Kontent qismiga oʻtish

Feminizm tarixi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Feminizm ramzi

Feminizm (lotincha: femina-ayol) – jamiyatning barcha sohalarida ayollar huquqlari harakatini tushuntiruvchi atama boʻlib, uning maqsadi ayollarga nisbatan kamsitishni bartaraf etishdir. Ushbu harakat XVIII asrda klassik liberalizm toʻlqinida paydo boʻlgan, ammo 1960-yillarning oxiridan boshlab faollashgan. Nazariy asoslarga asoslanib, erkaklar statusiga teng boʻlmagan ayollarning quyi va ijtimoiy mavqeini va ayollarning ozodlik gʻoyasini, qoʻllab-quvvatlaydiganlarga Feministlar deyiladi. Ular mavjud ijtimoiy munosabatlarni tanqid qilib, gender tengsizligini tahlil qilish orqali ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga urgʻu beradi[1].

Feminizm paydo boʻlishidan oldingi davr

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Joshua Reynolds. Yosh ayolning portreti, tax.1760—1765-yillar. Sanʼat tarixi muzeyi, Vena

Burjua munosabatlarining paydo boʻlishi oqibatida feodal jamiyatning qulashi paytida feministik gʻoyalarning tarqalishi uchun shart-sharoitlar paydo boʻldi va ayollarni ish bilan taʼminlash, ularni ish egalariga aylantirish davri boshlandi. Italiyalik Izotta Nogarolla, Laura Chereta, Kristina Piza yozuvchilarning paydo boʻlishini feministik gʻoyalarning tarqalishi bilan bogʻlaydigan nuqtai nazar mavjud. Shuningdek bu nazariya, Angliyada ayollar huquqlarining birinchi himoyachilari deb ataladigan Afra Benn va Meri Estelning faoliyatini ham oʻz ichiga oladi. Ular ayolni erkak kabi erkin va toʻlaqonli deb hisoblash huquqini himoya qildilar. Shuningdek, fransuz yozuvchisi Fransua Pullen de La Barr oʻzining „Ikkala jinsning tengligi toʻgʻrisida“ (de l'égalité des deux sexes, discours physique et moral où l’on voit l’importance de se défaire des préjugez, 1673) nomli maqolasida ayollarning tengsizligi „tabiat qoidalari“ emas, bu ularning qoʻpol erkak kuchlariga boʻysunishining natijasi haqida yozgan[2].

Feminizmning paydo boʻlishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

XVIII asrning boshi – gender tengligi gʻoyasidan voz kechish davri; bu davrda ayniqsa ayollarning „zaifligi“ („zaif jins“) ni kultivatsiya qilish gʻoyasi mashhur boʻldi. Ammo XVIII asrning oʻrtalariga kelib, fransuz maʼrifatchilari feministik gʻoyalarni qayta tiklashga hissa qoʻshdilar: Volter ayol ulushlarining adolatsizligi haqida yozgan; Montesquieu ayollar jamoat hayotida ishtirok etishi kerak degan; Helvetius fuqarolik „ayollarning uquvsizligi uning nuqsonli va notoʻgʻri tarbiyalanganining natijasidir“, deb taʼkidladi.

XVIII asr davomida Yevropa mamlakatlarining ayollari jamiyatda faol ishtirok eta boshladilar. Koʻp sonli ayollar iqtisodiy mustaqillikka ega boʻlishdi; jamiyat xonimlari siyosatga aralashishga harakat qilishdi. Ayollar hayotidagi fuqarolik huquqlarini tan olinishini soʻrashdi: taʼlim, mehnat, oila va jamiyatdagi hurmat[3].

AQShda birinchi amerikalik feminist Abigail Smith Adams hisoblanadi. U mashhur iboralari orqali tarixga kiritildi:

Bizning qiziqishlarimizga qaramagan hukumatga va bizning ishtirokimissiz qabul qiligan hokimiyatning qonunlariga boʻysunmaymiz

[4]". Ayollar vatanparvarlik jamiyati tashkil etilganida 1812- yil Rossiyada feminizmning rivojlanishi boshlandi. Birozdan keyin uning ishtirokchilarini „dekabristlarning xotinlari“ deb atashdi. Keyinchalik faol rus ayollari xayriya va taʼlim xarakteridagi bir qator jamoat tashkilotlarini tuzdilar[5].

Feminizmning „birinchi toʻlqini“

[tahrir | manbasini tahrirlash]

XIX asrning ikkinchi choragida turli mamlakatlardagi feministlarning talablari yagona ijtimoiy kompaniya va aktsiyalarga aylandi. Dastlab, ayollarning oliy maʼlumotga ega boʻlishi, undan keyin qonunchilik islohotlari va ayollarning ovoz berish huquqlari qonunchilik islohotlarini taʼminlash vositasi sifatida ustuvor masala boʻldi.

1848-yil AQShda, Seneka Falls shahrida (Nyu-York) Qullikka qarshi harakat ishtirokchilari (68 ayol va 32 erkak) ayollarning pozitsiyalari va qarorlari deklaratsiyasini imzoladilar. Deklaratsiya Amerika va jahon feminizmi tarixida burilish nuqtasi boʻldi[6].

XIX asrning oʻrtalaridan boshlab, oʻqimishli ayollar siyosiy tenglikni talab qilib, ijtimoiy hayotda faol ishtirok eta boshladilar. Angliya kurashning asosiy markazi edi, shuning uchun u ingliz tilidagi „suffragizm“ atamasidan oʻz nomini oldi, bu saylov huquqini anglatib, feminizmda siyosiy yoʻnalish tarixiga kirdi.

1867-yil Manchesterda „Ayollar saylov huquqi jamiyati“ tashkil etildi va uning aʼzolari „ayol sufragistlar jurnali“ni nashr etishni boshladilar. 1868-yilda bu jamiyat yil davomida 5000 dan ortiq aʼzolarni birlashtirgan Suffragistlar jamiyatlari milliy federatsiyasiga (NFSO) aylantirildi. NFSO Uels, Irlandiya va Shotlandiyada suffragizm gʻoyalarini tarqatishga harakat qildi.

1893-yil Yangi Zelandiyada ayollar faol saylov huquqiga ega boʻlishdi (saylanishidan mustasno), 1902-yil Avstraliyada esa ayollar ham aktiv ham passiv saylov huquqlariga ega boʻlishdi.

Biroq, Angliyada nafaqat mahalliy, balki parlament saylovlarida ham ayollarning ishtirok etish huquqi toʻgʻrisidagi qonunni qabul qilish kechiktirildi. Ingliz ayollari 1918-yilda cheklangan (faqat turmush qurgan ayollar uchun) va 1928-yilda toʻliq ovoz berish huquqiga ega boʻlishdi.

XX asrning 20-yillarida feminizmning birinchi toʻlqini Yevropa va AQShda saylov huquqi bilan bir qatorda, ayollarga universitetlarda oʻqish va uydan tashqarida ishlashga ruxsat beruvchi qonunlarni qabul qilib oʻz vazifalarini toʻlaqonli bajarilgan deb hisobladi va ayol tashkilotlari faoliyati sezilarli darajada pasaydi[7].

Feminizmning „ikkinchi toʻlqini“

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Simone De Beauvoir

Garchi Simone De Beauvoir oʻzini feminist deb hioblamasada feminizmning „ikkinchi toʻlqini“ asoschisi edi. Ammo aynan u jinsiy mehnat taqsimotining tabiiyligi haqidagi aqidani sochdi, u „madaniy“ (erkak) bilan „tabiiy“ (ayol) ni oʻzaro bogʻliqligini yaratgan.

XX asrning 60-yillari boshlarida ayollikning ijtimoiy oʻz-oʻzini anglash tushunchasining uygʻonishi feminizmning „ikkinchi toʻlqini“ paydo boʻlishiga olib keldi[8].

Feminizm quyidagi omillar bilan ajralib turadi:

  • geografiya-Amerika, Yevropa, postsovet va post-sotsialistik
  • etnik – „oq“, „qora“ va „rangli“feminizm
  • diniy – xristian, Islomni shakllantirish
  • harakatlar usullari va yoʻnalishi boʻyicha-ekofeminizm, patsifist, separatist
  • mafkuraga koʻra-Liberal, sotsialistik va marksistik, radikal
  • falsafa va psixologiya sohalariga mansubligi boʻyicha-modernist, ijtimoiy qurilish kontseptsiyasiga asoslangan; postmodernizm, psixoanalitik[9]

Liberal feminizm

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Betty Friedan

Liberal feminizmning tugʻilishi kelib chiqishi amerikalik yahudiy boʻlgan – Betty Friedanning Ayollik tasavvufi (1963) kitobi bilan bogʻliqdir. Koʻp oʻtmay. AQShda Ikkala jins ham oʻz-oʻzini anglashda teng imkoniyatlar yaratilishi uchun kurashni eʼlon qilgan, 300 mingdan ortiq aʼzolarni birlashtirgan Ayollar milliy tashkiloti paydo boʻldi. Yangi tashkilot oʻzining asosiy vazifasi sifatida iqtisodiy faoliyatning barcha sohalarida gender kamsitilishini qonuniy taqiqlashni qabul qilishni koʻrib chiqdi.

AQSh gender siyosatini isloh qilish urushdan keyingi Amerikadagi ayollar huquqlari holatini oʻrganish uchun ayollar statusi boʻyicha komissiya tuzgan Prezident J.Kennedi tomonidan 1961- yilda boshlangan.Garvardda 1970-yil gumanitar va tabiiy fakultetlarning 483 oʻqituvchisi orasida bitta ham ayol yoʻq edi. 1960-yillarning oxirlari AQShning nufuzli universitetlarida, oliy tibbiyot va biznes maktablarida ayol talabalar 5-8 % ni tashkil etardi[10].

Radikal feminizm

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Radikal feminizm XX asrda shakllangan va hozirda feminizmdagi eng yorqin yoʻnalishni anglatadi. Radikal feministlar uchun birinchi navbatda davlat – ayollarning seksualliligini nazorat qilish vositasi, erkaklar – ayollarning seksualligini ularning ehtiyojlari va istaklariga doimiy ravishda xizmat qilishga majburlaydigan ijtimoiy guruhdir. Radikal feminizm ayol tanasi va seksualligi patriarxiyada ishlatilganligini koʻrsatib, ilgari taqiqlangan mavzularda – jinsiy zoʻravonlik va uy ichidagi zoʻravonlik haqidagi mavzularni omma ichidagi muhokamalarga olib kirdi[11].

Feminizmning „uchinchi toʻlqini“

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Feminizmning „uchinchi toʻlqini“ning koʻtarilishi XX asr 90-yillar boshlarida AQShda boshlangan. Uchinchi toʻlqin feminizmi, ikkinchi toʻlqinning ayollik va ayol tajribasini aniqlashda essentializmdan foydalanishni, oʻrta sinf oq ayollarning tajribasiga haddan tashqari koʻp eʼtibor berish mohiyatini tanqid qiladi. Ushbu toʻlqinning feministlari mikropolitikaga katta eʼtibor berishadi va asosan post-tuzilmaviy gender va seksuallik tushunchalariga tayanadilar[12].

Feminizmning „toʻrtinchi toʻlqini“

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Feminizmning toʻrtinchi toʻlqini – feministik harakatning soʻnggi rivojlanishidir. Jennifer Baumgardner toʻrtinchi toʻlqin feminizmini 2008-yilda boshlangan va bugungi kunga qadar davom etayapti, deb hisoblagan[13]. „All the Rebel Women: The Rise of the Fourth Wave of Feminism (Barcha isyonkor ayollar: Feminizmning toʻrtinchi toʻlqinining yuksalishi)“ kitobi muallifi Kira Cochrane[14] toʻrtinchi toʻlqin feminizmini texnologiya orqali bogʻlangan harakat sifatida taʼriflaydi[15][16]. Tadqiqotchi Diana Diamond toʻrtinchi toʻlqin feminizmini „oʻzgarishlarning umumiy koʻrinishida siyosat, psixologiya va maʼnaviyatni birlashtirgan“ harakat sifatida tasvirlagan[17].

2005-yilda Pythia Peay ilk bor feminizmning toʻrtinchi toʻlqini mavjudligini taʼkidlab, adolat va diniy maʼnaviyatni birlashtirish gʻoyasini ilgari surdi[18]. Jennifer Baumgardnerning 2011-yilda aytgan fikriga koʻra, ijtimoiy tarmoqlar kabi onlayn manbalarni oʻz ichiga olgan toʻrtinchi toʻlqin 2008-yilda boshlangan boʻlishi mumkin. Bu toʻlqin qisman „Qizlarimizni ishga olib borish kuni“ tashabbusi taʼsirida vujudga kelgan. Toʻrtinchi toʻlqin oʻz navbatida quyidagi yoʻnalishlarni ilhomlantirgan yoki ular bilan bogʻliq boʻlgan: bolalar xizmatlari uchun Doula loyihasi; abortdan keyingi yordam; reproduktiv adolatga intilish; plus-size (katta oʻlchamli) ayollar modasini qoʻllab-quvvatlash; transgender huquqlarini himoya qilish; erkaklar feminizmi; jinsiy mehnatni tan olish; hamda Feministing, Racialicious kabi yangi ommaviy axborot vositalari, bloglar va Twitter kampaniyalarining rivojlanishi[19].

Turli mamlakatlarda feminizmning rivojlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

XVIII asr Fransuz inqilobining "égalité" (tenglik) gʻoyasi fransuz ayollari duch kelgan tengsizliklarga ham eʼtibor qaratdi. Yozuvchi Olympe de Gouges 1791-yilgi Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasini Ayol va ayol fuqaro huquqlari deklaratsiyasiga oʻzgartirib, unda qonun oldida javobgar boʻlgan ayollar aslida qonun oldida teng huquqqa ega boʻlishi kerakligini taʼkidlagan. U, shuningdek, nikohni teng huquqli shaxslar oʻrtasidagi ijtimoiy shartnoma sifatida talqin qildi, hamda ayollarning faqat goʻzallik va jozibadorlikka tayanishini qullikning bir koʻrinishi sifatida qoralagan[20]. Ikki yil oʻtgach, u gilotina bilan qatl qilindi.

Alice Schwarzer, 2009-yil

Germaniyadagi zamonaviy feminizm Wilhelmine davrida (1888-1918 yillar) boshlangan boʻlib, bu paytda feministlar universitetlardan tortib hukumatgacha boʻlgan turli anʼanaviy muassasalarda ayollar uchun oʻz eshiklarini ochishi borasida tashviqot oʻtkazganlar. Birlashgan nemis ayollar harakati koʻpincha yozuvchi va feminist Louise Otto-Peters (1819-1895) nomi bilan bogʻlanadi. Bu harakat 1919-yilda ayollar saylov huquqining qoʻlga kiritilishi bilan oʻzining eng yuqori darajasiga yetgan. Keyingi davr feministlari jamoat va oila hayotida huquqiy va ijtimoiy tenglikni talab qilishni davom ettirganlar. Alice Schwarzer hozirgi kunda eng taniqli nemis feministi hisoblanadi.

Tehrondagi "Jam’iat e nesvan e vatan-xah, " ayollar huquqlari uyushmasi direktorlar kengashi (1923-1933)

Eron ayollar huquqlari harakati dastlab Eron Konstitutsiyaviy inqilobidan soʻng, birinchi ayollar jurnali nashr etilgan 1910-yilda paydo boʻlgan. 1979-yildagi Eron inqilobidan keyin ayollarning ahvoli yomonlashdi. Keyinchalik harakat Bibi Xonim Astarabodiy, Tuba Azmuda, Sidiqa Do‘vlatabodiy, Muhtaram Iskandariy, Roshank No‘dust, Ofoq Porso, Faxrozma Arg‘un, Shahnoz Ozod, Nurul-Hudo Mangana, Zandoxt Sheroziy, Maryam Amid (Maryam Mozayyin us-Sodot) kabi feminist shaxslar taʼsirida yana rivojlandi[21][22].

1992-yilda Shahla Sherkat „Zanan“ („Ayollar“) jurnalini taʼsis etdi. Bu jurnal Eron ayollarining muammolarini yoritib, islohotlar siyosati, oilaviy zoʻravonlik va jinsiy masalalar haqidagi dadil reportajlari bilan siyosiy chegaralar kesib oʻtishga urindi[manba kerak]. U Eron inqilobidan keyin nashr etilgan eng muhim Eron ayollar jurnali hisoblanadi. Jurnal islom huquqiy kodeksini muntazam ravishda tanqid qilib, gender tengligi islomiy ekanligini va diniy adabiyotlar ayollarga nisbatan salbiy munosabatda boʻlgan shaxslar tomonidan notoʻgʻri talqin qilinganligini taʼkidlardi. „Zanan“ muharriri Shahla Sherkat, shuningdek Mehangiz Kar va Shahla Lahiji ayollar huquqlari boʻyicha munozaraga yetakchilik qilib, islohotlar talab qilishgan[23].

Huda Shaaraviy, Misr feministik ittifoqi asoschisi

1899-yilda, Arab feministik harakatining otasi deb hisoblangan Qosim Amin Ayollarning ozodligi nomli asarini yozdi, unda ayollar uchun qonuniy va ijtimoiy islohotlar oʻtkazish zarurligi haqida fikr yuritilgan[24]. Hoda Shaaraviy 1923-yilda Misr Feministik Ittifoqini tashkil etdi va uning prezidenti boʻldi, shuningdek, arab ayollari huquqlari harakatining ramziga aylandi. Arab feministik harakati Arab millatchiligi bilan chambarchas bogʻliq edi[25]. 1956-yilda Prezident Jamol Abdul Nosirning hukumati „davlat feministikasi“ faoliyatini boshladi, bu esa jinsga asoslangan diskriminatsiyani taqiqladi va ayollarga saylov huquqini berdi. Ushbu islohotlarga qaramay, „davlat feministikasi“ feministik siyosiy faollikni toʻsib qoʻydi va Misrda birinchi toʻlqin feministik harakatining tugashiga sabab boʻldi[26]. Anvar Sadatning prezidentligi davrida, uning rafiqasi Jehan Sadat ayollar huquqlarini kengaytirish tarafdori boʻlib, buni jamoat oldida ham koʻp marotaba aytgan. Biroq, Misr siyosati va jamiyati yangi Islomiy harakat va ortib borayotgan konservatizm taʼsirida ayollarning tengligini tan olmagan[27]. Ushbu qarash yangi feminist harakat, yaʼni Islom feminizmini shakllantirdi va bu harakat hozirgi kunda ham faoliyat yuritmoqda[28].

Yangi avlod hind feministik harakati global feminizmdan ilhomlangan holda shakllangan. Hind ayollari oliy taʼlim muassasiga kirish imkoniyatining oshishi va reproduktiv huquqlariga nisbatan nazoratni kuchaytirish orqali oʻz faoliyatlarini rivojlantira borganlar[29]. Medha Patkar, Madhu Kishvar, va Brinda Karat mustaqillikdan keyingi Hindistonda ayollar huquqlari uchun kurashayotgan asosiy feministlar hisoblanadi[29]. Shuningdek, yozuvchilardan Amrita Pritam, Sarojini Sahu va Kusum Ansal hind tillarida feministik gʻoyalarni targʻib qiladilar[30]. Rajeshvari Sunder Rajan, Leela Kasturi va Vidyut Bhagat hind feministik esseistlar va tanqidchilari boʻlib, ular asosan ingliz tilida ijod qiladilar.

Boy Xitoy ayollari bogʻlangan oyoqlari bilan (Pekin, 1900). Oyoq bogʻlash 19-20 asrlardagi islohot harakatlari davrida ayollarga zulmga qilishning ramzi hisoblangan.

Xitoyda feminizm Sin sulolasi davrining oxirlarida boshlangan. Bu davrda Xitoy jamiyati oyoqni bogʻlash va jinslar ajratilishi kabi anʼanaviy hamda Konfutsiy qadriyatlarini qayta koʻrib chiqa boshladi. Natijada, anʼanaviy gender tushunchalarini modernizatsiyaga toʻsqinlik qiluvchi gʻoyalar sifatida rad etish boshlashdi[31]. 1898-yilgi „Yuz kunlik islohot“ davrida islohotchilar ayollarni taʼlim olishga, gender tengligiga va oyoqlarni bogʻlashga chek qoʻyishga chaqirdilar. Islohotchi ayollar birinchi Xitoy ayollar jamiyatini, Xitoy ayollari oʻrtasida bilim tarqatish jamiyatini („Nüxuehui“) tuzdilar[32]. Sin sulolasi qulagandan soʻng, ayollar ozodligi 4-may harakati va Yangi madaniyat harakatining asosiy maqsadiga aylandi[33].

Yaponiya feminizmi uyushgan siyosiy harakat sifatida XX asr boshlarida rivojlangan. Oʻsha paytda Kato Shidzue keng qamrovli taraqqiyparvar islohotlarning bir qismi sifatida homiladorlikdan saqlanish vositalarining mavjudligini targʻib qilgan edi. Keyinchalik, Ikkinchi jahon urushida Yaponiya magʻlubiyatga uchragach va AQSH kuchlari tomonidanTinchlik Konstitutsiyasi eʼlon qilingach, Shidzue Milliy Parlamentda faoliyat yurita boshlagan[34]. Hayashi Fumiko va Ariyoshi Savako kabi boshqa ayollar yapon feminizmining keng qamrovli sotsialistik gʻoyalarini oʻzida aks ettirgan. Bu gʻoyalar ayollarning shaxsiy yutuqlarini ulugʻlash oʻrniga, keng miqyosli maqsadlarga erishishga intiladi[34][35].

Camilla Collett

Norvegiya feminizmining siyosiy ildizlari ayollarning saylov huquqi harakatiga borib taqaladi. Camilla Collett (1813-1895) koʻpchilik tomonidan birinchi norvegiyalik feminist sifatida tan olinadi. Ziyoli oiladan chiqqan Collett oʻz davridagi ayollar duch kelgan qiyinchiliklar, ayniqsa majburiy nikohlar haqida roman va bir qancha maqolalar yozgan. Amalie Skram (1846-1905) esa naturalist yozuvchi sifatida ayollar ovozini ifoda etishda muhim rol oʻynagan[36].

Norvegiya ayollar huquqlari assotsiatsiyasi 1884-yilda Gina Krog va Hagbart Berner tomonidan tashkil etilgan. Ushbu tashkilot ayollarning taʼlim olish va iqtisodiy jihatdan oʻz-oʻzini boshqarish huquqlari, eng asosiysi esa umumiy saylov huquqi masalalarini koʻtargan. Norvegiya parlamenti 1913-yil 11-iyunda ayollarning saylov huquqini qonun bilan tasdiqlagan. Norvegiya ayollarga toʻliq saylov huquqi berilgan Yevropadagi ikkinchi mamlakat (Finlandiyadan keyin) hisoblanadi[36].

Irena Krzywicka

Polshada feministik harakatning rivojlanishi, 1918-yilda zamonaviy shaklda qayta tiklanganidan soʻng, yetti bosqichda amalga oshirilgan. Har bir „toʻlqin“ oʻzining alohida xususiyatlari va maqsadlari bilan ajralib turadi[37].

Radikal feminizm 1920-yillarda Polshada vujudga kelgan. Uning asosiy vakillari Irena Krzywicka va Maria Morozowicz-Szczepkowska ayollarning erkaklardan shaxsiy, ijtimoiy va huquqiy mustaqilligini himoya qilganlar. Krzywicka va Tadeusz Żeleński ikkalasi ham rejalashtirilgan oila, jinsiy ta’lim, ajralish va abort huquqlari hamda jinslar tengligini targʻib qilishgan. Krzywicka „Wiadomości Literackie“ jurnalida bir qator maqolalar eʼlon qilgan boʻlib, ularda u katolik cherkovining polyaklar shaxsiy hayotiga aralashuviga qarshi norozilik bildirgan[37].

Ikkinchi jahon urushidan soʻng, Polsha Kommunistik davlati (1948-yilda tashkil topgan) ayollarning uy va ish hayotidagi erkinligini targʻib qila boshladi. Biroq, kommunistik hokimiyat davrida (1989-yilgacha) umumiy feminizm, ayniqsa ikkinchi toʻlqin feminizmi deyarli mavjud emas edi. Garchi 1950-yillardan boshlab feministik matnlar yaratilgan boʻlsa-da, ular odatda kommunistik davlat nazorati ostida boʻlib, davlat tomonidan ishlab chiqarilar edi[38]. Kommunizm qulashi ortidan, katolik siyosiy partiyalari ustunlik qilgan Polsha hukumati abortlarni „de-fakto“ sifatida qonuniy taqiqladi. Oʻshandan buyon ayrim feministlar 1980-yillardagi Amerikaning abort huquqi uchun kurashuvchi harakatining bahs-munozara usullarini oʻzlashtirib, shu usular bilan faollik koʻrsatishga urinmoqda[37].

  1. „История и теория феминизма“. www.gender.cawater-info.net. 2017-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-oktyabr.
  2. [1][sayt ishlamaydi]
  3. „История феминизма“. menalmanah.narod.ru. Qaraldi: 2017-yil 2-oktyabr.
  4. [2][sayt ishlamaydi]
  5. „Суть феминизма, и что мы еще о нем не знаем“. RED. 2021-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-mart.
  6. „Феминизм или история борьбы женщин за права человекаFeminisn'ts | Feminisnʼts“ (ru). www.feminisnts.info. 2017-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-iyun.
  7. „ГЕНДЕРНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ | Ensiklopediya Krugosvet“ (ru). www.krugosvet.ru. Qaraldi: 2017-yil 2-oktyabr.
  8. „История и теория феминизма“. 2017-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-iyun.
  9. [3][sayt ishlamaydi]
  10. Administrator. „Либеральный феминизм - О феминизме“ (ru). feminism.pro. 2017-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-iyun.
  11. „Радикальный феминизм: как довести политическое движение до абсурда? — Моноклер“ (ru). Моноклер (2017-yil 12-aprel). Qaraldi: 2017-yil 2-oktyabr.
  12. „Почему не стоит путать сексизм с дискриминацией | Feminisnʼts“ (ru). www.feminisnts.info. 2017-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-iyun.
  13. Baumgardner, Jennifer „Is there a fourth wave? Does it matter?“. Feminist.com (2011). Qaraldi: 2016-yil 21-aprel.
  14. Cochrane, Kira. All the rebel women: the rise of the fourth wave of feminism. London: Guardian Books, 2013. ISBN 9781783560363. OCLC 915373287. 
  15. Baumgardner, Jennifer. F 'em!: Goo Goo, Gaga, and Some Thoughts on Balls. Berkeley CA: Seal Press, 2011 — 250-bet. 
  16. Cochrane, Kira „The fourth wave of feminism: meet the rebel women“. The Guardian (2013-yil 10-dekabr).
  17. Diamond, Diana. The fourth wave of feminism: psychoanalytic perspectives, 2009 — 213–223-bet. 
  18. Peay, Pythia. „Feminism's fourth wave“. Utne Reader (march–april 2005), s. 59–60.
  19. Baumgardner, Jennifer, F’em!, op. cit., pp. 250–251.
  20. Scott, Joan W.. Only Paradoxes to Offer: French Feminists and the Rights of Man. Harvard University Press, 1996. ISBN 978-0-674-63930-0. , ch. 2.
  21. Sanasarian, Eliz. The Womenʼs Rights Movements in Iran, Praeger, New York: 1982, ISBN 0-03-059632-7.
  22. Afary, Janet. The Iranian Constitutional Revolution, 1906–1911, Columbia University Press, 1996.
  23. Women's movement: Zanan magazine. 2017-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 8-aprel.
  24. Stange, Mary Zeiss, Carol K. Oyster, Jane E. Sloan, Encyclopedia of Women in Today’s World, SAGE, 2011, ISBN 1-4129-7685-5, ISBN 978-1-4129-7685-5
  25. Golley, Nawar Al-Hassan, Reading Arab womenʼs autobiographies: Shahrazad tells her story, University of Texas Press, 2003, ISBN 0-292-70545-X, 9780292705456
  26. Badran, Margot, Feminists, Islam, and nation: gender and the making of modern Egypt, Princeton University Press, 1996, ISBN 0-691-02605-X, 9780691026053
  27. Smith, Bonnie G., Global feminisms since 1945, Psychology Press, 2000, ISBN 0-415-18491-6, ISBN 978-0-415-18491-5
  28. International Congress on Islamic Feminism (Wayback Machine saytida December 8, 2009, sanasida arxivlangan)
  29. 29,0 29,1 Chaudhuri, Maitrayee, Feminism in India (Zed, 2005)
  30. Srivastava, Swati.. Quest for Self in the Fictions of Indian Women Writer, Singh, Avneesh Kumar., 1. Aufl, Saarbrücken: LAP LAMBERT Academic Publishing, 2015. ISBN 978-3-659-69760-9. OCLC 910748995. 
  31. Ko, Dorothy, JaHyun Kim Haboush, Joan R. Piggott Women and Confucian cultures in premodern China, Korea, and Japan. University of California Press, 2003, ISBN 0-520-23138-4, ISBN 978-0-520-23138-2
  32. Ma, Yuxin Women journalists and feminism in China, 1898-1937 Cambria Press, 2010, ISBN 1-60497-660-8, ISBN 978-1-60497-660-1
  33. Farris, Catherine S., Anru Lee, Murray A. Rubinstein, Women in the new Taiwan: gender roles and gender consciousness in a changing society M. E. Sharpe, 2004, ISBN 0-7656-0814-6, ISBN 978-0-7656-0814-7
  34. 34,0 34,1 Buckley, Susan, Broken Silence: Voices of Japanese Feminism (University of California Press, 1997), ISBN 978-0-520-08514-5
  35. Mackie, Vera, Feminism in Modern Japan Citizenship, Embodiment and Sexuality (Curtin University of Technology, 2003), ISBN 978-0-521-82018-9
  36. 36,0 36,1 Andersen, Arlow W., Rough Road to Glory: The Norwegian-American Press Speaks Out on Public Affairs 1875 to 1925 (Balch Institute Press, 1990).
  37. 37,0 37,1 37,2 Łoch, Eugenia (ed.) 2001. Modernizm i feminizm. Postacie kobiece w literaturze polskiej i obcej. Lublin: Wydawnictwo Uniwersytetu M.Curie-Skłodowskiej.
  38. Śleczka, Kazimierz, 1997. „Feminizm czy feminizmy“. In: Zofia Gorczyńska, Sabina Kruszyńska, Irena Zakidalska (eds.). Płeć, kobieta, feminizm. Gdańsk: Wydawnictwo Uniwersytetu Gdańskiego.