Ksenon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ksenon / Xenon (Xe)
Atom raqami 54
Koʻrinishi Ksenon undan elektr toki oʻtkazilganda shuʻlalanadi
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
131,29 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi n/a pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
1 170,0 (12,13) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Kr] 4d10 5s2 5p6
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 131 pm
Ion radiusi n/a pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
0,0
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi 7
Termodinamik xossalari
Zichlik 3,52 (-109 °C da) g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 0,158 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 0,0057 Vt/(m·K)
Erish harorati 161,3 K
Erish issiqligi n/a kJ/mol
Qaynash harorati 166,1 K
Qaynash issiqligi 12,65 kJ/mol
Molyar hajm 42,9 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi kubik
markazlashgan
Panjara davri 6,200 Å
Panjara/atom nisbati n/a
Debye harorati n/a K

Ksenon (yun. xenos — begona, lot. Xsepop), Xe — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 53, atom massasi 131,29. Inert gazlar jumlasidan. Havodan ajratib olingan tabiiy Ksenon 9 ta izotopdan iborat: i24Xe (hajmi jihatidan 0,096%), l26Xe(0,090%), 128Xe(1,92%), 129Xe(26,44%), 13OXe(4,O8%), |3|Xe(21,18%), 132Xe(26,89%), |34Xe(10,44%), |36Xe(8,87%). Uran minerallaridan ajratib olingan. Ksenonning izotop tarkibi bundan farq qiladi, chunki 235U va 238U boʻlinganda radioaktiv izotoplar hosil boʻladi. Yadroviy portlashlarda ham shu hodisa kuzatiladi. Poling boʻyicha elektromanfiyligi 2,6; at. radiusi 0,218 nm. Ksenon hajm jihatidan atmosferaning 0,86-10~5%ni tashkil etadi. Fazoda juda siyrak tarqalgan (7,7108 atom geliyga 1 atom Ksenon toʻgʻri keladi). Ksenon — bir atomli rangsiz va hidsiz gaz. Qaynash temperaturasi 165,05K; qattiq holatdagi Ksenonning zichligi 2,700 g/sm³ (133K), suyuq holatdagi Ksenonniki 2,987 g/sm³ (165K), gaz holatdagi Ksenonniki 5,85 kg/m³ (273K, 0,1 MPa). Ksenon faqat ftor bilan bevosita birikadi va Ksenon ftoridlari (XeF2 XeF4 va XeF6) hosil qiladi. Ksenonning boshqa birikmalari bilvosita usullar yordamida Ksenon ftoridlardan olinadi.

Ksenon (Sh)-oksid, XeO, — oddiy sharoitda rangsiz kristall modda. Suvli eritmalarda oksidlovchi, koʻpgiva organik moddalarni parchalab SO2 ajratib chiqaradi. Kristall holatdagi XeO3 — portlovchi modda. 30 mg dan ortiq miqdorda oʻz-oʻzidan portlaydi. XeO3dantashqari Ksenon (1U)-oksid, XeO4 (suyuqlanish temperaturasi — 35,8°, oddiy sharoitda oson parchalanadi) ham maʼlum.

Ksenon sanoatda havodan olinadi. Uni kripton-ksenonli konsentratdan ajratib olish ham mumkin. Elektrovakuum texnikasida, gaz yorugʻlik lampalari, kuchli gazrazryadli- va impulsli yorugʻlik manbalarini radiografiya va tibbiyot diagnostikasida, shuningdek, vakuum qurilmalaridagi yoriqlarni aniqlashda qoʻllaniladi.[1]

Ksenon - unsurlar davriy jadvalining 54 unsuri, inert gaz.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil