Toshkent islom instituti
Toshkent islom instituti (TII) | |
---|---|
![]() | |
Xalqaro nomi | Tashkent Islamic Institute |
Asos solingan | 1971 |
Oʻquv yurti turi | oliy ta'lim muassasasi |
Tipi | islomshunoslik |
Sohasi | diniy |
Rektori | Gafurov U. T. |
Talabalari | 160ta |
Fakultetlar | 1 |
Bakalavriat | 4 yil |
Kampusi | bor |
Manzili | 41, Qorasaroy ko'chasi, Olmazor tumani, Toshkent shahri, |
Vebsayti | buxoriy.uz |
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti — oliy diniy oʻquv yurti. 1969-yil tashkil etilgan. 1971-yil oktabrdan faoliyatini boshlagan. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida. Dinlar tarixi va nazariyasini chuqur egallagan, islom dini asoslarini oʻzlashtirgan, arab tilida soʻzlasha oladigan mutaxassislar tayyorlaydi. Darslar oʻzbek va arab tillarida oʻqitiladi. Ingliz, fors va rus tillari ham oʻrgatiladi. Ittifoqda yagona oliy islom oʻquv yurti boʻlgan, unda Zakavkazye, Shimoliy Kavkaz, SSSRning Yevropa qismi va Sibir, Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi uchun diniy xodimlar tayyorlangan. 2003-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan institutisitut bitiruvchilariga bakalavr diplomi beriladi.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() |