Sarmatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Er.old. 1-ming yillikda Skifiyaning taxminiy hududlari

Sarmatlar — qad. Turk[1][2][3][4][5][6] koʻchmanchi chorvador qabilalar birlashmasi. S. mil. av. 1ming yillikning 2-yarmi — mil. 1ming yillikning boshlarida Markaziy Osiyoning shim.dan to Dunaygacha boʻlgan keng dasht hududlarini egallagan. S. ilk marta Gerodot tomonidan eslatilgan savromatlar bilan bogʻliq boʻlib, ular avval Jan. Uraloldi va Shim. Kaspiy boʻyida yashashgan. S. tarkibiga koʻplab qabilalar (aorslar, alanlar, savromatlar, roksolanlar, yaziglar va boshqalar) kirgan. Diodorning maʼlumotlariga koʻra, mil. av. 2-a.da S. Skifiyata bostirib kirib Shim. Qora dengiz boʻyida oʻz hukmronliklarini oʻrnatgan. Qad. davr geograflari Yevropani Sarmatiya va Germaniyaga boʻlib, Visla va Karpat boʻylab ularning chegaralarini belgilaydilar. Shim. Qora dengiz boʻyidagi Bospor podsholigi ham S zarbalaridan qulaydi. Zakavkazyedagi davlatlar va Rim bilan urushlar olib borgan. Mil. 4-a.da gunnlar tomonidan tormor keltirilgan. S. keyinchalik slavyanlar, Shim. Kavkaz xalqlari va aksariyati turkiy tillarda soʻzlashuvchi qabilalar bilan aralashib ketgan. Soʻnggi yillarda Quyi Volgaboʻyi, Don va Kubandan S.ga oid koʻplab mozorqoʻrgʻonlar ochilib, ulardan noyob sanʼat buyumlari topilgan. Mas, "Novocherkassk xazinasi" deb nomlangan mozorqoʻrgʻonda sarmat malikasi dafn etilgan boʻlib, undagi oltin buyumlar skif mozorqoʻrgʻonlaridan chiqqan noyob durdonalardan qolishmaydi.

Adabiyot[tahrir]

  • Rtveladze E., Великий шелковый путь, T., 1999.[7]

Manbalar[tahrir]

  1. Mirfatih Zekiyev Türklerin ve Tatarların kökeni syf; 143-178 Selenge yayınları Ağustos 2007
  2. H. Celâl Güzel, Ali Birinci, Genel Türk tarihi, 1. cilt, Yeni Türkiye, 2002
  3. Türk Kültürünü Araştırma Enstitüsü, Türk dünyası el kitabı: Coğrafya-tarih, 1992, s.176
  4. Viktor Aleksandrovich Shnirelʹman, Who Gets the Past?, Woodrow Wilson Center Press, 1996, s.28
  5. Zakiev M. Z., Problems of the history and language, Who are the Alans?, Kazan, 1995
  6. (William Hearth, ORMUS: Timeline of Ancients, 2007, s.174)
  7. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil