Ftor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ftor(F)
Atom raqami 9
Koʻrinishi Sarg'ish-yashil gaz,
zaharli.
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
18.998403 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi n/a pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
1680.0(17.41) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [He] 2s2 2p5
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 72 pm
Ion radiusi (-1e)133 pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
3.98
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi −1
Termodinamik xossalari
Zichlik (−189 °C da)1.108 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi (F-F) 0.824 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 0.028 Vt/(m·K)
Erish harorati 53.53 K
Erish issiqligi (F-F) 0.51 kJ/mol
Qaynash harorati 85.01 K
Qaynash issiqligi 6.54 (F-F) kJ/mol
Molyar hajm 17.1 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi monoklinli
Panjara davri n/a Å
Panjara/atom nisbati n/a
Debye harorati n/a K

Ftor - unsurlar davriy jadvalining 9 unsuri, gaz, galogen.

Ftor (yun. phthoros — oʻlim, buzilish, lot. Fluorum), F — Mendeleyev davriy sistemasining VII mansub guruhiga kimyoviy element; galogenlarga kiradi. Tartib raqami 9, atom massasi

18,9984. Ftor bir izotop |9Gʻ dan iborat. Shuning uchun Ftor "sof element" xisoblanadi. Ftorning 5 ta radioaktiv izotopi sunʼiy ravishda olingan.

Ftorning dastlab maʼlum boʻlgan birikmasi kaltsiy ftorid SaGʻ2 dir. 1771 yilda shved kimyogari Ftor Sheyele ftorid kislota NGʻ ni oldi. Ftor Amper 1810 yilda ftorid kislotaning xlorid kislotaga oʻxshashligiga asoslanib, xlor kabi yana bir element mavjud, u kashf etilishi kerak degan fikrga keldi. Fransuz kimyogari Ftor Muassan 1886 yilda kaliy ftorid qoʻshilgan suvsiz ftorid kislotani platina idishda — 55° da elektrolizlab ilk bor erkin Ftor olgan.

Ftorning eng muhim minerallari: flyuorit yoki kaltsiy ftorid SaGʻ2 (tarkibida 48,7% Ftorbor) va kriolit Na3AlF6 (tarkibida 54,3% Ftor bor). Ftor birikmalari tabiiy suvda, oʻsimlik va hayvon organizmida uchraydi. Ftor Yer poʻstining massa jihatidan 2,710~2% ini tashkil qiladi.

Ftor och sariq tusli, oʻtkir hidli, zaharli gaz. Nafasni boʻgʻadi. Suyuqlanish trasi — 219,6°, qaynash trasi — 188,1°. Gaz holatdagi Ftorning zichligi 1,693 g/l (0°, 760 mm sim. ust.da). Erkin Ftor 2 atomli molekula — Gʻ2 dan iborat. Ftor birikmalari juda mustahkamligidan, uni kimyoviy usullarda erkin holatda ajratib olib boʻlmaydi. Ftor suv bilan reaksiyaga kirishadi, benzol, xloroform kabi erituvchilarda eriydi. Ftor juda faol element, eng kuchli metallmas, eng kuchli oksidlovchi. Ftor kislorod va azotdan boshqa barcha elementlar bilan makbul reaksion sharoitda bevosita birikadi. Ftor vodorod bilan hatto qattiq holatda (—250°da) ham shiddatli reaksiyaga kirishib vodorod ftorid NGʻ hosil kiladi. Uning bilvosita usulda olingan kislorodli birikmasi Gʻ2O zaharli gaz. Ftor platina, oltin va b. asl metallarga ularning choʻgʻ holatida taʼsir etadi. Qoʻrgʻoshin, nikel va misning sirti Ftor atmosferasida 100°dayoq shu metallar ftoridlari qavati bilan qoplanadi va bu qavat metallni Ftorning keyingi taʼsiridan sakdaydi. Ftor oʻz birikmalarida — 1 valentli.

Flyuorit CaF2 Ftor ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo hisoblanadi. Unga 130° da sulfat kislota taʼsir ettirib vodorod ftorid olinadi. Sof holdagi Ftor olish uchun KFHF yoki KF2HF tarkibli tuzlarning elektrolizidan foydalaniladi.

Olingan Ftorning asosiy qismi ftororganik birikmalar (freon CF2C12, vinil ftorid CH2=CHF) tayyorlash uchun sarflanadi. Suyuq Ftor raketalarda ishlatiladigan suyuq yonilgʻilar uchun oksidlovchi sifatida qoʻllanadi. Gazsimon Ftor atom texnikasida uran (IV)ftoridni oksidlab uran ^1)ftoridga aylantirish uchun ketadi. Ftor, shuningdek, xlor ftorid C1F3 (bu modda suyuq raketa yonilgi uchun oksidlovchi sifatida ishlatiladi), kobalt, kumush, marganets, surma kabi metallarning ftoridlarini tayyorlashda qoʻllanadi (bu ftoridlar ftorlovchi vosita sifatida ishlatiladi). Odam organizmida massa jihatidan 110~5% Ftor bor. Bir sutkada organizmga ovqat orqali 1 mg ga yaqin miqdorda Ftor kiradi. U barcha organ va toʻqimalar tarkibida boʻladi, lekin uning asosiy qismi — 99,4%i qattiq toʻqimalar (suyaklar, tishlar, soch)da toʻplanadi.

Ftor — zaharli, u nafas yoʻllari, oʻpka va markaziy nerv sistemasi va b. organlar (yurak, koʻz)ga salbiy taʼsir etadi. Ftor teriga tekkanda suv bilan yaxshilab yuvish kerak. Ftor oʻtga chidamsiz, portlaydi. Shu sababli Ftor bilan ishlaganda ehtiyoj choralariga rioya qilish talab etiladi.

Adabiyot[tahrir]

  • Kasimova Ftor S, Biogennie elementi, Ftor, 1990; Parpiyev FtorFtor Rahimov FtorFtor, Muftahov FtorFtor, Anorganikkimyo,. Ftor, 2003.
  • Stalina Qosimova. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.