Muqaddas Rim imperiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"MUQADDAS RIM IMPERIYASI" - oʻrta asrlardagi imperiya (962—1806). German qiroli Otton I tomonidan Shim. va Oʻrta Italiya (Rim bilan birga) boʻysundirilgach (962 y.), tashkil topgan. "M.R.i." tarkibiga: Chexiya, Burgundiya (Arelat), Niderlandiya, Shveysariya yerlari ham kirgan. Bu imperiya german zodagonlarining manfaatini himoya qilgan va bosqinchilik siyosati olib borgan. "M.R.i." 11 —13-a.larda Rim papalari bilan investitura huquqini olish, Italiyaga xukmronlik qilish uchun kurashganlar. Oʻttiz yillik urush (1618—48)dan keyin imperator hokimiyati nomigagina saqlanib qolgan. Napoleon I ning gʻalabasi tu-fayli "M.R.i." ning bir qismi zabt etilishi va Gʻarbiy Germaniyada bir qancha hududiy oʻzgarishlar qilinishi oxirgi imperator Frans II ni taxtdan voz kechishga majbur qilgan. Shundan soʻng "M.R.i." rasman tugatilgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil