Agrippa Mark Vipsaniy
Jump to navigation
Jump to search
Agrippa Mark Vipsaniy (taxminan miloddan avvalgi 63 – 12) – Rim sarkardasi va davlat arbobi. Miloddan avvalgi 41 yilda Peruziya shahrini qamal qilishda rahbarlik qilgan. Sekst Pompeyga qarshi Mil va Navloxdagi jangda (36 yil) g‘alaba qilgan. Av-gustnit bosh harbiy yordamchisi. Miloddan avvalgi 23 yilda imperator Avgustning qizi Yuliyaga uylanadi va tez orada yordamchisi hamda kuyovi sifatida uning vorisi bo‘lib qoladi. A. dastlabki dunyo hari-talaridan birining muallifi. Adib va yer haqidagi ilmni biluvchi sifatida ham tanilgan. Rim obodonchiligiga katta hissa qo‘shgan (Panteon ibodatxonasi va hokazo qurgan).
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |