Avstraliyaliklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Avstraliyaliklar – 1) Av-straliya aborigenlari; anchasi mustamlakachilar tomonidan qirib tashlangan (18-asr oxirida 250–300 ming bo‘lsa, 1992 yil 170 mingga yaqin edi). Qisman, rezervatsiyalar deb e’lon qilingan cho‘l zonalarida yashaydi. A. katta ekvatorial (negroid-avstraloid) irqqa mansub. Bu irqdagilar qora tanli, keng burunli, yuz qismi turtib chiqqan, to‘lqinsimon sochli, badani va yuzi sertuk. Ular 500 dan ortiq qabilaga bo‘lingan. Har bir qabila o‘z tilida (qarang Avstraliya tillari) so‘zlashadi. A. ovchilik, temirchilik, baliqchilik bilan shug‘ullanadi. A.ning ilk ajdodlari Janubi-Sharqiy Osiyodan (asosan Indoneziyadan) taxminan 40 ming yillar ilgari kelib joylashgan. Ba’zan Avstraliyaning barcha aholisini A. deb ataydilar. 2) Xalq, Avstraliyaning asosiy aholisi, asosan, Buyuk Britaniyadan ko‘chib kelganlarning avlodlari, in-gliz-avstraliyaliklar 13,4 mln. dan ziyod (1992). Ingliz tilining avstraliya she-vasida so‘zlashadi. Xristian dinining katolik, presviterian mazhablariga e’tiqod qiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Avstraliyaliklar" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil