Valentlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Valentlik (lotincha: valentia — „kuch“) — maʼlum element atomining boshqa element atomi bilan kimyoviy bogʻ hosil qilib birlashish yoki almashish xususiyati. Valentlik tushunchasini fanga 1852-yilda Edward Frankland kiritdi. Rus kimyogari A. M. Butlerov kimyoviy tuzilish nazariyasini kashf qilishida valentlik muhim rol oʻynadi. Dmitriy Mendeleyev elementlarning davriy sistemadagi oʻrni bilan valentlik Oʻrtasida bogʻlanish borligini isbotladi hamda oʻzgaruvchan valentlik tushunchasini kiritdi. 1897-yil elektronlar ochilishi bilan valentlikning elektron nazariyasiga asos solishga harakat qilindi (ingliz fizigi J. J. Thomson). Nemis fizigi valentlik Kossel nazariyasiga (1916) muvofiq, elementlar yoki elementlar guruhi oʻzaro birikkanda bittasi elektron beradi, ikkinchisi esa bu elektronni qabul qilib oladi. Berilgan elektron soniga qarab musbat valentlik, qabul qilib olingan elektron soniga qarab manfiy valentlik deb aytiladi. Shunga koʻra, natriy musbat bir, xlor esa manfiy bir valentlikka ega. Lekin elementlar kovalent bogʻ hosil qilib birikkanda elektron bermaydi va biriktirmaydi. Amerikalik fizik-kimyogar Gilbert N. Lewis nazariyasi boʻyicha valentlik element atomlari elektron jufti — kovalent bogʻ hosil qilish uchun bergan elektronlar soniga teng . Valentlik Kossel va Gilbert N. Lewis nazariyalari valentlik mohiyatini toʻla ochib bermadi. Atomning kvant mexanikasi nazariyasi yuzaga kelgach (1926), valentlikning mohiyati oydinlashdi. Bu nazariyaga muvofiq, valentlik juftlanmagan (yakka) elektronlar soniga teng . Masalan, ishqoriy metallar atomining tashqi elektron qavatida bitta elektron bor. Shunga koʻra ular bir valentlikdir. Baʼzi atomlarda juftlanmagan elektronlar reaksiya jarayonida hosil boʻladi. Masalan, uglerod atomining tashqi qavatida juftlanmagan ikkita elektron bor. Reaksiya paytida juftlangan ikki elektron yakkalashib, juftlanmagan ikkita elektron beradi. Shunday qilib, juftlanmagan elektronlar soni toʻrttaga yetadi. Baʼzan atomlar taʼsirlanib boshqa valent holatiga oʻtishi, bitta elektronni boshqa atomga berishi yoki boshqa bir atomning elektronini biriktirib olishi mumkin.togri hammasi kotini qisib oqi


Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil