Grozniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Grozniy, Ivan Grozniy - Rossiya Federatsiyasi dagi shahar (1870 y.dan), Chechen Respublikasi (Ichkeriya) poytaxti (1944 y.dan 1957 y.gacha Grozniy viloyatining markazi). Sunja daryosi (Terek irmogʻi) vodiysida joylashadi. T. y. stansiyasi. Xalqaro aeroport (Xonqalʼa) bor. G. 1818 y.da Grozniy qalʼasi sifatida barpo etilgan. 19-a. oxirida Beslan — Petrovskport (hoz. Maxachqala) t. y. qurilishi va neft sanoatining vujudga kelishi bilan tez oʻsa boshladi. G. neft qazib olish rnining markazi. Sanoati neftni qayta ishlash, neft kimyosi, kimyo, mashinasozlik (neft jihozlari, tibbiy asboblar va b.), oziq-ovqat (konserva, vino, vino-konyak, sut-yogʻ, pivo zavodlari, goʻsht k-ti, makaron, konditer f-kalari va b.) va yengil sanoat korxonalari (tikuvchilik va poyabzal f-kalari)dan iborat boʻlgan. 3 oliy oʻquv yurti (shu jumladan universitet), 3 teatr, oʻlkashunoslik, tasviriy sanʼat muzeylari bor. Rossiya armiyasi va ichki qoʻshinlarining Chechenistonda separatizmga barham berish maqsadida 1995 va 2000 y.larda olib borgan harbiy operatsiyalari natijasida G. butunlay vayron qilib tashlandi. Shu bois G. aholisi keskin kamaydi, 2000 y.da taxminan 70 ming kishi (1992 y.da 387,5 ming kishi edi).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil