Meʼyor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Meʼyor (falsafada) — obʼyektning sifati bilan miqdorm oʻrtasidagi dialektik birlikni ifodalovchi tushuncha. Har qanday obʼyektning sifati muayyan miqdor (muayyan sistemaning xususiyatlari, tomonlari, belgilari, komponentlari, soni va h. k.) bilan uzviy bogʻliq. M. doirasida miqdor xususiyatlari elementlar soni, oʻlchami, bogʻlanish tartibi, harakat tezligi va shahri k.ning oʻzgarishi hisobiga boshqa shaklni olishi mumkin. M. obʼyektning miqdor oʻzgarishi, oʻz navbatida, sifat oʻzgarishiga olib keladigan (va aksincha) chegarani bildiradi. M. tushunchasi muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega: faoliyatning har qanday shaklida M. boʻlishi muvaffaqiyat garovidir. Predmetni uning sifat va miqdor xususiyatini anikdamasdan turib bilish mumkin emas.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil