Ameritsiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ameritsiy (Americium), Am — sun’iy yo‘l bilan olingan radioaktiv ki-myoviy element, aktinoidlarga kiradi; tartib raqami 95. Barqaror izotopla-ri yo‘q.Plutoniy (239Ri) ni neytronlar bilan nurlantirib, sintez qilingan (1944 y. oxiri — 1945 y. boshlarida). Lantanoidlar qatorida lantandan key-in 6-o‘rinda turadigan element yevropiy deb atalganidek, aktinoidlar qatorida aktiniydan keyin 6-o‘rinda turadigan Ameritsiy ga ham "Amerika" so‘zidan olinib, Ameritsiynomi berilgan. Massasining soni 237 dan 246 gacha bo‘lgan izotoplari ma’-lum, ular a-nurlanuvchilardir. Eng uzoq, yashaydigan izotoplaridan 241Ap1 va 243At (yarim parchalanish davri T’=2 — 7370 y.) o‘zidan a-nurlar chiqarib turadi (a-nurlanish u-nurlanish ishtirokida boradi). Elementar Ameritsiy- kumush rang me-tall, suyuqlanish temperaturasi 995°, qaynash temperaturasi 2607°. A va uning qattiq birik-malari o‘zidan a-nurlar chikarib turadigan bo‘lgani uchun qorong‘ida yog‘du sochadi. Valentligi birikmalarda 3 dan 6 gacha, eritmalarda ko‘pincha 3. Uch valentli Ameritsiy eritmalari pushti rangli bo‘ladi. Ki-myoviy xossalariga ko‘ra u lantanoidlarga o‘xshash.Kislorod ta’sirida (uning tanqisligida) oksidlanib ameritsiy oksidini AtO, suyultirilgan kislota bilan o‘zaro ta’sirlanib At3Q tuzlarini, gaz holidagi vodorod bilan 50° dayoq reak-siyaga kirishib, digidrid AtN2, trigi-dridni AtN3 hosil qiladi. Ameritsiy kimyosi ustidagi ishlar uning asosan bir izo-topi — "’Am dan foydalanib bajarilgan, qolgan izotoplarini ishlatish uchun kifoya qiladigan miqdorda olish qiyin. 241Am berilliy bilan birga neytron man-balari tayyorlash uchun ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil