Ittriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
39
Ittriy
Y
88,9058
4d15s2
Ittriy / Yttrium (Y)
Atom raqami 39
Koʻrinishi Kumus rangli, yumshoq, kimyoviy faol metall
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
88,90585 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi 178 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
615,4 (6,38) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Kr] 4d1 5s2
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 162 pm
Ion radiusi (+3e) 89,3 pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
1,22
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi 3
Termodinamik xossalari
Zichlik 4,47 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 0,284 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik (17,2) Vt/(m·K)
Erish harorati 1795 K
Erish issiqligi 11,5 kJ/mol
Qaynash harorati 3 611 K
Qaynash issiqligi 367 kJ/mol
Molyar hajm 19,8 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi geksagonal
Panjara davri 3,650 Å
Panjara/atom nisbati 1,571
Debye harorati n/a K

Ittriy (lotincha: Yttrium), Y — Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 39, atom massasi 88,9059. Tabiiy Ittriy ning bitta barkaror izotopi 39Y maʼlum. Yer poʻstida massa jihatidan 2,0-10~3%, dengiz suvida 3-10~4 mg/l Ittriy bor. Ittriy boshqa nodir metallar bilan birgalikda ksenotim, fergyusonit, evksenit, gadolinit va b. minerallar tarkibida uchraydi. Ittriy — oqish kumushrang metall. Zichligi 4,45 g/sm3. Suyuqlanish temperaturasi 1528°, qaynash temperaturasi 3320° atrofida. Brinell boʻyicha kattikligi 628 MPa, unga mexanik ishlov berish oson. Ittriy havoda yupqa mustahkam oksid parda bilan qoplanadi. Metall holdagi Ittriy ilk bor Ittriy Vyoler tomonidan 1828 yilda ajratib olingan. Ittriy qaynoq suvda havo kislorodi taʼsirida sekin oksidlanadi, mineral kislotalar bilan oson (ftorid kislotadan tashqari) reaksiyaga kiri-shadi. Quyida Ittriyning eng muhim birikmalari haqida maʼlumot keltirilgan.

Ittriy (Sh)-o ks id. Y2O3 — rangsiz kris-tallar. Suyuqlanish temperaturasi 2430°, qaynash temperaturasi 4300° atrofida; zichligi 4,85 g/sm3. Suvda erimaydi, mineral kislotalarda yaxshi eriydi. Ittriy ning nitrat, oksalat, karbonat va b. tuzlarini 800—1000° da parchalash usuli bilan olinadi. Ittriy (Sh)toksid maxsus optik shi-shalar, issiqbardosh, oʻta oʻtkazuvchan va shaffof keramik mahsulotlar, lyuminoforlar, ittriy-temir va b. ittriyli granatlar olishda qoʻllaniladi.

Ittriy (Sh)-ftori d — rangsiz kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 1155°, qaynash temperaturasi 2230°; kristallogidratlar hosil qiladi. Metallotermik usulda Ittriy olish uchun ishlatiladi.

Ittriy (Sh)-xlorid — rangsiz, gigroskopik kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 721°, qaynash temperaturasi 1482°; zichligi 2,8 g/sm3. Suvda yaxshi eriydi; kristallogidratlar hosil qiladi. Metallotermik usulda sof Ittriy olishda ishlatiladi.

Ittriy poʻlat va choʻyanlarga legirlovchi, issiqqa chidamliligini oshiruvchi qoʻshimcha sifatida, qiyin eriydigan, lyuminofor va lazer materiallar olishda qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil