Don (daryo)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Don (yun. nomi Tanais) — RFning Yevropa qismidagi daryo. Uz. 1870 km. Havzasining mayd. 422 ming km2. Oʻrta Rossiya qirlarining sharqiy yon bagʻridan boshlanib, Azov dengizining Taganrog qoʻltigʻiga quyiladi. Yuqori qismi tor vodiydan oqadi; oʻng qirgʻogʻi baland (90 m gacha), sohilida jar koʻp. Chuq. 20 m gacha. D.ga oʻngdan Severskiy Donets, chapdan Medveditsa, Sal irmoqlari quyiladi. D.ning quyi qismida Simlyansk suv ombori va GES bor. Rostov-Don sh.dan quyida D.ning deltasi (mayd. 340 km2) boshlanadi. Oʻrtacha suv sarfi 935 m3/sek. D. kema qatnaydigan Volga-Don kanali orqali Volga bilan bogʻlangan. Asosan qor va yomgʻirdan suv oladi. Noyab. va dek.da muz bilan qoplanib, martda muzdan boʻshaydi. D.da Sosna daryosi quyilish yeridan 1604 km gacha, Liski sh.dan 1355 km masofada muntazam kema qatnaydi. Bal i k, ovlanadi. D. boʻyida Kalach-Don, Rostov-Don, Azov sh.lari joylashgan.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil