Sinf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sinf (biologiyada) — sistematikada yirik taksonomik kategoriyalardan biri. S. oʻzaro qarindosh turkumlar (hayvonlar) yoki tartiblarni (oʻsimliklar) birlashtiradi. Mas, kemiruvchilar, juft tuyoqlilar, toq tuyoqlilar, yirtqichlar, primatlar turkumlari sut emizuvchilar S.ni tashkil etadi. Umumiy tuzilishga ega boʻlgan va bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan S. bir tip (hayvonlar) yoki boʻlimga (oʻsimliklar) kiritiladi, mas, sut emizuvchilar, qushlar, yeudralib yuruvchilar va boshqa S. xordalilar tipiga, ikki urugʻpallalilar va bir urugʻpallalilar S. i yopiq urugʻlilar boʻlimiga kiradi. S. tushunchasini fransuz botanigi Turnifor 17-asr oxirida taklif etgan; keyinchalik K. Linneyning "Tabiat sistemasi"da S. eng yuqori sistematik kategoriya sifatida asoslab berilgan. SINF, oʻquv sinfi — 1) oʻquv yili davomida yagona oʻquv dasturi boʻyicha shugʻullanuvchi oʻquvchilar jamoasi; 2) badiiy oʻquv yurtlarida oʻquvchilarning biror oʻquv predmeti boʻyicha ixtisoslashtirilgan guruhi (mas, kompozitsiya Si); 3) maktabda oʻquvchilar shugullanadigan xona.