Uzlar (qavm)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Uzlar — qad. turkiy qavm. 7—8-asrlarda Yettisuv va Sirdaryoning oʻrta oqimlarida yashab, Turk xokonligi va Qarluqlar davlati tarkibida boʻlishgan. Ularning bir qismi gʻarbga siljib, 8-asrning oxirida Orol dengizining jan.sharqiy hududlariga borib oʻrnashgan va oʻgʻuzlar tasarrufida boʻlib kelgan. Oʻgʻuzlarga tobe boʻlishni xohlamaganlari Orol dengizining shim.sharqiy mintaqalariga (Ili va Emba daryolari oraligʻi) borib oʻrnashgan. 8-asrning 60-yillarida oʻgʻuzlar U.ga hujum qilib, Sirdaryo va Orol dengizi voxalarini egallab, U.ning bir qismini boʻysundirgan. 9-asrning oxiri — 10-asrning boshlarida U. siyosiy hayotga faol aralashib ketgan. U. qaqidagi maʼlumotlar 10-asrning arab geofafi Masʼudiy, 11-asr arman tarixchisi Matvey Edisskiyning asarlarida tilga olingan. U. Kaspiy dengizining shim.da yashovchi xazarlar bilan ittifoq boʻlib, Volga va Ural daryolari oraligʻida joylashgan bijanaklar va qangʻlilarga hujum qilishgan va bu yerlarni bosib olishgan.

U. 11-asrning 30-yillarida Dnepr va Dunay daryolari oraligʻiga borib joylashgan. Bu hududni 1060 y. Rus knyazlari birlashib egallaganlar, natijada U.ning asosiy qismi gʻarbga — "Muqaddas Rim imperiyasi" yerlariga koʻchgan (yunon tarixchilarining maʼlumotlariga kura, U. soni 600 ming kishiga yetgan), kichik bir qismi esa, Kichik Osiyoga, Usmonli turklarga qoʻshilib singib ketgan. Keyinchalik U.ning bir qismi yana ham gʻarbga siljib, Jan. Rus choʻllari orqali Gʻarbiy Yevropa (Yunoniston va Vengriya)ga oʻtib ketganlar. U.ning keyingi avlodlari — gagauzlar hozir ham Moldaviya, Ruminiya va Vengriyada yashaydi. U.ning Jan. Rus choʻllari va Dashti Qipchoqda qolgan guruxlari qipchoqlar tarkibiga kirgan. 15—18-asrlar davomida Dashti Qipchoqdagi U. Oʻzbekiston hududiga kelishgan. Ular oʻtrokdashish jarayonvda oʻz urugʻqabila nomlarini unutib, oʻzbek xalqi tarkibiga singib ketganlar. Kichik bir guruhi esa 20-asrning boshlarigacha oʻzlarining etnik nomlarini sakdab qolganlar. U., asosan, chorvachilik bilan shugʻullangan, keyinchalik dehqonchilik ham ularning mashgʻulotiga aylangan. U.ning avlodlari, asosan, Zarafshon vohasining oʻrta oqimlarida — Payariq tumani (qora uz)da, Navoiy tumani, Nurobod tumanining "Ulus" xoʻjaligida yashaydi. U.ning katta qismi Qarshi choʻlidagi Koʻkdala, Harduri, Taloqtepa, Olatoʻn, Oʻtamali, Sufi, Xushaxali, Moylijar, Shoʻrbozor va boshqa qishloklarda yashaydi.

Adabiyot[tahrir]