Shaxsiy – siyosiy demakdir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Feminizmning ikkinchi toʻlqini davrida Michigan shtatining Detroit shahridagi marshdan olingan surat. „Shaxsiy – siyosiy demakdir“ bu marsh davomida mashhur shior va hayqiriq sifatida ishlatilgan.

Shaxsiy – siyosiy demakdir (The personal is political yoki The private is political) – 1960-yillarda boshlangan feminizm harakatining shiori sifatida ishlatilgan. 1960–1970-yillardagi feministik harakat oilaviy qadriyatlarga qarshi kurash maqsadida sodir boʻlgan edi. Bu ibora feminist Carol Hanischning 1970-yilda „The Personal Is PoliticalS (haxs siyosatdir“) nomli maqolasida ilk marotaba ishlatgilan[1]. Harakat ishtirokchilari shaharda tartibsizlik keltirib chiqarganligi uchun huquq targʻibot vakillari tomonidan toʻxtatilgan.

Kelib chiqishi va maʼnosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaxsiy – siyosiy demakdir iborasi 1960-yil boʻlib oʻtgan feminizmning ikkinchi toʻlqini harakatining bosh shioriga aylangan. Feminizmning ikkinchi toʻlqin harakatining asosiy maqsadi oilaviy qadriyatlarga qarshi kurashish edi[2]. Harakatda faol qatnashgan ayollar odatiy hayot yaʼni uy bekasi boʻlish, bola tarbiyalash kabi vazifalarni bajarmaslik talabi bilan chiqishgan. Harakatdagi ayollarning oiladagi pozitsiyalariga siyosat jihatdan aralashish zarurligi taʼkidladi. Feminist ayollar oilada erkaklardan ustun boʻlish, jamiyatda oʻz hokimiyatini oʻrnatishga harakat qilishgan[3].

Ayollar uy bekasi va onalik vazifasini bajarishni baxtsiz yumush sifatida tan olishgan. Ammo, „Shaxsiy – siyosiy demakdir“ shiori ayollarning shaxsiy muammolari: masalan, bolalarga gʻamxoʻrlik qilish va ayollarning uydagi yumushlari kabi masalalar va oʻzgarishlarni yaratish uchun ularga siyosiy aralashuv zarurligini anglatadi. „Shaxsiy – siyosiy demakdir“ shiori ilgari tan olinmagan bu munosabatlarda eʼtiborni tortadi. Bu siyosat hatto eng shaxsiy vaziyatlarda va munosabatlarda ham jiddiy masala emasligini anglatadi[3]. Bundan tashqari, shior ayollarning millati, irqi, madaniyati, oilaviy ahvoli va nogironligidan qatʼi nazar oʻziga xoslikka ega ekanligini bildiradi. Bu esa shaxslarni siyosiy va shaxsiy tajriba orttirish haqida oʻylashga undaydi[4].

Feminizmning ikkinchi toʻlqini ushbu shiorni qabul qildi. Chunki bu toʻlqin feministik masalalarni siyosiy darajaga olib keldi. Ayollar oʻz hayotlari ustidan hokimiyatga ega boʻlish va patriarxat tuzoqqa duchor boʻlmagan tanlovlarni amalga oshirish uchun oʻz uy yumushlaridan qutulishga harakat qilishdi. Bu erkaklardek oʻz uylarini toʻliq nazorat qila olmaydigan oilalar dinamikasini oʻzgartirdi va mukammal boʻysunuvchi xotin va ona haqidagi gʻoyalarning yoʻqolishiga olib keldi.

Bu ibora 1969-yilda feminist Carol Hanischning 1970-yilda „The Personal Is Political (Shaxsiy – siyosiy demakdir)“ sarlavhasi ostida nashr etilgan maqolasi bilan mashhur boʻlgan.[5] Biroq u ushbu iboraning muallifi ekanini rad etgan. Chunki u „Bilishimcha, bu Kathie Sarachild maqolaning oʻsha dastlabki toʻplamda chop etilishi mumkin boʻlgan ijodiy ish sifatida ularning eʼtiboriga havola qilgan. Ikkinchi tekshiruv muharrirlari Shulie Firestone va Anne Koedtning yozma malumotlari orqali maqola chop etildi. Kerry Burchning soʻzlariga koʻra, Shulamith Firestone, Robin Morgan va boshqa feministlar bu iborani yaratganliklari uchun mualliflik huquqidan voz kechishgan. Buning oʻrniga, ular ommaviy va shaxsiy suhbatlarda millionlab ayollarni iboraning jamoaviy mualliflari sifatida tilga oladilar“, – deb yozadi Burch.[6] Gloria Steinem iboraning kelib chiqishi „Ikkinchi jahon urushi“ iborasining kelib chiqishiga oʻxshash ekanligini taʼkidlagan.[6]

„Shaxsiy – siyosiy demakdir“ iborasi ayollar ozodlik harakati davrida vujudga kelgan. Ayollar oʻzlarining shaxsiy muammolarini jamoat maydoniga olib chiqishni xohlaganlari uchun turli guruhlar tomonidan kamsitilgan. Erkaklar bu muammolarni shaxsiy va individual hal qilinishi kerak boʻlgan shaxsiy muammolar sifatida qarab, harakatga jiddiy qarshilik koʻrsatishdi[7][5].

„Shaxsiy – siyosiy demakdir“ iborasi feminizmning ikkinchi toʻlqin harakatidan tashqari, radikal feminizmning, ayollar tashviqoti harakati hamda dunyoning boshqa mamlakatlardagi feminizm harakatlarining bosh shioriga aylandi[6].

Carol Hanischning maqolasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nyu-York radikal ayollari aʼzosi, Ozodlik Harakatining koʻzga koʻringan arbobi Carol Hanisch 1969-yilning fevralida Florida shtatining Gainesville shahrida ayollar huquqlarining siyosiy ahamiyatini himoya qiluvchi loyihasini tayyorladi[8]. Janubiy Konferensiya Taʼlim Jamgʻarmasi aʼzosi Dorothy Zellner „Shaxsiy – siyosiy demakdir“ iborasi qoʻllanilgan maqolani feminizmni ochib bergan „Eng yaxshi maqola“ deya atadi. Hanisch oʻsha paytda fondning Nyu-York shahrida joylashgan xodimi boʻlgan va u Amerika janubida ayollarni ozod qilishga bagʻishlangan himoya harakatlarida ishtirok etgan[8]. Hanisch tashqi koʻrinish, abort, bolalarga gʻamxoʻrlik qilish va uy mehnati kabi masalalarni „ahamiyatga ega boʻlmagan shaxsiy masalalar“ degan gʻoyani rad etishga intildi. Bu va boshqa muammolarga qarshi turish uchun u ayollarni oʻz-oʻzini ayblashni yengib oʻtishga, oʻz holatlaridagi muommolarni bir-birlari bilan muhokama qilishga va jamiyatda erkaklar hukmronligiga qarshi jamoaviy kurashishga chorladi[8]. Oʻz maqolasida Hanischning asosiy maqsadi shundan iboratki, ayollarning „terapiya“si haqida baʼzi tanqidchilar taʼkidlaganidek, „politik“ yoki „yechilmagan muommo“ deb eʼtibordan chetda qolmasligi kerak. Aksincha ushbu muommolar chuqur va siyosiy. Chunki ayollar siyosiy tizimni tashkil etishda hayotiga taʼsir qiluvchi muammolarni muhokama qilishlari kerak. U bu masalalarni ayollarning muvaffaqiyatsizliklari yoki oʻzlari bilan bogʻliq muammolar tufayli emas, balki zulmkor tuzum tufayli kelib chiqadigan muammolar sifatida koʻrishni va ushbu muommolarga faqat shaxsiy boʻlib koʻrinishiga qaramasdan haqqoniy munosabatda boʻlish kerakligini taʼkidlaydi[6]. Hanisch maqolasida „Shaxsiy – siyosiy demakdir“ iborasini ishlatmaydi, lekin u shunday yozadi[8]:

Bu guruhlarda biz kashf qilgan ilk narsa – shaxsiy muammolar siyosiy muammolardan biri ekanligidir. Ayni paytda shaxsiy yechimlar yoʻq. Jamoaviy hal qilish uchun faqat jamoaviy harakat mavjud.

