Oksidlanish darajasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oksidlanish darajasi - oksidlanish, qaytarilish, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida atomning elektrostatik zaryadi qiymati.

Oksidlanish darajasi, oksidlanish soni — oksidlanish reaksiyalarini talqin qilishda valentlik oʻrnida ishlatiladigan tushuncha. Kimyoviy birikmani batamom ionli tuzilishga ega deb faraz qilinsa, uning tarkibidagi biror elementning shartli zaryadi shu elementning oksidlanish darajasi deb ataladi. Elementlarning Oksidlanish darajasini aniklashda doim kislorodning Oksidlanish darajasini —2, vodorodnikini +1 deb qabul qilinadi. Metall ionlarining Oksidlanish darajasi ularning zaryadiga teng deb olinadi. Mas, suv N2O da vodorodning O.D.+1, kislorodniki —2 dir. Kaliy yodid KJ da kaliyning Oksidlanish darajasi +1, yodniki —1 dir. Erkin elementlarning Oksidlanish darajasi O ga teng qabul qilingan. Har qanday molekula tarkibidagi barcha atomlarning Oksidlanish darajasi yigʻindisy 0 ga teng. Mas, xromat kislotada (N2SgO4) xrom atomining Oksidlanish darajasi (+1)2+x+(—2)-4=0, bundan x=+6. Shu yoʻl bilan H2SO4 da SHHHr Oksidlanish darajasi +6, KMpO4 da Mp ning Oksidlanish darajasi +7 ga tengligini aniklash mumkin. Kimyoviy birikmalarda atomlarning Oksidlanish darajasi musbat (+), manfiy (—), 0 va hatto kasr songa teng boʻlishi mumkin. S2N2 da uglerod (S)ning Oksidlanish darajasi — 1 ga, KJNi(CN)4]fl a nikel Ni ning Oksidlanish darajasi 0 ga teng. Koʻpchilik hollarda molekula tarkibidagi atomlarning Oksidlanish darajasi ularning valentliklariga, yaʼni ayni element hosil qiladigan haqiqiy bogʻlanishlar soniga teng boʻlmaydi. Organik birikmalarda uglerodning valentligi 4 ga teng, lekin Oksidlanish darajasi turli birikmalarda turlicha. Mas, CN4 da uglerodning Oksidlanish darajasi —4 ga, CO2 da +4 ga, CSOC da 0 ga, HCOOH da +2 ga, C2H4 da —2 ga teng.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil