Irqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Irqlar — Homo Sapiens turi ichidagi sistematik guruhlar. Har bir irq oʻziga xos irsiy belgilar, masalan, koʻz, soch va teri rangi, yuz va bosh qutisi shakliga binoan boshqa irqlardan farq qiladi. Hozirda odamlar 3 ta: ekvatorial (negroid, avstraloid), yevrosiyo (yevropoid), osiyoamerika (mongoloid) yoki 5 ta (negroid, avstraloid, yevropoid, mongoloid va amerikanoid) yirik irqlarga boʻlinadi. Har bir irq ichida yana kichikroq, yaʼni kenja irq boʻladi. Masalan, ekvatorial irq negr, negrill, bushmen, avstraliya va b. irklarga; yevropoid irq esa atlantika-boltiq, Hind-Oʻrta dengizi, oʻrta yevropa va boshqalarga; mongoloid irq shim. osiyo, arktika, jan. osiyo va b. ga ajraladi.

Irqlar paleolitning soʻnggi davrlarida bundan 40—30 ming yil avval odam Yer yuzini egallashi bilan shakllana boshladi. Oʻsha davrda koʻpchilik irqiy belgilar moslanish xususiyatiga ega boʻlganligidan muayyan muhit sharoitida tabiiy tanlanish tufayli mustahkamlanib borgan. Masalan, ekvatorial irqda terining qora rangi ultrabinafsha nurlar taʼsiridan himoyalovchi, burun katagining keng boʻlishi nam tropik iqlim sharoitida suv bugʻlanishini kuchaytiruvchi, tananing uzun boʻlishi tana yuzasini tana hajmiga nisbatan kengaytirish orqali termoregulyasiyani amalga oshiruvchi vosita sifatida vujudga kelgan.

Barcha irqlar Homo Sapiensga xos boʻlgan umumiy xususiyatlarga ega: ularning barchasi biologik va psixik jihatdan teng boʻlib, evolutsion rivojlanishning bir xil pogʻonasida turadi. Barcha irqlar madaniyat va sivilizatsiya eng yuqori darajada rivojlanishida bir xil imkoniyatga ega. Hoz. zamon fani mavjud irqlar bir xil qobiliyatga ega emasligi, ular evolyusiyaning turli bosqichlarida turganligi toʻgʻrisidagi irqchilik gʻoyalarini inkor etadi. Odam irqni "millat", "til guruxi" tushunchalari bilan aralashtirib yubormaslik lo-zim. Bitta millat tarkibida har xil irqlar va, aksincha, bitta irqning oʻzi turli millatlar tarkibiga kirishi mumkin.

Adabiyot[tahrir]

  • Nesturx M. F., Chelovecheskiye rasi, M., 1965; Alekseyev V. P., Geograficheskiye ochagi formirovaniya chelovecheskix ras, M., 1985; Problemi evolyusionnoy morfologii cheloveka i yego ras, M., 1986.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil