Tojikiston Sovet Sotsialistik Respublikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tojik SSRdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Tojikiston Sovet Sotsialistik Respublikasi
Таджикская Советская Социалистическая Республика
Республикаи Советии Социалистии Тоҷикистон
Sovet Ittifoqi respublikasi (1929–91)
1929–1991
Flag
Bayroq
Gerb
Gerb
Shior
Пролетарҳои ҳамаи мамлакатҳо, як шавед! (Tojikcha)
Proletarhoi hamai mamlakatho, yak shaved! (transliteratsiya )
„Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!“
Madhiya
Гимни Республикаи Советии Сотсиалистии Тоҷикистон
Gimni Respublikai Sovetiji Sotsialistiji Toçikiston
„Tojikiston Sovet Sotsialistik Respublikasi gimni“


Tojikiston SSRning (qizil) Sovet Ittifoqida joylashuvi
Poytaxti Dushanbea
Til(lar)i Rasmiy tillar:
Tojik  • Rus
Ozchiliklar tillari:
Oʻzbek
Etnoxoronimi Tojik
Sovet
Hukumati Stalinist bir partiyali totalitar diktatura (1929–1953)
Unitar Marksist-Leninist bir partiyali sovet sotsialistik respublika (1953–1990)
Unitar prezidentlik respublika (1990–1991)
Birinchi kotib
 •  1929–1933 Mirza Davud Huseynov
 •  1985–1991 Qahhor Mahkamov
Hukumat boshchisi
 •  1929–1933 Abdurrahim Hojibayev
 •  1986–1991 Izatullo Xayoyev
Tarixi XX asr
 •  Ittifoqdosh respublika eʼlon qilingan 5-dekabr 1929
 •  Nomi qabul qilingan 5-dekabr 1936-yil
 •  Dushanbedagi milliy nizo 12-fevral 1990-yil
 •  Suverenitet eʼlon qilingan 24-avgust 1990-yil
 •  Tojikiston Respublikasi deb qayta nomlangan 31-avgust 1991-yil
 •  Mustaqillik eʼlon qilingan 9-sentabr 1991-yil
 •  Mustaqillik tan olingan 26-dekabr 1991
Maydoni
 •  1989-yil 143100 km²
Aholisi
 •  1989-yil (tax.) 5 112 000 
     Zichlik 35.723270440252 km²
Pul birligi Sovet rubli (SUR)
Telefon kodi +7 377/379
Oldingisi
Keyingisi
Tojikiston ASSR
Tojikiston
a. 1929–1961-yillar oraligʻida Stalinobod deb nomlangan.

Tojikiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Tojikiston SSR (toj. Республикаи Советии Социалистии Тоҷикистон; ruscha: Таджикская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Tojikistoni deb yuritiladi.

1924-yil 14-oktabrda milliy davlat chegaralanishi natijasida Oʻzbekiston SSR tarkibida Tojikiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilgan. Avtonom respublika 1929-yil 16-oktabrda Tojikiston SSRga aylantirilgan. Tojikiston SSR 1929-yil 5-dekabrda Sovet Ittifoqi tarkibiga toʻliq ittifoqdosh respublika sifatida kirgan.

Tojikiston SSR poytaxti Dushanbe shahri boʻlgan. Respublika 45 rayonga boʻlingan, 19 shahar, 49 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.[1]

1990-yilning 24-avgustida Tojikiston SSR suverenitet eʼlon qildi. 1991-yil 31-avgust kuni respublika nomi Tojikiston Respublikasiga oʻzgartirildi. 1991-yilning 9-sentabriga kelib respublika oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Tojikiston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.

Tarixi[tahrir]

Tojikiston SSR hududida sinfiy jamiyat miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmida paydo boʻlgan. 6–4-asrlarda Axomaniylar davlati, soʻngra makedoniyalik Iskandar qoʻl ostida boʻlgan. Tojikiston SSR 9–10-asrlarda Tohiriylar va Somoniylar davlatlari tarkibida boʻlgan kezlarda tojik elati tarkib topa boshlagan. 10–13-asrlarda Gʻaznaviylar, Qoraxoniylar davlatlari tarkibida boʻlgan. 14-asrning 2-yarmidan Tojikiston SSR Temuriylar davlati, 16-asrdan Buxoro xonligi qoʻl ostida boʻlgan.

Tojikiston SSRning Zarafshon togʻlarida yosh pionerlar

1868-yili Tojikiston SSRning shimoliy qismini Rossiya egallab olgan, janubiy qismi esa Rossiyaga vassal qaramlikdagi Buxoro xonligi tarkibida qolgan.

20-asr boshida ilk sotsialist-demokratik toʻgaraklar paydo boʻlgan. Tojikiston SSR shimolida Sovet hokimiyati 1917-yil noyabr – 1918-yil fevralida oʻrnatilib, hududi Turkiston ASSR tarkibida boʻlgan. Buxorodagi Xalq inqilobidan keyin Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilgan.

1924-yil 14-oktabrda milliy davlat chegaralanishi natijasida Oʻzbekiston SSR tarkibida Tojikiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilgan. Avtonom respublika 1929-yil 16-oktabrda Tojikiston SSRga aylantirilgan. Tojikiston SSR 1929-yil 5-dekabrda Sovet Ittifoqi tarkibiga toʻliq ittifoqdosh respublika sifatida kirgan.

1990-yilning 24-avgustida Tojikiston SSR suverenitet eʼlon qildi. 1991-yil 31-avgust kuni respublika nomi Tojikiston Respublikasiga oʻzgartirildi. 1991-yilning 9-sentabriga kelib respublika oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Tojikiston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.

Manbalar[tahrir]

  1. "Tojikiston SSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 2. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 274. 5-89890-018-7. 

Havolalar[tahrir]