Xalqlarning buyuk koʻchishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xalqlarning buyuk koʻchishi - Yevropada mil. 4—7-a.larda germanlar, slavyanlar, sarmatlar va boshqa kabilalarning Rim imperiyasi xududiga oʻtishidan iborat yalpi etnik koʻchishlarning shartli nomi. 4-a.ning 70-yillaridan boshlab gunnlar ning ommaviy ravishda gʻarbga siljishlari Xalqlarning buyuk koʻchishik.ga bevosita turtki boʻlgan. Gunnlar Uralboʻyidan yurish boshlab taxminan 370 y. Volgani kechib oʻtganlar, soʻngra boʻysundirilgan alanlar bilan birga Shim. Qora dengiz sohillarida yashovchi gotlarta hujum qilganlar (375). 376 y. kuzida gunnlar tazyiqiga bardosh berolmagan vestgotlarning bir qismi Rimning ruxsati bilan imperiyaga tegishli Dunayning jan. dagi hududga joylashganlar. Biroq hukumat amaldorlarining zoʻravonligi natijasida vestgotlar 377 y. qoʻzgʻolon koʻtarganlar. 378 y. 9 avg . da Rim qoʻshini Adrianopol yaqinida qoʻzgʻolonchilar tomonidan tormor keltirilgan. Gotlar, alanlar va gunnlarning imperiyaga tazyiqi toʻxtatilgan, lekin gotlar Dunay daryosi va Bolqon togʻlari orasidagi hududda Rim federati sifatida yashay boshlagan, Rim armiyasida varvarlashuv jarayoni kuchaygan. 4-a. oxiridan varvarlar tazyiqi yangidan avjga chiqqan. 394—395 yillar qishida gunnlar Suriya va Kappadokiyada chopkun uyushtirganlar. Vestgotlar Alarix I boshchiligida Yunonistonni talontoroj etib, Illirikada muqim oʻrnashganlar. 410 y. 24 avg .da ular Rimni egallab, uni talaganlar. Garchi gotlar 27 avg .dayoq Rimdan ketgan boʻlsalarda, "abadiy shahar"ning kulashi ulkan maʼnaviy ahamiyatga ega boʻlgan. 5-a. mobaynida german qabilalari Gʻarbiy Rim imperiyasining butun hududi boʻylab joylashib, bu yerda bir necha varvar qirolliklarini barpo etganlar. Xususan, Galliyaning jan.gʻarbida markazi Tuluza sh. boʻlgan Vestgot qirolligi (418 y.; u keyinchalik Ispaniyaga ham tarqalgan), Shim. Afrikada Vandallar qirolligi (429—439), Italiyada Ostgotlar kirolligi (493), Shim. Galliyada Franklar qirolligi (476 y.; keyinchalik u koʻplab varvar kirolliklarini tobe etgan, q. Frank davlati), Galliyaning jan.sharqida markazi Lion sh. boʻlgan Burgundlar kirolligi (taxminan 457 y.); angllar, sakslar, yutlar 5-a. oʻrtalaridan boshlab Britaniyani bosib ola boshlaganlar va 6-a. oxiri — 7-a.da bu yerda oʻzlarining bir qancha qirolliklarini barpo etganlar. 5-a. boshida Oʻrta Dunay (Pannoniya)da oʻrnashib olgan gunnlar Attila davrida (434—453) Galliya va Italiyani egallashga harakat qilganlar. Biroq Katalaun jangi (451)dan soʻng ularning ittifoqi parchalanib ketgan. Imperator Yustinian I davrida Sharkiy Rim imperiyasi (Vizantiya) varvarlardan Shim. Afrika, Italiya va Ispaniyaning bir qismini qaytarib olib, bu yerlarda Rim tartibotlarini qisman tiklashga erishgan. Xalqlarning buyuk koʻchishik.ning soʻnggi bosqichi 6-a. oxiri — 7-a.larga toʻgʻri kelgan. 568 y. langobardlar Shim. va Oʻrta Italiyada muqim oʻrnashganlar. Slavyanlar — avarlar va protobolgarlar (bulgʻorlar) koʻmagida Bolqon ya.o.da mustahkam joylasha boshlashgan, natijada 7-a. ga kelib bu hudud aholisi, asosan, slavyanlardan iborat boʻlib, ular oʻz knyazliklarini tuzganlar, Slavyanlarning bir qismi Kichik Osiyoga, Vizantiya imperiyasi hududiga borib joylashgan. Slavyanlar gʻarbga — alemannlar va sakslar egallagan hududlarga qadar tarqalishgan. Xalqlarning buyuk koʻchishik.ning ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy oqibatlari juda ulkan boʻlgan. U Gʻarbiy Rim imperiyasining qulashiga olib kelgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Udaltsova 3. V., Italiya i Vizantiya v VI v., M., 1959.