Germanlar
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Germanlar —mil. av. 1-asrda Shim. va Boltiq dengizlari oraligʻida, Reyn, Dunay, Visla daryolari boʻylarida va Jan. Skandinaviyada yashovchi, hindevropa til guruhiga mansub qad. qabilalar. G. urugʻchilik tuzumida yashagan, mil. 1-asrda bu tuzum yemirila boshlagan. G. 4— 6-asrlarda Xalqlarning buyuk koʻchishida asosiy rol oʻynagan, Gʻarbiy Rim imperiyasining koʻp qismini bosib olgan va bir qancha qirolliklar —vestgotlar vandallar, ostgotlar, burgundlar, franklar, langobardlar kabi qirolliklarni tuzgan. G. hozirgi kator Gʻarbiy Yevropa xalqlari: nemislar, gollandlar, flamandlar, danlar, shvedlar, norveglar va b. etnogenezining asosini tashkil etadi.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |