vodorod peroksid taʼsir ettirib, uran peroksid UO42H2O xreil qilinadi.

Uran (kimyoviy unsur) rudalarini boyitishda gidrometallurgiya usullari qoʻllanadi. Koʻpincha Uran (kimyoviy unsur) rudasiga koʻp miqdorda sulfat yoki nitrat kislota yoxud ularning aralashmasidan qoʻshib, Uranni eritmaga oʻtkaziladi. Eritmaga aminlar va alkilfosfatlar qoʻshib, Uran (kimyoviy unsur) ekstraksiya yoki ion almashtirish yoʻli bilan yot jinslardan ajratib boyitiladi. Soʻngra boyitilgan eritmalardan ammoniy diuranat (NH4),U2O7 yoki natriy diuranat Na2U2O7 yoxud uran (IV)gidroksid U(OH)4 holida choʻktiriladi. Bu choʻkmalar Uran (kimyoviy unsur) birikmalarini xreil qilishda dastlabki modda sifatida ishlatiladi.

Uran (kimyoviy unsur) yadro reaktorlarida asosiy yoqilgʻi sifatida qoʻllanadi. Uran tuzlari fotografiyada, analitik kimyo’da, shisha tayyorlashda (shishani sariqyashil tusli qilishda) va yuqori traga chidamli sirlar uchun boʻyagich modda sifatida ishlatiladi.

Odam, hayvon va oʻsimlik toʻqimalarida juda oz (10"s—10"8%) miqdorda, oʻsimlik kulida 1,510~5%, baʼzi bir qoʻziqorin va suvoʻtlarda koʻproq Uran boʻladi. Uran (kimyoviy unsur) odam va hayvon organizmiga — oshqozonga suv va ovqatdan, nafasga havodan va teri orqali kiradi. Uran (kimyoviy unsur) qonda uzoq vaqt aylanmaydi. Odam va hayvon organizmida Uran (kimyoviy unsur) miqdori 10"7 g dan oshmaydi. Uran (kimyoviy unsur) xayvon va oʻsimlikning normal hayot faoliyati uchun zarur element qisoblanadi, lekin uning fiziologik funksiyasi yaxshi anik,lanmagan. Uran (kimyoviy unsur)ni qazib olishda va ishlov berishda undan zaharlanish mumkin. Uran (kimyoviy unsur) organizmga kirganida barcha organ va toʻqimalarga taʼsir etadi. Zaharlanshdan saqlanish uchun germetik qurilmalardan foydalanish, havo va suvni toza tutish, ishchilarni tibbiy nazoratdan oʻtkazib turish va gigiyena qoidalariga rioya qilish kerak.