Kontent qismiga oʻtish

Simob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
80
Ртуть
Hg
200,592
4f145d106s2

Simob (lot. Hydrargurum), Hg — Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub 6 davrda kimyoviy unsur; tartib raqami 80, atom massasi 200,59. Tabiiy Simob massa sonlari 196, 198—202 va 204 ga teng boʻlgan 7 ta barqaror izotopdan iborat; bulardan eng koʻp tarqalganlari 2(l0Hg(23,13%) bilan 2O2Hg (29,8%). Simobning sunʼiy radioaktiv izotoplaridan 2()3Hg(T1/2=46,9 kun) va 205Hg (T|/2=5,5 min) amaliy ahamiyatga ega. Simob juda qadimdan maʼlum. Yer poʻstining massa jihatdan 710"6% ini tashkil etadi. Tabiatda baʼzan tugʻma holda uchraydi, asosan, birikmalar holida boʻladi. Simobning asosiy minerali — kino var HgS. Undan tashqari, Simobning 30 ga yaqin minerallari mavjud. Ispaniya, Kavkaz, Ukraina, Oʻrta Osiyo, Italiya va AQShda Simob konlari bor. Simob — odatdagi trada yaltiroq, kumush rang suyuq metall, zichligi 13,52 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi —38,97°, qaynash temperaturasi 357,25°. Simob oʻzida boshqa metallar (mas, natriy, kaliy, kumush, oltinni eritib, oʻsha metallarning amalgamasini hosil qiladi. Oʻz birikmalarida 1 yoki 2 valentli. Kimyoviy jihatdan turgʻun modda. Asl metallar singari quruq havoda oksidlanmaydi; Simob kislorod bilan faqat yuqori trada reaksiyaga kirishadi. Galogenlar va oltingugurt bilan oson birikadi. Xlorid kislotada va suyultirilgan sulfat kislotada erimaydi, lekin zar suvida, nitrat kislotada, qaynoq konsentrlangan sulfat kislotada eriydi. Simobning ionlanish potensiali katta bulganligidan birikmalari beqaror, qizdirilganda parchalanadi. Bir valentli Simob birikmalari qizdirilganida Simobga va 2 valentli Simob birikmalariga parchalanadi; mas, Hg2(NO3)2 <=* Hg+Hg(NO3)2. Simob juda koʻp asboblar (mas, barometr, termometr, yukrri vakuum nasoslari)da, oltin va kumushni rudalardan ajratib olishda, elektrotexnikada, radiotexnikada, portlovchi moddalar, kunduzgi, katod va kvars lampalari, kalomel elektrodlari tayyorlashda, harbiy maqsadlarda ishlatiladi.

Odam va hayvonlar organizmida 10~6% Simob boʻladi. Odam organizmiga bir kechakunduzda oʻrta hisobda ovqat orqali 0,02—0,05 mg Simob oʻtadi. Kishi qonida oʻrta hisobda 0,023 mg/ml, siydikda 0,1—0,2 mkg/ml miqdorida Simob bor. Simob organizmda Si, Sn, Cd, Se mikroelementlarining singishi va almashinuvida yordam beradi. Simob va uning birikmalari zaharli, shuninguchun ishlatishda ehtiyot choralariga rioya qilish zarur. Metall Simobning bugʻlari ayniqsa xavfli. Simob nafas orqali qonga oʻtadi. Qonga oʻtgan Simob undagi oqsillar bilan qoʻshiladi. Simob ning bir qismi jigar, buyrak, taloq va miya toʻqimalarida toʻplanadi. Sdan zaharlarganda vena orqali giposulfitning 20%li eritmasi yuboriladi, markaziy nerv sistemasi faoliyatini normallashtiradigan farmakologik hamda fizioterapevtik vositalar buyuriladi va hokazo. Simob preparatlari antiseptik va siydik haydovchi xususiyatlari tufayli tibbiyotda qoʻllanadi.

Simob birikmalari. Simobning koʻp birikmalari maʼlum. Simob amidlari, mas, [Hg(NH3)2]Cl2NH3HgC! tibbiyotda qoʻllanadi. Simob diatsidodiaminlarining umumiy formulasi [MeA2X2]"~2 boʻlib, kompleks birikmalardan hisoblanadi. Simob dimetil (CH3)2Hg — rangeiz ogʻir suyuqlik, shirin mazaga ega, bugʻi juda zaharli. Oksidlaridan Hg2O — kora tusli kukun va HgO — qizil yoki sariq tusli kristall, peroksidi HgO2 beqaror modda, Simob metilxlorid CH3HgCl — rangeiz kristall modda, organik sintezlarda qoʻllanadi. Simob (1)nitrat HgNO3H2O — rangeiz kristall, suvda, nitrat kislotada eriydi, spirt va efirda erimaydi. Simob (II)bariy yodid Ba(HgI4)5H2O yoki HgI2BaI25H2O sargish kristall, beqaror, gigroskopik, suvda va spirtda eriydi. Mikroanalizda alkaloidlarni anikdashda ishlatiladi. Simob (II) bromid (simob dibromid) HgBr2 — kristall modda, oq kukun, zaharli, suvda, spirt va efirda eriydi. Simob (II) xlorid sulema deyiladi.

Kaldirok, simob Hg(ONC)2 — kristall modda, suvda oz eriydi, ammoniy gidroksidda va spirtda yaxshi eriydi. Qaldiroq kislotaning simobli tuzi, silkitilsa portlaydi, shu bois undan detonator sifatida foydalaniladi. Simob (P)kaliy yodid K2[HgI2]3H2O — sariq kristall, gigroskopik, suvda eriydi, kimyoviy analizlar va tibbiyotda qoʻllanadi.

Simob (1)yodid Hg,l2 yoki Hgl, sargʻishyashil kristall modda (kukun), nur taʼsirida uzgaradi, suvda va spirtda erimaydi. Simob (P)yodid Hgl2 ham mavjud, 2 shakli bor: tetragonal shakllisi qizil rangga ega, 170°da sargʻayadi, sovutilsa yana qizaradi; romb shakllisi sariq rangli kristall, suvda erimaydi, kaliy yodidda eriydi, zaharli. Simob (II) kumush yodid HgAgI, sariq mayda kukun, suvda erimaydi. Simob (P)sulfat HgSO4, Simob (P)sulfit HgSO3, Simob (1)sulfat Hg2SO4 Simob (P)atsetet Hg(C2H4O2)r Simob (II)xromat Hg2CrO4. Simob (P)sianid Hg(CN)2, Simob (N)sianat Hg(ONC)2 va boshqa birikmalar kimyo sanoatida, tibbiyotda, fotografiyada va boshqa sohalarda qoʻllanadi.

  • Axmerov K,., Jalilov Simob, Sayfutdinov Simob S, Umumiy va anorganik kimyo, Simob, 2003.
  • Qudrat Axmerov. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000.