Inert gazlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Inert gazlar (lotincha: iners – faoliyatsiz), asl gazlar, nodir gazlar – Mendeleyev davriy sistemasining 9-guruhiga mansub kimyoviy elementlar: geliy He (tartib raqami 2), neon Ne (10), argon Ag (18), kripton Kg (36), ksenon Xe (54) va radon Rn (86). Bulardan faqat radon radioaktiv element, barqaror izotopi yoʻq. I. g . atomlarining tashqi elektron qavati (geliyda 2 ta, qolgan I. g . da 8 ta elektron bor) mustahkamligidan ular kimyoviy jihatdan nihoyatda sust (I. g . nomi shundan olingan). 1868-yilda fransuz J. Jansen va ingliz N. Lokyer quyosh spektridan birinchi inert gaz – geliyni topishgan. 1892—1908-yilda boshqa I. g . kashf qilindi. I. g . ning molekulalari bir atomli. Barcha I. g . rangsiz va xidsiz boʻladi. I. g . havoda (1 m3 havoda 9,4 l), suvda, baʼzi mineral va togʻ jinslarida bor. Geliy yer osti gazlari va mineral manbalar gazlari tarkibida uchraydi. Radon uran va radiyning radioaktiv preparatlaridan, boshqa I. g . esa havodan ajratib olinadi. Tashki elektron qavati toʻla (8 ta elektron) boʻlgani uchun I. g . ni qattiq yoki suyuk holatda olish juda qiyin. Uzoq vaqtgacha I. g . ning birikmalarini olish mumkin boʻlmadi. 1962-yilda kanadalik olim N. Barlett Xe bilan PtF3 birikmasini qoʻshib, I. g . kimyoviy reaksiyalarga mutlaqo kirishmaydi, degan fikrlarga chek qoʻydi. Hozirgi vaqtda I. g . ning juda koʻp kimyoviy birikmalari olingan. Birikmalardagi I. g . ning oksidlanish darajalari +1, +2, +4, +6 va +8 ga teng . I. g .ftor, ftorli birikmalar bilan birika oladi. Ularning oksidlari (XeO3, XeO4), oksigalogenidlari olingan. Geliydan tashqari barcha I. g . suv va fenol bilan birikmalar hosil kila oladi. Radio va elektronika sanoatida, shuningdek, lyuminessent va axborot lampalarini, havo sharlarini toʻldirishda ishlatiladi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil