Terapiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Terapiya (yun. therapeia — davolash) — 1) konservativ usullar: dori-darmonlar (farmakoterapiya), antibakterial (kimyoterapiya, antibiotikoterapiya) va gormonal moddalar; zardob va vaksinalar, turli ionlovchi nurlar (nur bilan davolash); iqlim, balchiq, mineral suvlar, massaj, elektr toki va boshqa fizik omillar (sanatoriy va kurortlarda davolash, fizioterapiya, shifobaxsh badantarbiya; parhez va boshqa yoʻllar) bilan davolash; 2) ichki kasalliklar tibbiyoti, ichki kasalliklar klinikasi, ichki a‘zolar kasalliklari, ularning paydo boʻlish sabablari (etiologiya), rivojlanish mexanizmlari (patogenez), kasallikni aniqlash (diagnostika), davolash va oldini olish usullarini oʻrganuvchi klinik fan.

Yunoniston, Qad. Rim, Sharqning Uygʻonish davrida Sharq va Yevropaning buyuk vrachlari (Gippokrat, Galen, Ibn Sino, ar-Roziy, Paratsels va boshqalar) ilk bor tibbiyotda muhim ilmiy sistemalar va yoʻnalishlarni asoslab berdi. 17-asrda ingliz vrachi Sidenxem Gippokratning bemorni vrach qarovida kuzatish taomiliga asoslanib, kasallik jarayoni bosqichlari haqidagi tushunchani shakllantirdi va koʻpchilik kasallik belgilarini tavsifladi. Ilmiy anatomiyaning asoschisi A.Vezaliynish ishlari, U.Garveyning qon aylanishini kashf etishi, patologik anatomiya sohasida erishilgan yutuqlar, bemorni soʻrash (M.Ya.Mudrov, G.A.Zaxarin), tanani barmoq bilan urib koʻrish, paypaslash, eshitish kabi usullarning qoʻllanilishi hamda kasallikni aniqlashda eksperimental usullardan foydalanish T.ning tibbiyilmiy fan sifatida rivojlanishiga zamin boʻldi.

T. 19-asrgacha tibbiyot bilan bogʻliq holda rivojlandi. Rentgen nurlarining kashf etil i sh i, rentgenodiagnostikannng kuchayishi, elektrokardiografiya va arterial bosimni oʻlchash usulini amalda tatbiq etish T.ning yanada rivojlanishiga olib keldi. Kime fanining oʻsishi T.da turli lab. tekshiruvi usullaridan diagnostikada foydalanish hamda turli doridarmonlar ishlab chiqarish. imkonini berdi. Mikrobiologiya va immunologiya sohasidagi yutuqlar vaksina va zardoblarni davoprofilaktika maqsadida qoʻllashga, serodiagnostikanknt vujudga kelishiga sabab boʻldi.

Tibbiyotning taraqqiyoti natijasida 19-asrga kelib, dermatologiya, nevropatologiya, gematologiya, endokrinologiya, keyinchalik yuqumli kasalliklar, ftiziatriya va boshqa mustaqil fan sifatida T.dan ajralib chikdi.

Patologiya xarakterining oʻzgarishi, klinik fanlarning boʻlinishi, diagnostikada lab. va instrumental usullarning keng joriy etilishi va boshqa zamonaviy T.ning muxim masalalaridan boʻlib qolmoqda.

T.ning tarmoklanishi (mas., xirurgiya, urologiya, fiziologiya, eksperimental patologiya va boshqalar) kardiologiya, gastroenterologiya, nefrologiya, fizioterapiya va h.k. fanlarning ham mustaqil ilmiy soha sifatida ajralishiga olib keldi.

T. sogʻliqni sakdash tamoyillariga va oliy nerv faoliyati toʻgʻrisidagi taʼlimotga asoslanadi. Oʻzbekistonda tibbiyot oliy oʻquv yurtlari —1 va 2Toshkent tibbiyot intlari, Samarqand tibbiyot instituti, Andijon tibbiyot instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti, Toshkent tibbiyot pediatriya instituti, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida T. kafedralari bor. Oʻzbekistonda T. fanining shakllanishi Toshkentda ishlagan terapevt olimlar A.N.Kryukov, N.I.Ragoza, M.I.Slonim, I.A.Kassirskiy; rivojlanish tarixi esa A.A.Asqarov, N.I.Ismoilov, E.I.Otaxonov, ZM.Umidova, R.A.Katsenovich, K.B.Bahodirov, N.A. Mirzoyan, R.A.Abdullayev, K.gʻgʻ.Yoʻldoshev, A.M.Ubaydullayev, E.Gʻ.Qayumov, E.Y. Krsimov va boshqa nomi bilan bogʻliq.

Hozirgi oʻzbek olimlari Oʻzbekistonning oʻziga xos iqlimi sharoitida turli kasalliklar, jumladan, meʼdaichak yoʻli, qalqonsimon bez, yuraktomir va nafas sistemasi, gipertoniya, ateroskleroz, stenokardiya, miokard infarkti, revmatizm kabi kasalliklarning qay tarzda kechishi, ularning oldini olish, davolash va organizmning funksional holatini tiklash, shuningdek, bu kasalliklarni zamonaviy tibbiyot apparatlari yordamida tekshirish, issiq iklimning yuraktomir sistemasiga taʼsiri, klinik endokrinologiyaning turli dolzarb muammolarini oʻrganish ustida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda (yana qarang Tibbiyot).



Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]