Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
(Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufdan yoʻnaltirildi)
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
![]() | |||||||||
| |||||||||
Shaxsiy maʼlumotlari | |||||||||
Tavalludi |
15-aprel 1952-yil Andijon, OʻzSSR, SSSR | ||||||||
Vafoti |
10-mart 2015-yil (62 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston | ||||||||
Fuqaroligi |
OʻzSSR![]() | ||||||||
Otasi | Muhammad Yusuf ibn Muhammad Ali | ||||||||
Kasbi | qori, tarjimon | ||||||||
Dini | Islom | ||||||||
Mukofotlari |
![]() |
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ibn Muhammad Ali (1952-2015) Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasining muftiysi (1989-1993). Islom ulamolari millatlararo ittifoqining aʼzosi.
Biografiyasi
- 1952-yil 15-aprelda Andijon viloyati Asaka tumani, Niyozbotir qishlogʻida tugʻilgan.
- 1970-yilda Buxorodagi Mir Arab madrasasiga oʻqishga qabul qilindi. Keyinchalik Toshkent islom institutida tahsil olib, 1975-yilda tamomladi.
- 1976-yilda Liviyadagi Islom universitetiga qabul qilindi va 1980-yilda tamomladi.
- 1980-1986 yillarda Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi xalqaro aloqalar boʻlimi xodimi va Toshkent islom instituti oʻqituvchisi boʻlgan.
- 1986-1989 - Toshkent islom instituti rektori.
- 1989-1993 - Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, Oliy Sovet deputati.
- 1993-2001 - Liviyadagi Islom universiteti oʻqituvchisi.
- 2001-2015 - Oʻzbekiston musulmonlari idorasi ulamolar kengashi aʼzosi.
- 2015-yil 10-mart kuni yurak infarktidan vafot etdi.[2][3]
Xotirasi
- Shayxni kuzatish marosimi Toshkent shahrining Koʻkcha dahasi Shayx Zayniddin jomeʼ masjidida oʻtkazildi. Janoza marosimiga Oʻzbekistonning turli viloyatlari va boshqa mamlakatlardan tashrif qilgan taxminan 250000 kishi ishtirok etgan.[4].
- Koreya Respublikasining Kojedo shahrida uning nomiga masjid qurilgan[5].
- Checheniston poytaxti Grozniydagi ko'chalardan biriga uning nomi berilgan[6]
- Qozogʻistonning Chimkent shahrida uning nomiga masjid qurilgan[7].
- Moskva viloyati Balashixa tumanida shayx nomi bilan ayollar va erkaklar madrasasi tashkil etilgan[8]
- Toshkent shahrining Chilonzor tumanida uning nomi bilan masjid qurilgan.
- Islomga bagʻishlangan umr xujjatli film
Kitoblari
- Asosiy maqola: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf kitoblari roʻyxati.
Manbalar
- ↑ Жизнь муфтиев Бабахановых: служение возрождению Ислама в Советском Союзе
- ↑ „Скончался шейх Мухаммад Садык Мухаммад Юсуф“ (deadlink). UZ24 (10-mart 2015-yil). 13-mart 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-mart 2015-yil.
- ↑ „Дамир Мухетдинов: Аллах взял к Себе великого алима Мухаммада Садыка Мухаммада Юсуфа“ . talks.su (13-mart 2015-yil). Qaraldi: 19-may 2015-yil. [sayt ishlamaydi]
- ↑ Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari „Shayx Zayniddin“ qabristoniga dafn etildi, archived from the original on 2015-03-15, https://web.archive.org/web/20150315095752/http://info.islom.uz/index.php/home/yangiliklar/item/1453-shajkh-muhammad-sodiq-muhammad-yusuf-hazratlari-shajkh-zajniddin-qabristoniga-dafn-etildi, qaraldi: 2015-03-12
- ↑ „Мечеть в Корее назвали в честь шейха Мухаммада Садыка Мухаммада Юсуфа“ . IslamRF.Ru (19-mart 2015-yil). Qaraldi: 6-aprel 2015-yil.
- ↑ „Рамзан Кадыров посвятит узбекскому шейху одну из улиц Грозного“, IslamNews (11-mart 2015-yil). Qaraldi: 12-mart 2015-yil.
- ↑ V Shimkente otkrilas mechet imeni Muxammada Sodika, raximaxuLlax, archived from the original on 2015-05-28, https://web.archive.org/web/20150528173627/http://azan.kz/article/show/id/7664.html, qaraldi: 2019-11-10
- ↑ https://m.kun.uz/news/2019/12/29/moskvada-shayx-muhammad-sodiq-muhammad-yusuf-madrasasi-borligini-bilasizmi-kunuzda-eksklyuziv-suhbat
![]() |
![]() |
Turkum:
- 15-aprelda tugʻilganlar
- 1952-yilda tugʻilganlar
- Kishilar
- Andijonda tugʻilganlar
- 10-martda vafot etganlar
- 2015-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Oʻzbekiston kishilari
- Imomlar
- Islom shaxsiyatlari haqidagi chala maqolalar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar