Arrian Flaviy
ARRIAN (Arrianos) Flaviy (taxminan 95 — 175 y.lar o‘rtasi) — Rim tarixchisi va yozuvchisi. Kichik Osiyodagi Nikomediya shahrida tugilgan; yunon faylasufi Epiktet qo‘lida o‘qigan. Rimda yashab, harbiy ta’-lim olgan. 131 — 137 yillarda Kappado-kiya voliysi bo‘lib, alanlar hujumini qaytargan. A. senator, elchi va kohin ham bo‘lgan. Falsafa, tarix, geogr., harbiy va boshqa masalalarga oid asarlar yozgan (kupi bizgacha saqlanmagan). Uning bizgacha yetib kelgan eng qimmatli asari Aleksandr (Iskandar Maqduniy)ga bag‘ishlangan yetti kitobdan iborat "Iskandar yurishi" nomli kitobdir. A.ning "Hindiston", "Nearxning harbiy yurishi", "Epiktet haqida esdaliklar" hamda Epiktet ta’-limotiga bag‘ishlangan "Qo‘llanma" kabi asarlari ham saqlangan. Uning "Parfiya tarixi", "Alanlar tarixi", "Vifiniya tarixi" va "Aleksandrdan keyingi ish-lar" nomli asarlaridan ham parchalar yetib kelgan. U O‘rta Osiyo to‘g‘risida ham qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirgan.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |