Kichik Osiyo yarim oroli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kichik Osiyodan yoʻnaltirildi)

Kichik Osiyo yarim oroli — Osiyoning gʻarbiy qismidagi yarim orol. Qora, Marmar, Egey va Oʻrta dengizlar hamda ularni birlashtirib turgan boʻgʻozlar bilan chegaralangan. Maydoni 506 ming km². Oʻz. 1000 km dan koʻproq, kengligi 400-600 km. Yarim orolning dengiz boʻyidagi kambar pasttekislikdan tashqari hamma qismi togʻlik. Shim. va janubiy qirgʻoqlari tekis, gʻarbiy qirgʻogʻi notekis, orol koʻp. Yarim orolning katta qismi Kichik Osiyo togʻligidan iborat. K.Kichik Osiyo yarim orolio.ning markaziy qismida chala choʻl landshaftli Anadolu yassitogʻligi joylashgan. Eng baland joyi — soʻngan Erjiyos vulkani (3916 m). Yarim orolning shimoliy va gʻarbiy qismida zilzilalar boʻlib turadi. Karst relyef shakllari keng tarqalgan. Iqlimi subtropik oʻrta dengiz iqlimi, sharqqa tomon qurgʻoqlashib boradi. Yillik yogʻin chekka qismidagi togʻlarda 1000-3000 mm, ichki rayonlarda 200-500 mm. Daryolari kamsuv, qishda toʻlibroq oqadi. Oqmas koʻl va shoʻrxok koʻp. Chala choʻl va dasht oʻsimliklari oʻsadi, oʻrmonlar uchraydi. K.Kichik Osiyo yarim orolida Turkiya hududining katta qismi joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil