Munosabat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Munosabat (falsafada) — muayyan tizimdagi elementlarning joylanish harakteri va ularning oʻz-aro bogʻlikdigini ifodalovchi falsafiy tushuncha; biror narsa yoki hodisaga nisbatan shaxs mavqeining ifodasi; turli obʼyektlarni yoki biror obʼyektning turli tomonlarini fikran taqqoslash.

M.lar tegishli elementlardan turli darajadagi murakkab tizimlarni keltirib chiqaradi. Mac, har qanday qonun narsalar, hodisalar oʻrtasidagi muhim M. hisoblanadi va, aksincha, ayni bir narsa boshqa narsalar bilan turli M.da boʻlishi mumkin. Bu esa u yoki bu narsaning koʻp xossaga ega ekanligini bildiradi. Har qanday narsani uni tashkil etuvchi elementlarning oʻzaro nisbati deb qarash mumkin. Bu nisbatning oʻzgarishi bilan narsalar ham oʻzgaradi. Jamiyatda kishilarning fa-oliyati jarayonida yuzaga kelgan oʻzaro M.lar ijtimoiy M.lar sanaladi.

Mantiqda M. tabiiy tillardagi birdan ortiq egasi (yoxud bir ega yoki bir necha toʻldiruvchisi) boʻlgan gaplar kesimi bilan ifoda qilinadi. Gap egalari (ega va toʻldiruvchilar)ning soniga qarab binar (2 oʻrinli, 2 boʻlakli), ternar (3 oʻrinli, 3 boʻlakli) va umuman, p—ar (p — oʻrinli, p — boʻlakli) M.lar boʻladi. Bu turdagi M.larni munosabatlar mantiqi oʻrganadi. Matematik mantiqning formallashtirilgan tillarida M. tushunchasi oʻrnida predikat tushunchasi qoʻllaniladi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil