Diodor Sitsiliyalik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Diodor Sitsiliyalik (mil.av. taxminan 90—21) — yunon tarixchisi. "Tarix kutubxonasi" asari (40 kitob; 1—5 va 11—20 kitoblargina saqlanib qolgan, qolganlari — parchalar holda) muallifi. D.ning bu asarida Qad. Sharq, Yunoniston va Rim tarixi afsonaviy davrlardan to mil.av. 1-asr oʻrtalarigacha tadrijiy suratda bayon etilgan. Filipp I va Aleksandrning hukmronligi davri bayoni diqqatga sazovor. Asar Sitsiliyadagi qullar qoʻzgʻoloni (mil. av. 2-asr) haqida bosh manba hisoblanadi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil