Abort

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Abort (lotincha: abortus – bola tashlash) – ayollarda homiladorlikning dastlab-ki 28 haftasida bachadondan homila tu-shishi, 28 haftadan ilgari tugʻilgan bola yashamaydi. A. erta (homiladorlikning 12 haftasi ichida kerakli davo choralari koʻrilmaganda bola tushishi) va ke-chikib (13 – 27 hafta ichida bola tushi-shi) sodir boʻlishi mumkin. A. sun’iy va gʻayriixtiyoriy A.ga boʻlinadi. Sun’iy A. (bola tushirish) ayolning oʻz istagi yoki sogʻligʻiga qarab homiladorlikning 12-haftasiga qadar, tibbiy sabablarga koʻra esa bundan kechroq muddatlarda tugʻruqxonalarda oʻtkaziladi. Gʻayriixtiyoriy A. (bola tashlash) saba-blari: 1) oʻtkir va yuqumli kasalliklar, mas, terlama, bezgak, brutsellyoz, zaxm va boshqa; 2) ona bilan homila qoni rezus fakto-rinnt mos kelmasligi (ona qonida rezus faktor manfiy, homilada esa musbat boʻlishi); 3) umumiy kasalliklar (yurak, qon tomirlari, oʻpka va nafas a’zolari, buyrak, endokrin bez kasalliklari); 4) jinsiy a’zo kasalliklari (tuxumdon faoliyatining buzilishi); bunda sariq 5tana gormoni kam ishlanib chiqib, bacha-don muskullarini qisqartiruvchi omillar, jumladan follikulin kuchayib ke-tadi, natijada A. roʻy beradi; 5) ichki jinsiy a’zolarning turli sabablar bilan yalligʻlanishi; 6) ayol tanosil a’zosining yetarli rivojlanmaganligi (infanti-lizm); 7) turli shikastlar (homiladorlik vaqtida yiqilish, ogʻir yuk koʻtarish, lat yeyish va hokazo); homiladorning biror nar-sadan qattiq qoʻrqishi, hayajonlanishi. Gʻayriixtiyoriy A. homilaning bachadon-dan koʻchish darajasiga qarab turlicha boʻladi. A. xavfi tugʻilganda bel ogʻrib, jinsiy a’zodan bir oz qon keladi, ba-chadon homila muddatiga nomuvofiq kattalashadi; toʻgʻri davo qilinsa, homiladorlikni saqlab qolish mumkin. Boshlanayotgan A.da ogʻriq sezilib, qon keladi, bachadon taranglashib; bunda ham homila tirik boʻlsa, homiladorlikni saqlab qolish mumkin. Jadallashgan A. da laxta-laxta qon keladi, bachadon taran-glashadi, qisqaradi. Chala A.da homila butun chiqmay, uning koʻchmagan qismlari bachadon ichida qolib, qon koʻp ketadi, bachadon homiladorlik muddatiga nis-batan kichik boʻladi. Toʻliq A. da homila butun tushadi; shunga koʻra qon kelishi tez toʻxtaydi, bachadon kichrayadi. Homila nobud boʻlib, bachadon qisqarishi juda sust borsa, homilaning ajralishi va tu-shishi uzoq choʻziladi. Bunday hollarda bachadondan uzoq vaqtgacha qon ketadi (choʻzilgan A.). Ba’zan homila bachadon de-voridan koʻchadi-yu, lekin bachadon boʻyni kanalining tashki teshigi yopiq boʻlsa, boʻyin kanalida toʻxtab qoladi (bachadon boʻyniga bola tushishi). Ba’zan homila nobud boʻlsa ham (bachadon qisqarmasa) tushmaydi. Atrofidagi suv shimi-lib, oʻzi bujmayib, moʻmiyosimon boʻlib qoladi (yopishib qolgan A). A. ga infeksiya sabab boʻlganda, infeksiya homilani zararlab, bachadon va boshqa jinsiy a’zolar hamda qorin pardasi yalligʻlanadi, homiladorning isitmasi koʻtariladi. Septik A. da esa mikroblar ona organiz-miga qon orqali tarqaladi, bemorning ahvoli ogʻir boʻladi; oʻz vaqtida chora koʻrilmasa, ona nobud boʻlishi mumkin.Oʻzbekistonda kasalxonalardan tashqarida abort qilish (jinoiy A.) taqiklanadi va jinoyat hisoblanadi. Ayolni A. ga majbur etgan shaxslar ham jinoiy javobgarlikka tortiladi.Hayvonlarda boʻgʻozlikning bevaqt tugʻallanishi, bola tashlash. A.ning ke-lib chiqish sabablariga qarab yuqumsiz, yuqumli va invazion turlari bor. Yuqumsiz A. asosan, urgʻochi hayvonlar jinsiy a’zosi funksiyasining buzili-shi va tashqi muhitning ta’siri (vita-min va mineral moddalari kam boʻlgan, chirigan, mogʻorlagan, achigan yem-xashak yedirish, urilish, qisilish, ogʻir ishlar-da ishlatish kabi mexanik ta’sir) na-tijasida sodir boʻlsa, yuqumli A. bru-sellyoz, trixomonoz va boshqa kasalliklar natijasida roʻy beradi. Invazion A. esa piroplazmoz, gel-mintozlar natijasi-da organizmning zaharlanishi va zaiflanishidan kelib chiqadi.Kurash choralari: chorva mollarini boqishda, sun’iy qochirishda, boʻgʻozlik davrida zootexnika va veterinariya qoidalariga toʻliq rioya qilish va hokazo.