Maqola „Notes from the Second Year: Womenʼs Liberation (Ikkinchi yildan eslatmalar: Ayollar ozodligi 1970-yilda)“ nomli kitobida „Shaxsiy – siyosiy demakdir“ sarlavhasi ostida nashr etilgan. Maqola muallifi kitob muharrirlari boʻlgan Shulamith Firestone va Anne Koedtning maqolaga mashhur sarlavhani bergan deb hisoblaydi[8]. Shundan keyin ushbu maqola Radical Feminism: A Documentary Reader (Radikal feminizm: Hujjatli oʻquvchi) kitobida qayta nashr etilgan[9].

Bir nechta maʼnolari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu ibora birinchi marta 1960-yilda yaratilganidan beri bir qancha maʼnolarni ifodalab kelmoqda. Hanischning oʻzi 2006-yilda „Ayolparast radikal feministlar tomonidan yaratilgan koʻpgina nazariyalar singari, ushbu ibora ham qayta koʻrib chiqilgan yoki yoʻq qilinishi mumkin edi. Hatto ushbu iborani feministlar asl, radikal niyatlariga qarshi ishlatgan.“ deb taʼkidlaydi. Feministlar shaxsiyat va siyosat oʻrtasidagi bogʻliqlikni turli yoʻllar bilan izohlashlarini taʼkidlashadi.

  • Feminizmning ikkinchi toʻlqinida paydo boʻlgani ayollarning shaxsiy sohadan cheklanishi oqibatida siyosiy masalaning sodir boʻlishi bilan bogʻliqdir. Baʼzi feministlar uyni zulm joyi sifatida koʻradilar. Chunki ayollarning uy bekasi roliga rioya qilishi va uy vazifalarini bajarishdan boshqa iloji yoʻq edi[10]. Ayollardan kutilgan bu rollar va meʼyorlar (masalan, ayol, yaxshi ona va qoʻllab-quvvatlovchi xotin boʻlish) sotsializatsiya jarayonida erkin boʻlishga toʻsiq boʻladi. Masalan, yosh qizlarga koʻpincha uyda chaqaloqlar sifatida oʻyinchoqlar va pazandalik toʻplamlari beriladi. Bu esa ularni ona boʻlish va uy vazifalarini bajarishga oʻrgatadi. Shuning uchun, baʼzi feministlarning fikriga koʻra, ayollarning uydagi oʻrni va gender meʼyorlari shaxsiyatga bogʻliqligini taʼkidlashadi. Chunki bu gender siyosati va jamiyatning patriarxat tuzilishini ayollarning hayotida qanday oqibatlarga olib kelganligini koʻrsatadi.
  • Ayollar koʻpincha shaxsiy masalalar boʻyicha fikr almashishadi. Misol uchun, abort – bu koʻplab ayollarda kelib chiqadigan muammo boʻlib, ular shaxsiy tajribalarini boshqa ayollar bilan boʻlishadilar[11]. Ayollar oʻrtasida oʻrtoqlashadigan shaxsiy tajribalar ularni jiddiy insonga aylantiradi. Chunki ushbu muommolar patriarxat va gender siyosati tufayli yuzaga kelgan ijtimoiy sharoitlardan kelib chiqadi[12]. Heidi Hartmann xulosa qilganidek: „Radikal feministlarning taʼkidlashicha, ayollarning noroziligi bu notoʻgʻri kelib chiqadigan muommolarning nevrotik asosi emas, balki ayollar muntazam ravishda hukmronlik qiladigan, ekspulatsiya qiladigan va ezilgan ijtimoiy tuzmlarga javobdir“[13]. Shunday qilib, baʼzi feministlar ayollar oʻrtasidagi chegaralarni yoʻq qilish va ularning tajribalarini tushunmasligi tufayli ayollarning beradigan javoblaridan qutulish uchun ularga oʻz xohishiga koʻra ish qilishlariga qoʻyib berish kerakligini taʼkidlaydilar[14].
  • Siyosat faqat ijtimoiy sohada sodir boʻladigan shaxsiy kurashlardan yiroq. Bunday holda ayollarning huquqlari yana chetga suriladi. Siyosat xususiy sohani ham, davlat sohasini ham birlashtiradigan kuchdir. Chunki xususiy sohaga taʼsir qiluvchi masalalar (masalan, bepul kontratsepsiya, teng maosh) ham davlat sohasida amalga oshiriladi. Oddiyroq qilib aytganda, shaxsiy masalalar qonunlar ishlab chiqish va ijro etish bilan bogʻliq. Masalan, xususiy sohada roʻy berganligi sababli oilaviy zoʻravonlik muammosi asosan huquqiy aralashuv kabi jamoat siyosiy maydonidan chetlashtirildi[15]. Goʻyoki, ayollar va uydagi rafiqalar uchun minimal huquqiy himoya mavjud edi. Baʼzi feministlarning fikriga koʻra, ushbu qoidalar shaxsiy va siyosiy vaziyatda oʻzaro bogʻliqlikni koʻrsatishga qaratilgan politsiya uchun vaqtni behuda sarflash vositasidir.
  • Ushbu ibora ayollarning patriarxatdan ozod boʻlishi uchun ularning shaxsiy masalalarini siyosiylashtirish zarurligini taʼkidlash uchun ham ishlatilgan[1].

Taʼsiri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu ibora qoratanli feministlar orasida katta oʻringa ega. Masalan, Kombaxi jamoasining „Qora feministik bayonot“, Audre Lordening „Ustaning asboblari hech qachon ustaning uyini buzib tashlamaydi“ maqolasi va „Bu koʻprik mening uyim“, „Radikalning yozuvlari“ kabi antologiyalarida ushbu maʼlumotar keltirilib oʻtilgan. Shuningdek, Kimberle Krenshou taʼkidlaganidek: „Ilgari izolyatsiya qilingan va individual deb hisoblangan narsalarni ijtimoiy va tizimli deb eʼtirof etish jarayonidamiz. Shuningdek, afroamerikaliklar, boshqa rangli odamlar, geylar va lezbianlarning oʻziga xoslik siyosati ham siyosatimizda alohida oʻringa ega.“[16] Shuning uchun qora feministlar irq, sinf va jins kesishmalari bilan shugʻullanib, „shaxsiy siyosat“ni kengaytirishga harakat qilganlar.[17]

Betty Friedan („Ayollik tasavvufi“ kitobi bilan tanilgan)[18] kabi boshqa mualliflar ham siyosiy dalillardan foydalanganligi va „Shaxsiy – siyosiy demakdir“ shioridan foydalanganligi aytilgan. Betty Friedan ayollarning anʼanaviy vazifalaridan tashqari shaxsiy xohishlarini topish gʻoyasini oʻrganar ekan yangi asosni kashf qildi. Bundan tashqari, Friedan ayollar huquqlari harakatining yanada rivojlanishiga yordam berdi. Chunki u ayollar uchun Milliy tashkilotning asoschilaridan biri edi[19]. Betty Friedan haqida yozuvchi Syuzan Oliver oʻz asarida shunday deydi: "Betty Friedan „Shaxsiy – siyosiy demakdir“ shiorini asarida qoʻllagan."[20] Bunda Oliver Friedanni oʻzining eng mashhur asari soyasidan uzoqlashtirishga harakat qiladi. Bu bilan u bizni muallif faoliyatining ayollar huquqlari harakatiga taʼsirini yaxshiroq tushunishimiz va qadrlashimiz uchun uning shaxsiy hayotini oʻrganishga chorlaydi[21].

„Shaxsiy – siyosiy demakdir“ shiori ostidagi feminizmning ikkinchi toʻlqin harakati orqali Angliyadan quyidagi oʻzgarishlar amalga oshirildi[22]:

  • Abortni qonuniylashtirish (1967-yil)
  • Turmushga chiqqan ayollarning mulkiy aktini qayta koʻrib chiqish (1964-yil)
  • Ayollar ish tashlashida qarshilik qilmaslik (1991-yil)
  • Ayollar ozodlik harakati konferensiyasini oʻtkazish (2003-yil)

Ayollar milliy tashkiloti rahbari boʻlgan Betty Friedan „ Shaxsiy – siyosiy demakdir“ nomli kitobini yozgan.

Shuningdek, ayollarning ish tashlashlari, ayollar noroziliklari (jumladan, 1970-yilda Miss Worldda qarshi norozilikka ham olib kelgan), Ayollar Ozodlik Harakati (WLM) konferentsiyalarini tashkil qilish, koʻcha ayollari uchun turar joylar barpo qilish, jinoiy tahdidning oldini olish uchun tekshiruv markazlari va ayollar kommunallarini oʻrnatish kabi koʻplab siyosiy muommolarni yechish uchun harakatlar olib borildi.[23]

Uchinchi toʻlqin feminizm, postfeminizmida ham „Shaxsiy – siyosiy demakdir“ argumenti oʻzlarining eʼtiqodlarida markaziy oʻrin tutadi. Ikkinchi toʻlqinda faol qoʻllanilgan „Shaxsiy – siyosiy demakdir“ iborasi tezda oʻzining tushuntirish va tahliliy kuchidan uzoqlashib, oddiy ibora sifatida qoʻllanila boshladi. Feminizmda oxir-oqibatda atamalarning birgalikda ishlatilishi oqibatida boshqa atamalar yoʻqolish holatiga kelib qoldi.[24] Shunday qilib, argument zamonaviy feminizmga taʼsir qilishda davom etmoqda.

Uchinchi toʻlqin feministlari feministik qadriyatlar va bayonotlarga tayanib, munosabatlar va anʼanaviy feminizatsiya qobiliyatlarini qayta tiklashga harakat qilishadi va „kundalik feminizm“ga eʼtibor qaratishadi. Ular bunday amaliyotlarga berilgan ahamiyatni oshirib, ularni siyosiy ekanligini ochiqdan-ochiq eʼlon qilishdi. Baʼzilarning fikricha, bu shaxsni siyosat bilan birlashtirishning namunasidir. Ammo bu atamaning maʼnosi bahsli boʻlishi mumkin. Baʼzi ikkinchi toʻlqin feministlarining fikricha, shaxsiy tanlovlarni siyosiy deb eʼlon qilishda siyosiy tuzilmalar „insoniy shaxsiyat“ning qanday shakllantirilishida yetarlicha eʼtibor bermayotganligini anglatadi.[25] Baʼzi feministlarning taʼkidlashicha, shaxsiyni siyosiy sifatida kundalik feministlardek koʻrish ikkinchi toʻlqin feministlari bu atamani qanday qoʻllaganiga eʼtibor bermaslikni anglatmaydi va ikkala talqinda ham ushbu iborani qoʻllash mumkin.[14]

Sanʼatda[tahrir | manbasini tahrirlash]

1976-yilda Avstraliyadagi ayollar sanʼati tarmogʻi asoschisi Ann Newmarch „Shaxsiy – siyosiy demakdir“ nomli film suratga olingan[25][26]. Filmda feministlar ayollar huquqlarini himoya qiluvchi shaxslar sifatida tasvirlangan.

Marta Uilson Nyu-Yorklik rassom boʻlib, uning ishi uning ayol sifatidagi oʻziga xosligi uning atrofidagi kuchlar, masalan, hokimiyat munosabatlari, madaniyat qanday shakllantirilganligini ochib beradi. Uning 2009-yilda „Portret jamiyati“ ijodiy asari shaxsning siyosiy ekanligini oʻrganish uchun avtoportretlardan foydalangan[27]

1976-yilda Adelaidedagi Ayollar sanʼati harakatining asoschisi boʻlgan avstraliyalik Ann Newmarch kabi rassomlar oʻzining „Ayollar osmonning yarmini ushlab turadi“ filmi ssenariysida falsafadan oʻz ishini asoslash uchun foydalangan.[26][27][28]

Shaxsiy siyosat: Sara va Mishel Vance Waddell toʻplamidagi feministik asar Cincinnatidagi ko'rgazma boʻlib, unda feminist rassomlar kundalik hayotlaridagi voqealarni tanalaridagi sur’atlar bilan qanday ifodalashlarini koʻrsatganlar. Bu ijodkorlar oʻzlarining ijodiy ishlarini shaxsiy va siyosiy sohalarga bogʻliqligini ochib berishga harakat qilganlar.[29]

Tanqidlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Liberal feministlar bu ibora xavfliligini taʼkidlaydilar. Chunki u zaruriy, siyosiy chegaralarni buzishi va siyosatning ommaviy jihatdan ahamiyatini yoʻqotishiga sabab boʻladi.[30] Ushbu siyosiy chegaralarning yemirish jarayonida, siyosatning ijtimoiy maydoni individlar tufayli harakatda boʻlmasligi, balki iqtisodiy ishlab chiqaruvchi va isteʼmolchi sifatida koʻrinadigan soxta taʼsir maydonga ega boʻlib qolganligi uchun Hanna Arendt tomonidan tanqid qilinadi[31].

Bundan tashqari baʼzi tanqidchilarning fikriga koʻra, uyda ayollarga zulm qilinishi haqidagi gaplar talqini oq tanli ayollarga nisbatan kam hollarda qoʻllaniladi.[11] Ushbu gaplar lezbiyan juftliklar, ishlayotgan, tajribali va bolani parvarish qilish imkoniyatiga ega boʻlmagan ayollarni oʻz ichiga olmaydi.

„Shaxsiy – siyosiy demakdir“ iborasi madaniy feminizmning paydo boʻlishiga olib keldi. Koʻplab faol ayollar buni siyosiy harakatlar va islohotlarga toʻsiq sifatida bilishadi. Madaniy feminizm faollari siyosatdan uzoqlashishga va patriarxatning anʼanaviy rollariga amal qilishga undashi taʼkidlanadi[3].

Texnologiyadan foydalanish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Frances Rogan va Shelley Budgeon tomonidan „The Personal Is Political: Assessing Feminist Fundamentals in the Digital Age (Shaxsiy siyosat: raqamli asrda feministik asoslarni baholash)“ asarida taʼkidlaganidek: „Texnologiya xususiy va davlat oʻrtasidagi toʻsiqni buzishga asos boʻldi“. Smartfon kabi shaxsiy qurilmalardan foydalanish ommaviy muloqotni kishilar orasida oshirdi. Ushbu texnologiya ayollar uchun zoʻravonlikka imkoniyat ochib berish sifatida koʻrildi. Ijtimoiy media insonlarga ayollar tajribasini koʻproq kuzatish imkoniyatini beradi. Bu esa oʻz navbatida ayollarga boʻlgan ijtimoiy kuzatuv, nazorat, oʻz-oʻziga bosimni oshirishi va bu ularga zararli boʻlishi mumkin[32].

Kishilarning taʼkidlashicha, ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda ayollar tanasi va tashqi qiyofasini koʻrsatadigan turli harakatlarni koʻrish mumkin. Ijtimoiy media kabi raqamli dasturlar oʻz foydalanuvchilariga platforma orqali oʻzini jamoat oldida taniqli qilish imkonini beradi. Ushbu platformalar, shuningdek, muhim gender muammolar haqida xabardorlikni oshirishda va tajribalarni kengroq auditoriyaga yetkazishda ham foydalidir[32].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Lee, Theresa Man Ling (2007). "Rethinking the Personal and the Political: Feminist Activism and Civic Engagement". Hypatia 22 (4): 163–179. doi:10.1111/j.1527-2001.2007.tb01326.x. ISSN 0887-5367. https://www.jstor.org/stable/4640110. 
  2. Heberle, Renee „The Personal Is Political“,. The Oxford Handbook of Feminist Theory The Oxford Handbook of Feminist Theory. Oxford University Press, 2015 — 593–609 bet. DOI:10.1093/oxfordhb/9780199328581.013.31. 
  3. 3,0 3,1 3,2 Grant, Judith (1993). Haug, Frigga; Carter, Erica; Frug, Mary Jo et al.. eds. "Is the Personal Still Political?". NWSA Journal 5 (3): 404–411. ISSN 1040-0656. https://jstor.org/stable/4316294. 
  4. Geoghegan, Vincent; Wilford, Rick. Political Ideologies: An Introduction, 4th, London: Routledge, 2014 — 179–208 bet. 
  5. 5,0 5,1 Smith, Dale M.. Poets Beyond the Barricade: Rhetoric, Citizenship, and Dissent after 1960. University of Alabama Press, 2012-01-15 — 153– bet. ISBN 9780817317492. 
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 Hanisch, Carol „The Personal is Political“. carolhanisch.org. Qaraldi: 2019-yil 11-fevral.
  7. Geoghegan, Vincent; Wilford, Rick. Political Ideologies: An Introduction, 4th, London: Routledge, 2014 — 179–208 bet. 
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 8,4 Hanisch, Carol „The Personal Is Political: The Women's Liberation Movement classic with a new explanatory introduction“ (2006-yil yanvar). Qaraldi: 2014-yil 7-sentyabr.
  9. Radical feminism: A documentary reader, Barbara A. Crow (ed.), New York: NYU Press, 2000 — 113–117 bet. ISBN 978-0814715550. 
  10. Bernard, Jessie; Friedan, Betty (August 1963). "The Feminine Mystique". Marriage and Family Living 25 (3): 381. doi:10.2307/349095. ISSN 0885-7059. http://dx.doi.org/10.2307/349095. 
  11. 11,0 11,1 Hannam, June. Feminism, 2013-08-21. DOI:10.4324/9781315836089. ISBN 9781317869818. 
  12. Budgeon, Shelley (February 2001). "Emergent Feminist(?) Identities". European Journal of Women's Studies 8 (1): 7–28. doi:10.1177/135050680100800102. ISSN 1350-5068. http://dx.doi.org/10.1177/135050680100800102. 
  13. Hartmann, Heidi „The unhappy marriage of Marxism and feminism: Towards a more progressive union“,. The Second Wave: A Reader in Feminist Theory. New York: Routledge, 1997 — 100 bet. ISBN 9780415917612. 
  14. 14,0 14,1 Schuster, Julia (2017-02-03). "Why the personal remained political: comparing second and third wave perspectives on everyday feminism". Social Movement Studies 16 (6): 647–659. doi:10.1080/14742837.2017.1285223. ISSN 1474-2837. http://dx.doi.org/10.1080/14742837.2017.1285223. 
  15. (Squires, 2004)
  16. Crenshaw, Kimberlé (1991-07-01). "Mapping the Margins: Intersectionality, Identity Politics, and Violence against Women of Color". Stanford Law Review 43 (6): 1241–1299. doi:10.2307/1229039. ISSN 0038-9765. 
  17. BlackPast „(1977) The Combahee River Collective Statement •“ (en-US) (2012-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  18. Terry, Jennifer (2008). "Betty Friedan: The Personal Is Political Susan Oliver". The History Teacher. 
  19. „Betty Friedan“ (en-us). Biography. Qaraldi: 2020-yil 1-yanvar.
  20. Oliver, Susan. Betty Friedan: The personal is political. New York: Pearson Education, Inc, 2008. 
  21. Terry, Jennifer (2008). "Betty Friedan: The Personal Is Political Susan Oliver". The History Teacher: P1. 
  22. BlackPast „(1977) The Combahee River Collective Statement •“ (en-US) (2012-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  23. „Timeline of the women's liberation movement“. British Library. 2018-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-fevral.
  24. Braithwaite, Ann (2002-12-01). "The personal, the political, third-wave and postfeminisms". Feminist Theory 3 (3): 339. doi:10.1177/146470002762492033. ISSN 1464-7001. http://dx.doi.org/10.1177/146470002762492033. 
  25. 25,0 25,1 „Ann Newmarch“. National Gallery of Australia. Qaraldi: 2022-yil 17-yanvar.
  26. 26,0 26,1 Secomb, Robin; Francis, Rosemary „Women's Art Movement“. The Australian Women's Register. University of Melbourne (2009-yil 1-may). Qaraldi: 2022-yil 24-yanvar.
  27. 27,0 27,1 Robinson, Julie „Ann Newmarch“,. Know My Name. National Gallery of Australia, 2020 — 274–275 bet. 
  28. „The Personal Is Political“ (en-US). Wave Pool. Qaraldi: 2023-yil 3-aprel.
  29. „The Personal is Political | Portrait Society Gallery“ (en). PSG. Qaraldi: 2023-yil 3-aprel.
  30. Benhabib, Seyla (1993). "Feminist theory and Hannah Arendt's concept of public sphere". History of the Human Sciences 6 (2): 97–114. doi:10.1177/095269519300600205. https://journals.sagepub.com/doi/abs/10.1177/095269519300600205#articleCitationDownloadContainer. 
  31. Fixmer, Natalie; Wood, Julia (2005-01-01). <96224> "The Personal Is Still Political: Embodied Politics in Third Wave Feminism". Women's Studies in Communication 28 (2): 235. doi:10.1080/07491409.2005.10162493. http://connection.ebscohost.com/c/articles/<96224>. Qaraldi: 2021-01-08. Shaxsiy – siyosiy demakdir]]
  32. 32,0 32,1 Rogan, Frances; Budgeon, Shelley (August 2018). "The Personal is Political: Assessing Feminist Fundamentals in the Digital Age" (en). Social Sciences 7 (8): 132. doi:10.3390/socsci7080132. ISSN 2076-0760.